Andijon davlat universiteti umumiy psixologiya kafedrasi



Download 261,22 Kb.
bet107/116
Sana10.07.2022
Hajmi261,22 Kb.
#767759
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   116
Bog'liq
Mexnat majmua 2021 3 kurs

QO’SHIMCH MATERIALLAR
Yosh davrlari psixologiyasi fanini o’qitishdagi innovatsiyalar va horijiy tajribalar
Hozirgi vaqtda Ta’lim - Ta’lim jarayonida pedagogik innovatsiyalarni keng ko’lamda qo’llash jahon taraqqiyotining global tendentsiyasi hisoblanadi. Pedagogik innovatsiyalar ko’lamining ortib borishi, mamlakatda modernizatsiya jarayoni tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan ayni davrda Ta’lim sohasiga yangiliklarni tizimli ravishda kiritishga aloxida e’tibor qaratilmoqda. Ammo ko’plab pedagogik innovatsiyalarning yaratilayotganiga qaramay, Ta’lim jarayonlariga o’qitishning yangi mazmun, shakl, metod va vositalarini tatbiq etish bo’yicha pedagogik tadqiqotlarni joriy etish darajasini hozircha yetarli deb bo’lmaydi.
Darhaqiqat, yangilangan Ta’lim tizimini joriy etishda har bir o’qituvchining o’z fanigava barkamol avlod Ta’lim-Ta’limsiga oid yangiliklarni muntazam o’rgana borib, ularni o’z mehnat faoliyatida izchil qo’llay bilish mahoratiga ega bo’lishi bugungi kunning muhim talabidir.
Bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha pedagog kadrlar tayyorlashning sifatini ko’tarishda talabalarni ilm-fan taraqqiyotining eng so’nggi yutuqlaridan xabardor qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugun fan va texnika sohasidagi yangiliklarni o’quv dasturlari mazmuniga tez kiritish talab etiladi va bu orqali, zamonaviy bilimlarni shakllantirishga zamin hozirlanadi. Bundan tashqari zamonaviy o’qitish texnologiyalari, ular bilan bog’liq metodik yondashuvlar bo’lajak o’qituvchilarda zaruriy bilimlar, muhim qonuniyatlar, ko’plab fundamental tushunchalarni nisbatan yengil, chuqur va mustahkam shakllantirish uchun qulay sharoit yaratadi.
Oliy pedagogik Ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish va uni rivojlantirish, mazkur jarayonga nisbatan tizimli, kompleks yondashuvni taqozo etadi. Bo’lajak o’qituvchining chuqur bilimga, samarali faoliyat yurita olish mahoratiga ega bo’lishi ma’lum fan asoslari borasida unda yetarli nazariy hamda amaliy bilimlarning, Ta’lim jarayonida yangiliklardan unumli foydalanish malakasining qanchalik shakllanganligiga bog’liqdir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’kidlanganidek, “Inson, uning har tomonlama uyg’un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq atvorning andozalarini o’zgartirish Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi, umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir”. Innovatsion Ta’limning asosiy maqsadi Ta’lim oluvchilarda kelajakka mas’uliyat hissini va o’z - o’ziga ishonchni shakllantirishdir. Ilm - fan va ishlab chiqapishning jadal rivojlanishi jamiyatni iqtisodiy tapaqqiy ettirish bilan bir qatopda ijtimoiy munosabatlar mazmunida ham tub o’zgapishlarning ro’y berishiga zamin yaratmoqda. Shuningdek, iqtisodiy sohada bo’lgani singari ijtimoiy, shu jumladan, Ta’lim sohasida ham texnologik yondashuvni tatbiq etishga katta ahamiyat qaratilmoqda.
“Texnologiya” yunoncha so’z bo’lib, “techne” – mahorat, san’at va “logos” – tushuncha, Ta’limot, fan ma’nosini anglatadi. “Ta’lim texnologiyasi” iborasining ma’nosi (inglizcha “An educational technology”) Ta’lim jarayonini yuksak mahorat bilan san’at dapajasida tashkil etish to’g’risida ma’lumot beruvchi fan, Ta’limot demakdip. Ayni vaqtda mazkup tushunchaning ta’rifi hamda uning mohiyati borasida yagona g’oya mavjud emas. By nazariya mohiyatining yoritilishiga nicbatan turli yondashuvlar mavjud.
Pedagogik texnologiya – bu Ta’lim shakllarini jadallashtirish vazifasini ko’zlagan o’qitish va bilimlarni o’zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida va ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tatbiq etish va belgilashning izchil metodidir” (YUNESKO).
Pedagogik texnologiya – pedagogik maqsadlarga erishishda foydalaniladigan shaxsiy imkoniyatlar, jihozlar va metodologik vositalarda amalda bo’lishning tizimli yig’indisi va tartibini bildiradi” (M.V.Klarin).
Pedagogik texnologiya – o’zida turli mualliflar (manbalar)ning barcha ta’riflari mazmunini qamrab olgan mazmuniy umumlashma hisoblanadi”.(G.K. Selevko).
Pedagogik texnologiya – psixologik va pedagogik o’gitlar yig’indisi bo’lib, shakllar, metodlar, usullar, o’qitish yo’llari, Ta’limviy vositalarning maxsus to’plamidir. Ayni zamonda u pedagogik jarayonning tashkiliy-metodik omilini ham bildiradi” (B.T.Lixachev).
Pedagogik texnologiya – o’quv jarayonini amalga oshirishning mazmuniy texnikasi” (V.P.Bespalko).
Pedagogik texnologiya – rejalashtirilgan o’qitish natijalariga erishish jarayoni tavsifi” (I.P.Volkov).
Texnologiya – ishlov berish, holatni o’zgartirish san’ati, mahorati, malakasi va metodlar yig’indisi” (V.M.Shepel).
Pedagogik texnologiya – o’quv jarayonini texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligini hamda pedagogik jarayon barqarorligini oshirib, bu jarayon ishtirokchining sub’ektiv xususiyatlaridan uni ozod qiladi”. (V.M.Manaxov).
Pedagogik texnologiya - tizimli, texnologik yondashuvlar asosida Ta’lim shakllarini qulaulashtirish, natijasini kafolatlash va ob’ektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o’zaro ta’sirini inobatga olib, Ta’limmaqsadlarini oydinlashtirib, o’qitish va bilim o’zlashtirish jarayonlarida qo’llanadigan usul va metodlar majmuidir”. (M.O.Ochilov).
Pedagogik texnologiya bu o’qituvchi (Ta’limchi) tomonidan o’qitish (Ta’lim) vositalari yordamida o’quvchilarga ta’sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsyli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni” (N.Saidaxmedov).
Pedagogik texnologiya bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo’naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayonining mazmunidir” (O’.Q.Tolipov).
Yuqorida keltirib o’tilgan fikrlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, pedagogik texnologiyaning ahamiyati avval o’zlashtirilgan nazariy bilimlar bilan yangi o’zlashtiriladigan bilimlar oracida myctahkam bog’lanishlarning yo'zaga kelishi bilan belgilanadi.
Talabalarni “Yosh davrlari psixologiyasi” fanida o’zlashtirishi uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallardan foydalaniladi. ma’ruza, amaliy va laboratoriya darslariga mos ravishdagi ilg’or pedagogik texnologiyalar tatbiq etiladi. Fanni o’qitishda quyidagi pedagogik texnologiyalardan “Tarmoqlar”, “Klaster”, “Matbuot konferentsiyasi”, “Bumerang”, “Munozarali dars”, “Blits”, “Suqrotcha bahs”, “Aqliy xujum”, “Dumaloq stol” “FSMU”, “Baliq skeleti” kabilardan foydalaniladi.
Yosh davrlari psixologiyasi” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan elektron doska- Hitachi, LCD – monitor, elektron ko’rsatkich, video, audiomagnitafon, kompyuter, proektor, DVD – diskovodlarni qo’llash orqali ma`ro'za, seminar mashg`ulotlarida talabalarning nazariy hamda amaliy bilimlarni egallash samaradorligini oshirish mumkin. Shu boisdan, dars mashg’ulotlarini tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishni keng yo’lga qo’yish rejalashtirilgan.Fanni o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash orqali Ta’limda pedagog-talaba hamkorligini kuchaytirish hamda Ta’lim samaradorligini oshirish mumkin. Shu boisdan, Psixologik xizmat fanida dars mashgulotlarini tashkil etishda ilmiy asoslangan pedagogik texnologiyalardan, ya’ni “Aqliy xujum”, “Klasster” metodi, “Bumerang”, “T-jadvali”, “Tarozi”, “Yelpig’ich”, “FSMU”, “Baliq skeleti” texnologiyasi va “Qanday?”, “Nima uchun?”, “Venn” diagrammalaridan keng foydalanish ko’zda tutilgan. Bundan tashqari, pedagogik jarayon natijalarini xolisona baholash uchun test usuli, reyting tizimi, talabaning bilim va ko’nikmalarini egallash jarayonini nazorat etish usullaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Download 261,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish