№
|
Mavzular nomi
|
Muddati
|
Mas’ul shaxs
|
1.
|
“Bilimlar kuni” va “Birinchi qo’ng’iroq” tadbirlarini o’tkazishga bag’ishlangan tantanali saflanish, “Mustaqillik darslari” hamda mustaqillik bayramiga bag’ishlangan «Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik! » shiori ostida ezgu va hayotiy g’oyalarni o’zida mujassam etgan haftalik tadbirlarda ishtirok etish.
|
Sentyabr
|
Sinf rahbari
|
2.
|
Sentyabr oyining ikkinchi haftasini “Sinf jamoasi bilan tanishish haftaligi” deb e’lon qilish va haftalik davomida quyidagi ishlarni amalga oshirish:
Sinfning ota-onalar majlisini o’tkazish, unda ota-onalar qo’mitasi raisi va faollarini saylash;
o’quvchilar bilan sinf majlisini o’tkazish va sinf faollarini saylash;
darslardan orqada qoladigan o’quvchilarga a’lochi o’quvchilarni biriktirish;
o’quvchilarni maktab ichki va tashqi tartib-qoidalari hamda xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish;
o’quvchilarni maktab Ustavida tasdiqlangan formada kelishlariga erishish;
o’quvchilarning oilaviy sharoiti bilan yaqindan tanishish.
|
Sentyabr oyining ikkinchi haftasi
|
Sinf rahbari
|
3.
|
Yangi sinfning ijtimoiy pasportini yaratish jarayonida quyidagilarga alohida e’tibor qaratish:
sinfdagi kam ta’minlangan o’quvchilar:
ota-ona qaramog’isiz qolgan o’quvchilar;
tarbiyasi og’ir, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka moyilligi bor o’quvchilar;
iste’dodli va iqtidorli o’quvchilar;
uyda ta’lim oladigan nogiron o’quvchilar:
a’lochi va qoloq o’quvchilar.
|
Sentyabr
|
Sinf rahbari
|
4.
|
O’quvchilarni 100% darsliklar bilan ta’minlanishini nazoratga olish. Bu borada kam ta’minlangan, etim va uyda ta’lim oladigan nogiron bolalarga alohida e’tibor qaratish.
|
Sentyabr oyining ikkinchi o’n kunligida
|
Sinf rahbari, kutubxonachi
|
5.
|
“1 oktyabr - O’qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Ustozim, sizga ming ta’zim!” mavzusida bayram tadbirini o’tkazish.
|
Sentyabr oyining oxirgi haftasi
|
Sinf rahbari va faollari
|
6.
|
O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Bir o’quvchi bir to’garak a’zosi” shiori ostida o’zlarining qiziqishlariga qarab maktabda va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida tashkil etilgan fan, sport va boshqa yo’nalishdagi to’garaklarga jalb etish.
|
Oktyabr
|
Sinf rahbari, MTTM
|
7.
|
O’quvchilarning kuzgi ta’til kunlarini maroqli tashkil etish maqsadida ularni turli to’garaklar va sport musobaqalariga jalb etish.
|
Kuzgi ta’til davomida
|
Sinf rahbari
|
8.
|
O’quvchilarning o’zlashtirish ahvolini o’rganish, bilimidagi kamchiliklarini aniqlash maqsadida sinfga ta’lim beradigan fan o’qituvchilarining darslariga kirish va ularning pedagogik talablarga rioya qilishini kuzatish, darslarda o’qituvchi-o’quvchi munosabatlarini o’rganish,
|
Har haftaning beshinchi kuni
|
Sinf rahbari
|
9.
|
O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun munosabati bilan rasmlar ko’rik tanlovini o’tkazish
|
Noyabr oyining 2-haftasi
|
Sinf rahbari
|
10.
|
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Qonunim-qomusim” tadbirini o’tkazish.
|
Dekabr oyining
1-dekadasi
|
Sinf rahbari
|
11.
|
O’quvchilarning qishki ta’til kunlarini maroqli tashkil etish maqsadida ularni turli to’garaklarga jalb etish, madaniyat maskanlariga sayohatlarini uyushtirish, madaniyat va istirohat bog’larida tashkil etiladigan archa bayramlarida ishtirok etishlarini ta’minlash.
|
Qishki ta’til davomida
|
Sinf rahbari
|
12.
|
O’qishi va davomati sust o’quvchilarning oilaviy sharoitlarini o’rganish va ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbatlar o’tkazish.
|
Doimo
|
Sinf rahbari
|
13.
|
Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan “ Belbog’li yigitchalar” tadbirini o’tkazish
|
Yanvar oyining 2-dekadasi
|
Sinf rahbari
|
14.
|
Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan davra suhbatlari tashkil etish
|
Fevral
|
Sinf
Rahbarlari
|
15.
|
O’quvchilarning maktabdan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, ularda kino va teatrlarda, transportda o’zlarini tutish, kiyinish madaniyatini shakllantirish maqsadida tushuntirish ishlari olib borish hamda bu boradagi hamkorlik Dasturini amalga oshirish maqsadida har oyda bir marotaba madaniyat maskanlariga sayohatlarini uyushtirish. (kino, teatr, muzey, ziyoratgoh maydonlar va h.k.)
|
Har oyning oxirgi haftasining oltinchi kuni, o’quv yili davomida
|
Sinf rahbari, MMIBDO’
|
16.
|
“8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bag’ishlangan “Jannat onalar oyog’i ostida” nomli tadbir uyushtirish va onalarni taklif etish.
|
Mart oyining birinchi haftasi
|
Sinf rahbari
|
17.
|
21-mart- Navro’z bayramiga tayyorgarlik ko’rish va maktabda sinfga ajratilgan xududlarda obodonlashtirish ishlarini olib borish.
|
Mart
|
Sinf rahbari
|
18.
|
Yozgi ta’til kunlarida o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan ota-onalar ishtirokida so’rovnomalar o’tkazish
|
30 -aprelgacha
|
Sinf rahbari, ota-onalar
|
19.
|
O’quvchilarning yozgi ta’til kunlarini tashkil etish maqsadida ularni maktab qoshida tashkil etiladigan yozgi sog’lomlashtirish oromgohlariga jalb etish.
|
Yoz davomida
|
Sinf rahbari, maydoncha boshlig’i
|
|
Sinf rahbari ish rejasiga kiritiladigan masalalar
|
|
Maktab direktorining Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari huzuridagi ishlab chiqarish yig’ilishiga kiritiladigan masalalar:
Maktab Ustaviga muvofiq o’qituvchi va o’quvchilarning kiyinish madaniyati, sinf xonalarini sanitar holati, jihozlanishi va o’quv jihozlarini saqlanish ahvoli
Maktab kutubxonasi va axborot resurs markazi faoliyatining samaradorligi va unga o’quvchilarning a’zo bo’lishi
O’quvchilarni ma’naviy etuk qilib tarbiyalashda madaniyat maskanlarining o’rni. Bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirishda sinf rahbarlarining etakchilik roli va boshqalar.
|
Reja asosida
|
Sinf rahbari
|
|
Ota-onalar yig’ilishida muhokma etiladigan masalalar:
1. Birinchi chorak yakuni, ikkinchi chorak vazifalari
2. Oilaviy tarbiyada o’zbek xalq pedagogikasi va an’analari.
3. “ Farzand tarbiyasida oilaning roli” mavzusida ma’ruza.
1. Ikkinchi chorak yakuni, uchinchi chorak vazifalari.
2. Oilada turli muammoli vaziyatlarni oqilona hal etishda muloqot, muomala, tinglash san’atiga o’rgatish.
3. Sog’lom turmush tarzi madaniyati – faqat salomatlik degani emas.
Uchinchi chorak yakuni, to’rtinchi chorak vazifalari.
Diniy aqidaparastlik – jamiyat uchun illat
Farzandingizda asabiy holat paydo bo’ldi, yordam bering.
1. To’rtinchi chorak yakuni, yangi o’quv yilida amalga oshiriladigan vazifalar.
2. Mustaqil hayotga tayyorlash va kasbga to’g’ri yo’naltirish.
3. Yangi o’quv yili uchun o’quvchilarni darsliklar bilan ta’minlash
Yil yakuni va navbatdagi vazifalar
Mahalla – oila tinch-totuvligini, jipsligini
mustahkamlaydigan maskan.
3. Yangi o’quv yiliga tayyorgarlik, o’quvchilarni maktab formasi va o’quv qurollari bilan ta’minlanishi.
|
Har chorak yakunida
|
Sinf rahbari, psixolog, tibbiyot xodimlari va boshqalar
|
|
O’quvchilar tomonidan fanlarning o’zlashtirilishini nazorat etish
|
Har oyning birinchi haftasining birinchi kuni
|
Sinf rahbari
|
|
Fan musobaqalarida qatnashadigan o’quvchilar bilan ishlash.
|
Har oyning ikkinchi haftasining ikkinchi kuni
|
Sinf rahbari, fan o’qituvchilari
|
|
Bolalar va o’smirlar uyushmasi bilan hamkorlik
|
Har haftaning uchunchi kuni
|
Sinf rahbari, bolalar etakchilari bilan hamkorlikda
|
|
Sinfda yuz bergan vaziyatni tahlil etish
|
Har haftaning oltinchi kuni
|
Sinf rahbari
|
|
Maktab mulkini saqlash bo’yicha olib boriladigan ishlar
|
Har oyning to’rtinchi haftasining to’rtinchi kuni
|
Sinf rahbari
|
|
Har xil kasb egalari bilan uchrashuvlar o’tkazish
|
Har chorakning oxirgi kunlari
|
Sinf rahbari, psixolog bilan hamkorlikda
|
|
Sinf devoriy gazetasini chiqarish
|
Har oyning oxirida
|
Sinf rahbari
|
|
O’quvchilar kundaliklari yuritilishini nazorat va tahlil qilish, ularning o’quv qurollarining mavjudligi va saqlanishlarini kuzatib borish.
|
Har haftaning oltinchi kuni
|
Sinf rahbari
|
|
O’quvchilar o’rtasida eng yaxshi daftar, eng yaxshi kundalik tanlovlarini o’tkazish.
|
Har oyning birinchi haftasi
|
Sinf rahbari
|