Andijon davlat universiteti umumiy pedagogika kafedrasi ijtimoiy pedagogika



Download 5,49 Mb.
bet3/210
Sana28.01.2023
Hajmi5,49 Mb.
#904432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   210
Bog'liq
majmua 2022 yil Ijtimoiy ped

Biologik va ijtimoiy omillar.
Biologik irsiyat insonni inson qiladigan umumiylikni hamda insonlarni tashqi va ichki jihatdan turli qiladigan farqlanishni aniqlaydi. Irsiyat deganda bolalar genetik dasturiga kiritilgan muayyan xislat va xususiyatlarning ota-onadan bolaga o‘tilishi tushuniladi.
Nasldan bola inson organizmi, inson asab tizimi, inson miyasi va sezgi a’zolarini oladi.
Ota-onalardan bolalarga tana tuzilishi xususiyatlari, soch rangi, ko‘z, teri rangi kabi bir insonni boshqa insondan farqlaydigan tashqi omillar o‘tadi. Nasldan asab tizimining ba’zi bir xususiyatlari ham o‘tadi. Bular asosida asab faoliyatining ma’lum bir turi rivojlanadi.
Inson rivojlanishida intellektual xislatlarning o‘tishi masalasi juda muhimdir. Filolog va psixologlar tadqiqotlariga ko‘ra qobiliyatlar nasldan o‘tmaydi, faqat qobiliyatlarni rivojlantirish uchun potensial imkoniyatlar hisoblangan qobiliyat nishonalari o‘tadi.
Bola rivojlanishida irsiyat ahamiyati haqida gapirganda irsiy tabiatga ega bo‘lgan bir qator kasallik va patologiyalarning mavjudligini etiborga olish lozim. Masalan, psixik buzilishlar (shizofreniya), qon kasalligi (gemofiliya), endokrin buzilishlar (pakanalik). Ota-onalar alkogolizm iva giyohvandligi nasl uchun salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tashqi omillar bo‘lgan atmosferaning, suvning ifloslanishi, ekologiyaning buzilishi ham bola rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy kamchilikli (ko‘rlar, karlar, tayanch-harakatlantiruvchi apparatning buzilishi va b) bolalar tug‘ilishi ko‘paymoqda.
SHunday bolalar uchun muloqotda bo‘lish jamiyatga “kirish” ancha murakkabdir. Bular bilan maxsus tayyorlangan pedagoglar shug‘ullanadi.
Ijtimoiy omillar
Inson bo‘lib etishish uchun faqatgina biologik irsiyatning o‘zi kifoya emas. Inson faqat sotsiolizatsiya jarayonida, ya’ni muloqotda, boshqa insonlar bilan o‘zaro ta’sirda shaxs bo‘lib etishadi. Inson jamiyatidan tashqarida ma’naviy, ijtimoiy, psixik rivojlanishi sodir bo‘la olmaydi. Bu fikrni barchaga ma’lum hollar, ya’ni inson bolasi hayvonlar orasida o‘sgani yanada mustahkamlaydi.
Inson bo‘lib tug‘ildi, lekin inson bo‘la olmadi.
Hozirgi kunda inson sivilizatsiyasi tarixida qayd etilgan bir qancha dalillar bor. Rim asoschilari Romul va Rem bo‘ri onasi bilan ‘mizilgan ‘di (shunday deb afsonada gap yuritiladi), maugli bo‘rilar to‘dasida tarbiyalangan edi. Inson bolalarini bo‘rilar bilan boqilganining 15 holi, ayiqlar -5 holi, maymunlar – 10 holi, leopard – 1 holi, qo‘y – 1 holi ma’lum.
1920 yili Hindistonda doktor Sing bo‘rilar uyasida bo‘ri bolalari bilan birga ikkita qizchani (biri 2 yoshda, ikkinchisi 7-8 yoshlarda) topgan. Kichigi Amala, kattasini Kamala deb nomlashdi.
Boshida ular o‘zini yovvoyi hayvonlardek tutdi. Tunda emaklab yurihardi va yugurihardi, kunduzi uxlahardi, qo‘ldan foydalanmay chapillatib ovqatlanihardi. Kichik qizcha tezda o‘lib qoldi, kattasi 10 yilga yaqin yashadi.
Shu yillar ichida doktor Sing Kamolani kuzatish kundaligini batafsid olib bordi. Qiyinchilik bilan o‘qirdi. 2 yil uni tik turishga o‘rgatishga to‘g‘ri keldi. 6 yildan so‘ng yura boshladi, lekin ilgaridek emaklab yugurardi. Birinchi 4 yillar ichida 6 ta so‘zni o‘zlashtirdi. 7 yildan so‘ng so‘z boyligi 45 ta so‘zga, 3 yildan so‘ng ‘sa 100 gacha etdi. SHuni o‘zida til jarayoni to‘xtadi. Bu vaqtga kelib Kamala inson jamiyatini yaxshi ko‘rdi, yorug‘likdan qo‘rqmay qoldi, qo‘l bilan ovqatlanishga va stankandan ichishga o‘rgandi. 17 yoshga etgach Kamala rivojlanishi darajasiga qaraganda 4 yoshlik boladek edi.
Bu hol shuni ko‘rsatadiki, odam oxir-oqibatda insonlar jamiyatiga tushib qolganida ham odam darajasiga etmagan. Nima o‘zi odamni odam qiladi?
Biologik individni ijtimoiy sub’ektga aylanishi odam sotsializatsiya jarayonida, uning jamiyatga “kirishida”, turli xil ijtimoiy gurux va tuzilmalarga qadriyatlar, ko‘rsatmalar, ijtimoiy o‘zini tutish me’yor va namunalarini o‘zlashtirish orqali “kirishida” sodir bo‘ladi.
Agar bola ijtimoiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirmasa (muhit negativ ta’siri natijasida), unda tarbiyachilar va mutaxassislar harakatlari ijtimoyi moslashuvga (ijtimoiy muhit hart-haroitlariga moslashish) yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
Agar ijtimoiy ahamiyatga e‘ga xislatlarning shakllanmaganligi shunchalik yuqori bo‘lsa, bolani ijtimoiy muhit shart-haroitlariga moslashishiga halaqit bersa, ya’ni uning ijtimoiy qarshi moslashuvi sodir bo‘lsa, bu holda bola bilan yo‘qotilgan ijtimoiy aloqa va munosabatlarni tiklashga yo‘naltirilgan maxsus choralar tizimini tadbiq etishni ko‘zda tutadigan ijtimoiy tiklanish zarur.
Shunday qilib, rivojlanish jarayonida bola sotsiumda ijtimoiy moslashuvni o‘z ichiga oladigan uning sotsializatsiyasi amalga oshirilishi kerak. Agar bu sodir bo‘lmasa, boshqa hol - qarshi moslashuv holi kuzatiladi, unda bolani ijtimoiy qayta tiklash zaruriyati yuzaga keladi.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi tutgan o‘rni, mohiyati haqida fikr yuritishdan ilgari «Ijtimoiy pedagogika» atamasiga e’tiborni qaratish zarur. Zero unda mustaqil “Ijtimoiy”, “Pedagogika” yo‘nalishdan iborat bo‘lgan mustaqil fan mujassamlashgandir. Bir necha fanlarning bunday birlashuvi tasodifiy xol bo‘lmasdan balki, u ixtisoslashuv jarayonlari bilan bog‘liqdir. Darhaqiqat fan olamida keyingi yillarda ixtisoslashuv jarayoni bir muncha rivojlandi. Buni birgina pedagogika fani misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, «Maktabgacha pedagogika», «Maktab pedagogikasi», «Maxsus pedagogika», «Kasb-xunar pedagogikasi», «Oila pedagogikasi», kabilar. Fanlarni bu taxlitdagi o’zaro birlashuvining asosida ma’lum bir maqsadga qaratilganlik yotadi. Bu xolni «Ijtimoiy pedagogika» dan ham aniq ko‘rish mumkin. Darxaqiqat ijtimoiy pedagogika ham pedagogika kabi ta’lim tarbiya jarayoni va xodisalarini o‘rganadi Ammo shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, u ularni muayyan o‘ziga xos yo‘nalishda o‘rganadi. Chunki, mazkur fanning o‘ziga xos bo‘lgan tomoni “Ijtimoiy” iborasida mujassamlashtirilganligidir. “Ijtimoiy” (lotincha – socialis – umumiy) tushunchasining asosini shaxslar, shaxslararo munosabatlarning turli shakllari bilan bog‘liq jarayonlar tashkil etadi.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, agarda pedagogika o‘sib kelayotgan yosh avlodlarning ta’lim-tarbiyasi haqidagi fan bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatdagi hayotga qo‘shilishiga bog‘liq qonuniyat va xodisalarni o‘rganadi. Bu o‘rinda shuni ham aytib o‘tish joizki, bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan ijtimoiy tajribani qo‘lga kiritishi (bilim, qadriyat, yurish-turish qoidalari) bilan bog‘liqdir. Buni ijtimoiylashuv deyiladi. Agarda biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini uning ob’ekt va predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo‘lsak quyidagi holat kelib chiqadi. Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham ob’ekti- bu bola, biroq o‘rganish predmetlari turlicha. Pedagogikaning o‘rganish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblansa, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlaridir. Shu sababli ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi, hamda insonlar bir-birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini, nima uchun bir guruhga birlashishlarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi. Shuningdek u bu muammolarni ijtimoiy pedagogika vazifalariga mos ravishda o‘rganadi.
Bugungi kunga kelganda ijtimoiy pedagogika mustaqil fan sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirda uning nazariy va amaliy faoliyati sohasiga maktab va maktabdan tashqari muassasalardagi tarbiya va qayta tarbiya, bolalar uylari, qariyalar uylarida yashovchilarga g‘amxo‘rlik, huquqbuzarlar bilan ishlash, kabilar kiradi. Ijtimoiy pedagogikaning o’ziga xosharakteri uning boshqa fanlar bilan munosabatida bevosita namoyon bo‘ladi. Falsafa va ijtimoiy pedagogika. Falsafa inson borlig‘i masalalarini o‘rtaga qo‘yadi va ularga javob topishga harakat qilib, dunyoqarashning umumlashgan tizimini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogikaning “ijtimoiy tarbiya falsafasi” bo‘limi inson va uning tarbiyasiga muayan qarashlardan kelib chiqadi va bu qarashlarda har doim u yoki bu falsafiy asoslarga suyanadi. Etika va ijtimoiy pedagogika. Etika axloqiy tasavvur va qarashlar rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, shuningdek, u tartibga solayotgan axloqiy ong shakllarini va ularning axloqiy faoliyatini tahlil qiladi. Ijtimoiy pedagogika etika shakllantirgan tamoyillardan foydalanadi hamda tarbiya usullari va maqsadlarini ishlab chiqadi. Sotsiologiya va ijtimoiy pedagogika. Sotsiologiya-jamiyat, ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy tarbiya uslubiyati rivoji, faoliyat yuritishi, shakllanish qonuniyatlari haqidagi fan. Ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi ijtimoiylashuv muammolarini o‘rganish jarayonida ijtimoiy bitim sohalarining bir qator ma’lumotlari (yosh, shahar va qishloq, dam olish, ommaviy aloqalar, yoshlar, axloq, ta’lim, jinoyatchilik, din, oila sotsiologiyasi)dan foydalanadi. Etnografiya, etnopsixologiya va ijtimoiy pedagogika. Etnografiya halqlarning maishiy va madaniy xususiyatlarini o‘rganadi. Etnopsixologiya insonlar ruhiyatining etnik xususiyatlari, milliy harakteri, milliy o‘z-o‘zini anglashning shakllanishi qonuniyatlari, etnik steriotiplarini o‘rganuvchi bilim sohasi. Ijtimoiy pedagogika o‘zining asosiy muammosi bo‘lgan ijtimoiylashuv jarayonini nazariy va amaliy jihatdan asoslashda etnografiya va etnopsixologiya fanlariga ham murojat qiladi 6 va oziqlanadi. Jumladan, ijtimoiy pedagogikada umuminsoniy tarbiya tamoyillariga mos tushadigan va o‘z navbatida etnosda shakllangan tarbiya usullaridan shu halq doirasida ijtimoiy tarbiya tizimida foylanish tavsiya etiladi. Ijtimoiy va yosh psixologiyasi hamda ijtimoiy pedagogika. “Ijtimoiy psixologiya” insonlarni ijtimoiy guruhlarga qo‘shilishlari xolatini keltirib chiquvchi inson faoliyati va yurish-turish qonuniyatlari, shuningdek bu guruhlarning psixologik ta’riflarini o‘rgansa. “Yosh psixologiyasi” esa inson ruhiyati dinamikasi va yosh xususiyatlari shuningdek shaxs rivojlanishining yoshga bog‘liq omillarini ham o‘rganadi. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiylashuv va viktimologiya (jinoyatshunoslik) muammolarini o‘rganishda va ijtimoiy tarbiyaning uslubiyotini tadqiq etishda ijtimoiy va yosh psixologiyasi ma’lumotlaridan foydalanadi. Shu bilan birga ijtimoiylashuv muammolari sotsiologiya tomonidan o‘rganilganligi sababli ijtimoiy pedagogika ba’zi sotsiologik nazariya, usul va vositalardan ham foydalanadi. Yuqoridagi fikr mulohazalardan kelib chiqilgan holda ijtimoiy pedagogikaga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ijtimoiy pedagogika-shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik faoliyatning samarali usullari, texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo‘llashga qaratilgan pedagogika sohasi. Bundan tashqari, ijtimoiy pedagogikaga bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganadigan va mutaxassislarni ijtimoiy tarbiya va ta’lim usullari va texnologiyasi bilan ta’minlaydigan fan sifatida ta’rif bersa ham bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogika fan sohasi sifatida bir qator fazifalarga ega bo‘lib, ularni quyidagicha guruhlash mumkin: Nazariy vazifa: ijtimoiy pedagogik bilimlarni to‘plab zamonaviy jamiyatda o‘rganayotgan jarayon va xodisalarning to‘liq tasvirini tuzishga intilishda namoyon bo‘ladi. Amaliy vazifalarga: - ijtimoiy pedagogikaning ijtimoiylashuviga tashkiliy-pedagogik va psixologik yo‘nalishlardagi ta’sirini samarali takomillashtirish ishlarini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar kiradi. Bunday ishlar qatoriga bolalar (yoshlarda) ongida, xatti-harakatida ijobiy fazilatlarning shakllanishiga yaqindan yordam beruvchi, yo‘l – yo‘riq, shakl, vositalarini aniqlash va ularni tadbiq etish, har qanday vaziyatdan mustaqil chiqib ketishning samarali yo‘llarini aniqlash, atrofdagi kishilar bilan muomala qilishni o‘rganish, hayot mazmuni va maqsadini aniklashga doir tavsiyalar berish; ularda jamiyatdagi xuquq va majburiyatlarini bilishga intilishni rivojlantirish, hamda mustaqillik, o‘ziga ishonch xissini shakllantirish; Insonparvarlik vazifasi - shaxsning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib beruvchi ijtimoiy pedagogik jarayonlarni mukammallashtirish uchun maqsadlarni ishlab chiqishda o‘z ifodasini topadi. Zamonaviy ijtimoiy pedagogikaning insoniyligi bola va pedagog o‘rtasidagi munosabatlarni qattiqqo‘llik bilan emas, o‘zaro tushunish orqali hal qilishga asoslanadi. Ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning jismoniy, axloqiy va ma’naviy kuchlariga dalda berish, unda jamiyat qabul qilgan xislatlarni tarbiyalashga yordam berishdan iborat. Bugungi kunda ijtimoiy pedagogikaning vazifalari kengayib bormokda.. Shunga ko‘ra bunday vazifalar qatoriga tarbiyaviy, ijtimoiy-xuquqiy, ijtimoiy reabilatatsiya ishlarini ko‘rsatish mumkin. Tarbiyaviy vazifa bolani atrof muhitga qo‘shilish, uning ijtimoiylashuv jarayoni, o‘quv va tarbiya jarayoniga ko‘nikishini ko‘zda tutadi. Ijtimoiy - huquqiy vazifa - davlatning bolalarga g‘amxo‘rligi, ularning huquqiy himoyasini bildiradi. Ijtimoiy reabilitatsion vazifa - nogiron, jismoniy va ruhiy nuqsonlarga ega bolalar bilan tarbiyaviy va o‘quv ishlarini olib borishdir. Bunda asosiy ijtimoiy vazifalarni pedagog bajaradi. Shunday ekan, o‘zining pedagogik faoliyatida quyidagilarga o‘z e’tiborini qaratishi lozim:
- falokatga uchragan bola(o‘smir)larga yordam ko‘rsatish. Inqirozdan chiqish yo‘llarini topish, qiyin vaqtda qo‘llab-quvvatlash;
- bola(o‘smir)ni, uning holatini, oila va maktabdagi munosabatlarini o‘rganish;
- bolani o‘rab turgan va unga ta’sir qiluvchi turli ijtimoiy sohalardagi ijtimoiy tarbiya holatini tahlil qilish; 7
- ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish, o‘zlashtirish, ommalashtirish;
- u bola(o‘smir) faoliyatini o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini o‘qitish va o‘z hayotini mustaqil tashkil qilishni bilishga qaratishi ;
- bola (o‘smir) muammolarini hal qiluvchi, uning inqirozi, huquqlariga aloqador tashkilot, mutaxassislarni birlashtirish bilan ham shug‘ullanish;
- ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini o‘rganishni tashkil qilish, bu borada takliflarni kiritish.

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish