Andijon davlat universiteti umumiy pedagogika kafedrasi ijtimoiy pedagogika



Download 5,49 Mb.
bet100/210
Sana28.01.2023
Hajmi5,49 Mb.
#904432
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   210
Bog'liq
majmua 2022 yil Ijtimoiy ped

Mustahkamlash uchun savollar:

Mavzu: Ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodikasi, mexanizmlari va texnologiyasi.
REJA.
1.Ijtimoiy - pedagogik texnologiya tushunchasi va uning mohiyati.
2.Nazariy, amaliy va tadqiqotchilik ijtimoiy - pedagogik texnologiyalar.
3.Ijtimoiy pedagogning amaliy faoliyati .
4. Texnologiyalarning o’zaro aloqalari.
5.Metodika tushunchasi.
6.Ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodlari mohiyati.
7.Ijtimoiy-pedagogik texnologiyalar.


Tayanch tushunchalar: Ijtimoiy pedagogik metodlar, mohiyati, texnologiya mohiyati,bolalar, o'smirlar va yoshlar bilan olib boriladigan ijtimoiy ishlar, guruhlar, ijtimoiy pedagog, ijtimoiy psixolog, oila.


Ijtimoiy pedagog avvalambor quyidagilarni bilishi lozim:
Ijtimoiy tarbiya, oila pedagogikasi, o'quvchi shaxsi deganda nimani tushinish kerak, bolaga ta’sir ko'rsatishning (o'tkazishning) va muomala metodlarining qanday tu'rlari bor, tarbiyasi og'ir bolalar bilan ish olib borishning o’ziga xos xususiyatlari va hokazo.
Ijtimoiy pedagog faqatgina alohida shaxs bilan bolalar bilan, o'smirlar bilan, agarda guruh bo'lib ishlashi kerak bo'lsa faqatgina kichkina guruh bilan, agar oila bilan esa faqat kichik oilalar bilan, lekin har biri bilan alohida ish olib boradi.
Ijtimoiy pedagogning vazifasi bu bolalarni, o'smirlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ularga ijtimoiy yoki tibbiy yordam ko'rsatish, uning o'qishini tashkillashtira olish, shuningdek, ularning obro' e’tiborini tiklash va jamiyatga moslashtira olish o'quviga ega bo'lishi lozim.
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun bolani har tomonlama o'rganish, inqiroz darajasini va uni bartaraf etish yo’llarini rejalashtira olishi kerak.
Buning uchun esa pedagog ijtimoiy xizmat faoliyati bilan shunigdek, ijtimoiy, muxofaza qilish ishlari bilan yaqindan tanish bo'lishi kerak. Bu esa ijtimoiy pedagogning kasbiy tayyor-bo’lishni va yuqori darajadagi pedagogik mahoratga ega bo'lishini talab qiladi.
Ijtimoiy pedagog quyidagi fanlar bo'yicha kasbiy bilimlarga ega bo'lishlari lozim: Pedagogika va psixologiya, bolaning rivojlanish, fiziologiyasini, tarbiya ishlari metodikasini va hako’zo va bolalar bilan hamkorlik o'rnata olish va tashkillashtira olishi lozim.
Shuningdek ijtimoiy pedagog pedagogik texnologiyani ham bilishi kerak bo'ladi. Demak, tarbiyalanuvchilarga ta’sir o'tkazish yo'llari, malaka va mahoratga ega bo'lishi kerak. Nafaqat gaplashish hattoki ularga ta’sir o’tkazish va ishontira olishlari kerak bo'ladi.
Ijtimoiy pedagog muomala madaniyati va gaplashish texnikasiga e’tibor qaratishi lozim bo'ladi.
Ho’zirgi kunda ijtimoiy pedagog:
-maktabda, sinfda nosog'lom oilalar bolalari bilan ishlashida: -maktab-internatlarda, mehribonlik uylarda, bolalar uylarida: -ijtimoiy-ta’limiy markazlarda, ijtimoiy-psixologik xizmat markazlarida: -reabilitatsion-korrektsion markazlarda: -madaniyat markazlari, yoshlar klublari: -yo’zgi dam olish va mehnat lagerlarida ish olib boradilar. Asosan bu maxkamalarda ijtimoiy pedagoglar bolalar va oilalar bilan ish olib boradi va ular quyidagilardan iborat:
Faqatgina bolalarning (o'smirlarning) bilimlarigina ijtimoiy pedagogning ularga yordam berishi yoki qayta tarbiyalashda to’g’ri yo'l tanlashida yordam bera oladi.
Ularning sog’ligini, oilasidagi o’zaro munosabatlarni, maktabga o’z tengqurlari bilan munosabatlarini, munosabatlari qanday ekanligini bilishi zarur.
Pedagog suhbat, anketa javoblari, tengdoshlari bilan bo'lgan munosobatlaridagi xulq-atvoridan, bolalar bilim saviyasidan bilib oladi.
Ijtimoiy pedagogning olib boradigan ishining keyingi bosqichi bu bola (o'smir) bilan birgalikda uning holatini, u tushib qolgan vaziyatni, «atrofdagilarning hammasi ayibdor» deb qaramasidan bolaning o’zining xatti- harakatiga e’tibor qaratishi orqali tushinib olish. Vaziyatni aniqlashtirib va unda ishtirok etish bilan inqirozdan chiqib ketish yo'lini topishi mumkin.
Bolalar bilan munosabatda bo'lishi uchun ijtimoiy pedagogika pedagogik nazorat va mahorat kerak bo'ladi. Bu esa ularga bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borish me’yorini belgilab beradi: agar me’yoridan oshib ketsa yomon ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Ijtimoiy pedagogning tashkilotchilik qobiliyati bolalarni (o'smirlarni) faqat o’zigina o’z hayotini o’zgartira olishi va qiyin vaziyatdan chiqib keta olishini ishontirishda ko'rinadi.
Ijtimoiy pedagogning tashkilotchilk faoliyati bolalar bilan jamiyat o'rtasidagi davlatchilik mahkamalari o'rtasidagi aloqasi, eng asosiysi esa bolaga yangi hayot talablariga moslashishiga yordam beradi. Ijtimoiy pedagogning ishlash metodlari.
Eng keng tarqalgan va tabiiy metodlaridan biri bu kuzatish metodi. Pedagog bolaning muomalasini uning oiladagi, maktabdagi, dars jarayonidagi tengdoshlari bilan uning mehnat faoliyatini, xulq-atvorini ko’zatadi. Suhbat metodi - suhbat o'tkazishga tayorlanish uchun oldin anketa olinadi, oldindan savollar tuziladi komissiya natijalari bilan tanishadi.

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish