Derazalar
Derazalar xonalarga yorugʼlik, quyosh nuri tushishi hamda xonalarni shamollatish uchun xizmat qiladi. Ular deraza oʼrni, deraza kesakisi va deraza tavaqalaridan iborat boʼladi
Tabiiy yoritishni KMK 2.01.05 ga muvofiq, xonalar uchun pol sathida tabiiy yoritilganlik koeffitsientini (TYoK) meʼyoriy qiymatini 5 –majburiy ilovaga muvofiq qabul qilib loyihalashtirish lozim.Bu holda yorugʼlik tuynuklari maydoninini yashash xonalari va oshxona pollari maydoniga nisbati, qoida tarzida 1:5,5 dan koʼp boʼlmasligi, minimal nisbati I va III mintaqalarda 1:10 dan va II mintaqada 1:8 dan kam boʼlmasligi kerak; mansard qavatlarda yuqorida koʼrsatilgan nisbat hamma mintaqalarda 1:10 qilib qabul qilishiga yoʼl qoʼyiladi.
Eshiklar
Eshiklar xonalarni bir-biri bilan bogʼlaydi, shuningdek binoga kirish va undan chiqish yoʼli hisoblanadi. Ular devordagi yoki parda devordagi eshik oʼrni, eshik qutisi (kesakisi) va tavaqasidan iborat boʼladi. Turar-joy binolarida bulardan tashqari boshqa konsturktiv elementlar, yaʼni daxliz, ayvon, eshik usti soyaboni va boshqalar ham boʼlishi mumkin.
Plan
Binoni planini chizish uchun quyidagi sxema – plan berilgan. Bunda asosiy koordinata o’qlari shtrix-punktir chiziqda oraliq o’lchamlari bilan berilib vertikal holatdagi o’qlar tugallanish joyida halqa ichida ularning tartib raqamlari yozilgan, gorizontal koordinata o’qlarida esa, harflar bilan belgilangan. Bu sxemadan foydalanib binoning fasadini va qirqimini chizish mumkin. Bino devorlari g’ishdan bo’lib, tashqi devor biryarim g’isht, ichki devor biryarim g’isht qolgan to’siq devorlar esa bir g’isht qalinligida berilgan. Bazi to’siq devorlar vazifasiga qarab yarim g’isht qalinlikda ham bo’lishi mumkin. Eslatma g’isht o’lchami 250x120x60 mm. Koordinata o’qi bo’ylab devor qalinligi chizilganda: tashqi devor qalinligi 5/1 nisbatda o’qning ichki tomoniga, qolgan qismi tashqi tomoniga chiziladi, ichki devorlar 2/1 nisbatda o’qning ikki tomoniga joylashtiriladi.
Tashqi devor qalinligi 600mm, ichki devor qalinligi 400mm, to’siq devorlar bajaruvchi vazifasiga va hajmiga qarab 300mm, 200mm, va 100mm bo’lishi mumkin. Bunda g’isht oralig’idagi qorishma va suvoqning qalinligi hisobga oilb umumlashtirilgan.
Binoning planini chizishda cxema-planda o’lchmi berilmagan biror to’siq devor, eshik va derazalarning boshqa oraliqlari yoki maiyshiy xizmat anjomlarini joylashtirishda o’lchamlarni chizmaga nisbatan chiziqli masshtabda olinadi. Bino xonalari raqam tartibi bilan ko’rsatilgan: Masalan 1- yo’lak(xonalarga kirish uchun yolak xona), 2- darsxona, 3- mexmonxona, 4- yotoqxona, 5- oshxona,6- bolalar yotoqxonasi
Bu raqamlar ostida xonalarga kerakli jixozlarni joylashtirish mumkin. Binoning sxema planidan foydalanib uning plani chiziladi. Asosiy qilinadigan ishlar: tashqi va ichki devor qalinliklarini chizib chiqish, eshik va derazalarni o’lchamlari bo’yicha joylashtirish, kerakli joylarga jixozlarni o’rnatish.
Binoning qirqimi chizishga kirishishdan oldin uni plani asosida fasadini chizish maqsadga muvofiqdir. Binoning qirqimi chizilganda uning o’lchamlari saqlab qolinadi. Eshik va derazalarning balandlik o’lchamlari keltirilgan jadvaldan olinadi. Qirqimda chizmada ko’rsatilgandek balandlik o’lchamlaridan foydalaniladi. Balandlik o’lchami birinchi qavat satxiga nisbatan belgilanadi, chunki birinchi qavat satxi doimo 0.000 qilib belgilanadi. Agarda balandlik o’lchami birinchi qavat satxidan pastda ko’rsatilsa, oldiga minus ishorasi qo’yiladi. Masalan: - 0.700.
QIRQIM
Binoning hajmiy va konstruktiv yechimini aniqlash, alohida kon-struktiv elementlarning binoda joylashish holatini koʼrsatish maq-sadida qirqim chiziladi. Qirqim binoning xayolan vertikal tekislik bilan kesib qaralganda koʼrinadigan tasviridir. Qirqimning bino planidagi oʼrni undagi derazalar, tashqi darvozalar va eshiklar, zina-lar qirqimga tushadigan qilib belgilab olinadi. Аgar belgilangan asosiy qirqimda bino ayrim uchastkalarining oʼziga xos tomonlarini koʼrsatish imkoni boʼlmasa, qirqim binoning biror qismi uchun chizi-lishi mumkin.
Qirqimlarni bino planidagi holatiga qarab koʼndalang va boʼylama qirqimlarga ajratiladi. Qirqim tekisligi oddiy (bitta tekislikdan iborat) yoki pogʼonasimon (binoning turli qismlarini kesgan oʼzaro pa-rallel tekisliklardan tashkil topgan) boʼlishi mumkin. Odatda, oddiy qirqim tekisligidan foydalanish tavsiya qilinadi.
Qirqim tekisligiga qarash yoʼnalishi, odatda, planda pastdan yuqo-riga va oʼngdan chapga qabul qilinadi. Bino koʼndalang qirqimini chiz-ganda qirqim tekisligini tomning boʼylama progoniga perpendikulyar qilib oʼtkaziladi. Boʼylama qirqim esa, unga parallel qilib belgilana-di.
Qirqimlar arxitekturaviy va konstruktiv qirqimlarga boʼlinadi. Аrxitekturaviy qirqim, odatda loyihalashning loyiha bosqichida ba-jariladi. U bino loyihasining kompozitsiyasini aniqlab olishga xiz-mat qiladi. Bunday qirqimda xonalarning, deraza va eshik oʼrinlari, sokolь va boshqa meʼmoriy elementlarning balandligi koʼrsatiladi. Chordoq yopmasining qalinligi, tom konstruktsiyasi va poydevor koʼrsa-tilmaydi.
Qirqimda konstruktsiyasining turi va qatlamlar soniga bogʼliq boʼlmagan holda, grunt ustidagi pol bitta qalin uzliksiz asosiy chiziq bilan, qavatlararo yopma ustidagi pol va tom esa uzliksiz ingichka aso-siy chiziq bilan tasvirlangan.
Umuman olganda qirqimlarda quyidagi maʼlumotlar kerak:
1) bino (inshoot) ning koordinatsiya oʼqlari, ular orasidagi va chetki oʼqlar orasidagi masofa oʼlchamlari, deformatsiya choki oʼqlari;
2) yer sathi, qavatlar poli va zina maydonlarining sathlari;
3) bir qavatli bino (inshoot) tomi yuk koʼtaruvchi konstruktsiyasining osti va koʼp qavatli bino (inshoot) tomi yopma plitasi ostining sathi;
4) devor konstruktsiyasiga tayanadigan elementlar tayanch qismi osti-ning sathi;
5) devorning usti, karniz, devor tokchalari, kran yoʼlidagi relьs us-tining sathlari;
6) kesimda tasvirlangan devor va pardadevorlardagi eshik va deraza oʼrinlari, oʼyiqlar, chuqurlar va teshiklarning kerakli oʼlchamlari va balandlik boʼyicha bogʼlanishlari;
7) devorlarning qalinligi va ularning bino yoki inshoot koordina-tsiya oʼqlariga bogʼlanishi (kerak boʼlganda);
8) bino (inshoot) ning plan va fasadda markalanmagan elementlari-ning markasi;
9) qirqimda markalangan tugunlarga, hamda bino (inshoot) element-larining chizmalariga yoʼllanmalar.
FASAD
Bino (inshoot) ning fasadi -uning tashqi koʼrinishining vertikal sirtga proektsiyasidir. Har qanday bino uchun toʼrtta koʼrinish – toʼrtta fasad chizish mumkin. Ulardan bittasi, yaʼni binoga asosiy kirish joylashgan, bosh planda katta koʼcha yoki maydonga qaragan tomoni bosh fasad hisoblanadi. Unga qarama-qarshi tomoni – hovli fasad, yon tomonlari koʼrinishlari esa, yonbosh fasadlar deyiladi.
Bino fasadi uning tashqi qiyofasi, meʼmoriy kompozitsiyasi, alo-hida elementlarning oʼzaro mutanosibligi toʼgʼrisida tasavvur hosil qiladi. Murakkab konfiguratsiyali binolarning tomonlari uchun alo-hida-alohida fasadlar chizilishi mumkin. Bino planlari va qirqimla-rida koʼrsatilgan oʼlchamlar asosida fasad chiziladi.
Fasadning nomi binoning chizmada tasvirlangan uchastkasi joy-lashgan chetki koordinatsion oʼqlar bilan belgilanadi va odatda chizma-ning ustiga yoziladi, masalan: “Fasad 1-7” yoki “Fasad А-I” kabi.
Fasadda quyidagi maʼlumotlar keltirilishi kerak:
1) bino fasadining chetlarida joylashgan, deformatsion choklar, ba-landlik oʼzgargan joylardagi koordinatson oʼqlar; sanoat binolarida, boʼndan tashqari, darvoza oʼrnatiladigan joyning kamida bir tomonida, tomdagi fonarlarning boshlanish va tugash joylaridagi koordinatsion oʼqlar ham;
2) bino atrofidagi yer sathi, devorlarning usti, kirish maydoncha-lari, deraza oʼrinlarining osti va ustki sathlari;
3) bino plani va qirqimida koʼrsatilmagan teshiklar, tuyniklar-ning qirqimlari, bogʼlanishlari sathlari;
4) devorning yigʼma konstruktiv elementlari tarkibiga kirmagan derazalarning tiplari;
5) bino plani va qirqimida markalab belgilanmagan tugunlar va fragmentlarga yoʼllanmalar;
6) devorning boshqa uchastkalaridan farq qiluvchi qismlarining pardoz qatlami toʼgʼrisida maʼlumotlar;
7) tashqi yongʼinga qarshi va evakuatsiya zinalari, galereyalar tutashish-lari.
Do'stlaringiz bilan baham: |