Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti
“Iqtisodiyot va qurilish” fakultiteti
“Amaliy matematika va informatika” kafedrasi
“Bino va inshootlar qurilishi” yo’nalishi
K-11-20 guruh talabasi Abdug’aniyev Sardorbekning “Sanoat va fuqaro arxitekturasi” fanidan
KURS ISHI-
TUSHUNTIRISH XATI
Bajardi: Abdug’aniyev S
Qabul qildi: Mamajonova N
Andijon 2022 yil
Kirish
Jamoat binolari va jamoat funktsiyalari soʼnggi chorak asr davomida murakkab evolyutsion jarayonlarni boshdan kechirdilar. Ularning rivojlanish dinamikasi bir qator omillar, shu jumladan iqtisodiy omillar bilan belgilangan. Jamoat binolari va inshootlar qurilishi quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha rivojlangan edi: alohida joylashtirilgan noyob jamoat binolari qurilishi; koʼp qavatli turar-joy binolariga yondosh (ularning ichida) xizmat koʼrsatish bloklarining qurilishi; mavjud binolar rekonstruktsiyasi (bunda obʼektning tashqi qiyofasi minimal oʼzgartirilgan holda amalga oshiriladigan funktsiyalar va konstruktsiya transformatsiyasi koʼzda tutilar edi).
XX va XXI asrlar chegarasida qaror topgan ijtimoiy munosabatlar muvofiq hajmlar, inshootlar, jamoat binolari qurilishini taqozoqildilar. Аsrlar chegarasidagi polivalent ishbilarmonlikka oʼtish byuro vaofislarning universal binolarini birinchi oʼringa olib chiqdi. 2000-yillarning boshida yirik savdo markazlar paydo boʼldi, soʼnggi yillarda ijtimoiy ahamiyatga ega obʼektlarni loyihalash va qurish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Shaharlarning uzluksiz va barqaror rivojlanishi, nafaqat tarixiy-madaniy meros obʼektlarini, balki tarixiy qaror topgan muhitni saqlab qolinishi yangi iqtisodiy munosabatlar bilan birgalikda yangi tipologik tuzilmalar rivojlanishi uchun turtki boʼlib xizmat qildi. Jamoat binolari va inshootlarini meʼmoriy loyihalanishining tahliliga koʼra, tarixiy markazlar rekonstruktsiyasi ham juda muhim va alohida hal qilinadigan muammolar sirasiga kiritildi.
Ushbu muammoni hal qilish uchun uning tarkibiga quyidagi printsiplar kiradi:
- mavzelarning tarixiy qaror topgan rejaviy tuzilmasini saqlab qolish;
- har bir mavzeni yakunlangan obʼekt va yaxlit tuzilma birligi sifatida talqin qilish;
- mavjud obʼektlarni yangi funktsiyalar uchun rekonstruktsiya qilishda shaharsozlik karkasi asosini tashkil qiluvchi binolarni saqlab qolish;
- kompozitsiyani ochiq va yopiq boʼshliqlar mujassamligi asosida tuzish;
- binolar qavatliligini cheklash, attik qavatni chuqurlashtirish;
- imoratlar qurilishining modullash (oʼzgartirish) va yagona masshtabda bajarish;
- ichki hajmlarni yagona printsip – yer osti sath boʼylab savdo koʼchasi bilan birlashtirilgan atriumlar asosida tashkil qilish;
- yer usti transporti faqat savdo muassasalari va umumiy ovqatlanish korxonalariga yer ostida xizmat koʼrsatishda qoʼllaniladi;
- binolar oʼz mohiyatiga koʼra koʼp funktsiyali komplekslar boʼlib, ularning tarkibidagi turar-joy maydonlari taxminan 20% ni tashkil etadi.Ushbu metodga asoslangan holda tashkil etilgan tarixiy markaz hududning kompleks funktsional zonalanishi hisobiga muvozanatlashgan universal,oʼzini oʼzi taʼminlovchi avtonom tizimga aylanadi. Bu tizim, turli funktsional bloklarga ega obʼekt kabi, davr taqozosi va talablariga muvofiq turli sharoitlarga oson moslashuvchi muayyan oʼzgaruvchan tuzilmadir. Bunday tuzilmaning butun shaharga nisbatan va kelgusidagi kommunikativligi aynan uning universallikka asoslangan holda amalga oshiriladi.