Mustahkamlash uchun savollar:
1.Ijtimoiy pedagog kasbi va uning vazifalari nima?
2. Ijtimoiy pedagogning kasby sifatlari deganda nimani tushunasiz?
3. Ijtimoiy pedagogning etik majburiyatlari.
4. Ijtimoiy pedagog faoliyatinnng modellar?
5.Pedagogik va Ijtimoiy pedagogik kategoriyalarning o`xshashligi va farqi nimada?
6. Ijtimoiy ta’lim va tarbiyaning fanda tutgan o`rni qanday?
16-Ijtimoiy pedagogik mexanizmlar. “Ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “Ijtimoiy ta’lim” va “Ijtimoiy tarbiya” singari kasbiy kategoriyalarning roli.
REJA.
1.Ijtimoiy pedagogik mexanizmlar.
2. “Ijtimoiy pedagogik faoliyat” kasbiy kategoriyasining roli.
3. “Ijtimoiy ta’lim» kasbiy kategoriyaning ahamiyati.
4.“Ijtimoiy tarbiya” kasbiy kategoriyaning asosiy jihatlari.
Ta`lim tizimi fanda tushuncha va kategoriyalarda uz ifodasini topadi.
Tushuncha- bu ifodasining bir formasi bulib xaqiqiy borliqni tushinib bilish jarayonida amalga oshadi. Tushuncha ilmda birdaniga belgilanmaydi. Xar qanday ilmda rivojlanish jarayonida tushuncha ilm kategoriyalarda birlashadi, mustaxkamlanadi, uzgaradi va keng ma`nodagi fundamental tushuncha sifatida xozirgi davrda fanda kullaniladi. Fanda tushinarli kategoriyali tizim undagi tushunchalarga kiruvchi uzaro boglikni va uzaro ta`sir qiluvchilikni tasvirlash natijasida shakllanadi. Ijtimoiy pedagogikada uchta kategoriya bor.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
Ijtimoiy ta`lim.
Ijtimoiy tarbiya.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat – bu bolani ijtimoiylashtirish jarayoniga yordam
berishga qaratilgan, ijtimoiy madaniy tajriybalarni xamda jamiyatdagi uz
ishlarni amalga oshirish sharoitlarni yaratish yullarini uzlashtirishga qaratilgan
xar xil professional faoliyat xisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogik faoliyatning asosiy yunalishlari
- Bolalarda ijtimoiy kunikmalarining yuqori darajasiga etish uchun ularning
shaxsiy rivojlanishiga bog’liq bulgan faoliyat.
- rivojlanishda u yoki bu turdagi normadan orqada -oluvchilikka ega bulgan
bolalarni ijtimoiy qayta tiklash bilan boglik bulgan faoliyat. Mazmuniga kura
ijtimoiy pedashgogik faoliyat xar xil kasbga bogliq xilma xildir. Nazariy
qarashlar buyicha kupchilik gurux bolalar bilan ishlashdagi profilaktik faoliyat
muassasa va tashkilotlarda amalga oshirish kerak bular kuyidagilar:
-O’quv yurtlaridagi ijtimoiy pedagogik faoliyat
-Bolalar jamoasi va tashkilotlardagi ijtimoiy pedagogik faoliyat
- Ijodkorlik tugaraklari va bolalarning bush vaqtlariga ijtimoiy pedagogik
faoliyat.
- bolalarning yozgi ta`tildagi ijtimoiy pedagogik faoliyat
Rivojlanishida nuqsoni bor bolalar olib boriladigan ishlar qannaqa nuqsoni bor
ekanligiga qarab ijtimoiy pedagogik foaliyat turlariga ajratish va maxsus
metodika va texnologik yondoshishni talab qiladi.
-aqliy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy
pedagogik faoliyat
- pedagogik nuqsonlari bor bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik
faoliyat
-ota-ona tomonidan nazoratsiz qolgan bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy
pedagogik faoliyat.
-tarbiyasi ogir(deviant) bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik
faoliyat.
Ijtimoiy pedagogning oyla bilan birga olib boradigan ijtimoiy pedagogik
faoliyati aloxida axamiyatga egadir, sababi oylada bolaga boshaqa ijmoiy
omillarining ta`sirining qanday bulishini Aniqlashga imkon beradi. Shuning
uchun xam ijtimoiy pedagoggning oyla bilan xamkorlikdagi ishchangligi
ijtimoiy pedagogik faolitning barcha kategoriyalari ya`ni bolalar muammolari
ba`zi xollardagi profilaktika ishlarini olib borishdagi zarur komponentlardan
xisoblanadi. Ijtimoiy ta`lim. Umumiy urta maktablarda ya`ni boshqada bir o’quv yurtlarida bola taqlim jarayonlarida akademik bilimlariga va ularni egallash uchun eng zarur bulgan kunikmani egallash va kullashni urgatadi. Shuningdek ular aloxida tizimlashtirilgan ijtimoiy bilim kunikma va tajribalarni xam egallaydi. Ular bola tomonidan urganilgan malaka va ijtimoiy talablarini yutuqlarini egallashni ta`minlaydi. qachon bolaga va uning ijtimoiylashuvida maxsus yordam zarur bulgandagina bu bilim kunikma va malakalar as qotadi. Maqsadga qaratilgan ijtimoiy bilim berish kunikma va malakalarning yigindisi ijtimoiy ta`lim delinadi.
Ijtimoiy ta`lim termini ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishchanglk
institutlarining ochilishi bilan paydo buldi, lekin xozirgi kunda bu
tushunchalarning ma`nosi tula ochilmadi. Bu suzlarni kullashda asosan ikki xil
xolatlarda ajratiladi.
1.Ijtimoiy ta`lim deganda ijtimoiy soxada ishlash uchun maxsus kadrlarni
tayorlash bunda barcha mutaxassislik buyicha ta`lim turlarini kiritgan xolda
boshlangich,urta va yuqori o’quv yurtlarida shuningdek kurslar tayorlash
kadrlarni qayta tayyorlashlar kiritilgan.
2. Bu termin ya`ni insonning jamiyatdagi xayotiy ishchangligining asosiy
koydalari, ijtimoiy madaniyatni egallash, ijtimoiy tafakkur va xarakat,
ijtimoiy xissiyot madaniyati va ijtimoiy masalalar madaniyati tushiniladi.Bu
xolda «Ijtimoiy ta`lim» tushunchasi «Ijtimoiy uqitish» tushunchasiga
yaqindir. Ijtimoiy tarbiya- bu ijtimoiy pedagogikada «tarbiya» kategoriyasiga kiruvchi shakl bulib pedagogika, sotsiologiya, psixologiya va boshqa fanlarda
urganiladi. Inson shaxsining sifati uning xatti xarakatlarida kurinadi, shuning natijasida insonning xulq-atvori shakllanadi, agar qandayda bir sabab Bilan ijtimoiy bilim shakllanmagan bulsa , demak munosabatlar shaxsning ijtimoiylashuv sifati xam shakllanmaydi. Shu sababli ijtimoiy pedagogik faoliyat jaraqnida shunday zaruriy sifatlar bolalarda shakllantirish talab qilinadi, bu ijtimoiy tarbiyaning asosiy vazifasidir.
Demak ijtimoiy tarbiya deganda bir maqsadga qaratilgan bolalar
shaxsiyatidagi ijtimoiy zaruriy sifatlar va uning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvini shakllantirish tushiniladi. Tarbiya aspektlarining biri ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishiga boglik Amaliy yunalgan pedagogik bilim soxolarida va professional amaliy faoliyat soxasida javob beruvchi tarbiya ijtimoiy tarbiya xisoblanadi.
Ijtimoiy tarbiya nima
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat nima
Ijtimoiy ta`limning uziga xosligi.
I.P.Podlasiyning tasnifi bo‘yicha bu mexanizmlar: bostirish mexanizmi: uning mazmuni muayyan g‘oya, fikr, xohish, istaklarni ongdanchiqarib tashlashdan iborat. Bu mexanizmning tashqi va ichki turlari mavjud. Ichki mexanizm hamo‘z o‘rnida ixtiyoriy va g‘ayri ixtiyoriyga bo‘linadi. G‘ayri ixtiyoriy mexanizm-unutishdir. Ixtiyoriy bostirish mexanizmi esa iroda kuchi bilan amalga oshiriladi. Tashqi bostirish mexanizmi tarbiyaning keng tarqalgan usulidir;- ajratish mexanizmi: bu mexanizm ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida inson o‘zi uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bog‘liq. Ajratish mexanizmi odatda nizolarni hal qilishda kuzatiladi. - o‘z-o‘zini cheklash mexanizmi: bu mexanizm ijtimoiylashuv jarayonida muhim o‘rin tutadi. Agar tarbiyalanuvchiga uning yutuqlari do‘stlarinikidan ko‘ra ahamiyatsizroq tuyulsa, uning o‘z-o‘ziga ishonchi pasayadi. Bu o‘z menini cheklab qo‘yish, qiyinchiliklar oldida ojiz qolishdirBa’zi hollarda o‘z-o‘zini cheklash mexanizmini qo‘llashni oqlasa bo‘ladi. Chunki, bu holatda moslashuv sodir bo‘lishi mumkin. Biroq uzoq muddatli o‘z-o‘zini cheklash, o‘z-o‘ziga baho berishning pasayishiga olib keladi. Buning natijasida o‘z salohiyatini bilmay turib tarbiyalanuvchi ilk muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng boshlagan ishini tashlab qo‘yadi, oqimda suza boshlaydi;
- o‘z kamchiliklarini boshqalarga tegishli deb hisoblash loyihalash mexanizmining mohiyatini tashkil qiladi. O‘ziga, boshqalarga qarshi qaratilgan salbiy hissiyotlar bilan inson o‘zig a bo‘lgan hurmatni saqlab qoladi. Shubhali inson hammadan gumonsiraydi, xudbin hammani xudbin hisoblaydi;
- ijtimoiylashuvning yana bir asosiy mexanizmlaridan biri bu-identifikatsiyadir.Identifikatsiya jarayonida tarbiyalanuvchi hayolan o‘zini o‘rtoqlari bilan qiyoslaydi. Identifikatsiya ob’ekti nafaqat real insonlar, balki tasavvurlardagi insonlar ham bo‘lishi mumkin. Identifikatsiyaning to‘liq, qisman, ongli, ongsiz turlari mavjud. - identifikatsiya mexanizimi introeksiya mexanizimi bilan juda bog‘liq. Bunda boshqalarning xislatlari o‘zgarmagan holda o‘zlashtirib olinadi. Garchi bu mexanizm xayolan amalga oshirilsa ham uning natijalarini anglab olish qiyin emas; - empatiya mexanizmi, ya’ni boshqa odamning hissiy holatiga hamdard bo‘lish. Shaxsning muammo, qiyinchiliklarini yengishga yordam berish hisiyotga boy shaxslarning ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega;- qiyin holatlarda intellektuallashuv mexanizmi ishga tushadi. Katta yoshdagi tarbiyalanuvchi abstrakt fikrlay boshlaydi va vaziyatdan chiqib ketish yo‘lini o‘zi uchun emas, go‘yoki boshqa odam uchun qidiriyotgandek tuyuladi. Bu mexanizm tarbiyalanuvchi hayotiy muhim muammolarga (kasallik, boshqa maktabga o‘tish, institutga kirish) duchor bo‘lganda namoyon bo‘ladi. - ratsianallashuv mexanizmida tarbiyalanuvchi o‘z xatti-harakatlarining mantiqiy xulosasini chiqaradi. Yosh ratsianalizatorlar odatda maqsadning diskreditatsiyasini qo‘llashadi. - fikr, xissiyot, harakatlarni susaytirish uchun harakatlarni bekor qilish mexanizmi qo‘llaniladi. Tarbiyalanuvchi kechirim so‘raganida, uning harakatlari kechirilishi va sof vijdon bilan harakat qila boshlashiga ishonadi. Ko‘p shaxslar shu tarzda komillikka erishishadi.Tadqiqotchi I.V.Mudrikning fikricha psixologik va ijtimoiy psixologik mexanizmlarga quyidagilarni kiritsa bo‘ladi:
- imprinting (xotirada saqlab qolish)-insonga ta’sir qiladigan hayotiy muhim ob’ektlarni eslab qolishi. Bu mexanizm odatda go‘daklik davrida ko‘p qo‘llaniladi.
- eksiztensial bosim mexanizmi-tilni o‘zlashtirish va munosabatga kirishganda kerak bo‘ladigan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlariga anglamagan holda ega bo‘lish. - taqlid-biror bir namunaga o‘xshashga harakat qilish. Bu holat insonning ijtimoiy tajriba to‘plashining yo‘llaridan biridir.
- refleksiya mexanizmi-ichki suhbat. Unda inson jamiyatning turli institutlari, oila, tengdoshlar jamoasi, obro‘ e’tiborli shaxslarga xos xususiyatlarga baho beradi, ularni ko‘rib chiqadi yoki inkor etadi. Refleksiya insonning turli “men” obrazlari orasidagi real va hayoliy shaxslarning ichki suhbatidir. Bu mexanizm yordamida insonning shakllanishi ro‘y beradi. Bundan tashqari ijtimoiylashuvning ijtimoiy pedagogik mexanizmlariga quyidagilarni ham kiritsa bo‘ladi:ijtimoiylashuvning an’anaviy mexanizmi inson tomonidan oila, atrof-muhit, qo‘shnilar,o‘rtoqlariga xos xulq, qarash steriotiplarini o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi. Bu o‘zlashtirish
ongsiz holatda amalga oshib taasurotlar yordamida sodir bo‘ladi;- institutsional mexanizm insonning jamiyat institutlari va turli tashkilotlari bilan o‘zaro munosabati jarayonida kuzatiladi. Bu jarayonda inson turli bilim va tajribalarni to‘plashi mumkin.Ijtimoiylashuv bolalar, o‘smirlar, yoshlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko‘p sonli shart-sharoitlar bilan o‘zaro munosabatida yuzaga keladi. Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Ijtimoiylashuvning bir necha omillari bo‘lib, ularni quyidagicha guruhlash mumkin.Megaomillar (mega-eng katta)-kosmos, planeta, dunyo, shuningdek bularga demografik, ijtimoiy siyosiy, ekologik, planetar jarayonlarni ham kiritsa bo‘ladi. Ular boshqomil guruhlari orqali yer yuzasi barcha aholisining ijtimoiylashuviga ta’sir ko‘rsatadi.Makroomillar (makro-katta)-davlat, halq, jamiyat. Bu omillar muayyan hududda yashovchi aholi ijtimoiylashuviga ta’sir qiladi. Mezoomillar (mezo-o‘rta)-hudud va yashash joyi ommaviy aloqa tarmoqlari, auditoriya, u yoki bu submadaniyatga tegishliligiga ko‘ra ajratilgan guruhlarning ijtimoiylashuvi shart-sharoitlaridir. Ijtimoiylashuvga mezoomillar mikroomillar orqali ta’sir qiladi. Mikro omillarga muayyan shaxslarga ta’sir qiluvchi omillar-oila, qo‘shnilar, tengdoshlar guruhlari, tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlar kiradi.Shaxs tug‘ilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi.Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari ichki biologik omillar ham mavjud. Ularni bir-biridan mustaqil o‘rganishning iloji yo‘q. Tarbiyaning insonparvarlashuvi yo‘naltirilganligi tamoyili.Ijtimoiy pedagogikada insonparvarlashuv tamoyili pedagogning tarbiyalanuvchiga o‘z rivojlanishining mas’ul va mustaqil sub’ektiga nisbatan munosabatda bo‘lishni ko‘zda tutadi.Tarbiyaning insonparvarlashuv tamoyilini amalga oshirish bolalar, o‘smirlar, yoshlarning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.Bu tamoyilning amalga oshirilishi oqibatida:-aynan tarbiya ijtimoiylashuv obekti bo‘lishi inson qay darajada g‘ayri ijtimoiy me’yoriy qadriyatlarni emas, balki ijobiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirishni aniqlaydi;Shaxsning shakllanishi vaijtimoiylashuviXudud muxitiTa’lim muammolariNoramziy muxitIndividual xususiyatlaIjtimoiy institutlaUmumiy ta’liYosh xususiyatlarMuomala doirasiMakro (katta) Mezo (mintaqa)Mikro (kichik)-tarbiya inson o‘zini ijtimoiylashuv sub’ekti sifatida his qilishi, uning sub’ektivligini namoyon
bo‘lishi va taraqqiy etishi uchun sharoitlar yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi;-tarbiya inson uchun jamiyatga ko‘nikishi darajasini ishlab chiqishiga sharoitlar yaratadi.-tarbiya insonni muayyan yosh bosqichlarida xavflar bilan to‘qnash kelishiga yo‘lqo‘ymasligi, ya’ni insonning ijtimoiylashuv qurboniga aylanmasligi ehtimolini kamaytirishimumkin.Tarbiyaning insonparvarlashuv tamoyilini amaliyotda amalga oshirish tarbiyalanuvchida refleksiya va o‘z-o‘zini tartibga solishni rivojlantirishga, uning olam bilan munosabatlarining shakllanishiga, jamiyatda demokratik va gumanistik munosabatlarning tashuvchisi bo‘lgan insonning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.Tarbiyaning madaniylashuvi tamoyiliTarbiyaning madaniylashuvi zaruriyati g‘oyasi ingliz pedagogi Jon Lok (XVIIIasr), fransuzmutafakkiri Klod Gelvetsiy(XVIIIasr) va shvedsar pedagogi Iogann Pestalotssi asarlarida yaqqol namoyon bo‘ladi.XIX asrda nemis pedagogi Fridrix Disterverg tomonidan ta’rifi berilgan tarbiyaning tabiat bilan uyg‘unligi tamoyilining zamonaviy tarifi tarbiya madaniyatining umuminsoniy qadriyatlarigaasoslanishi va u yoki bu milliy madaniyatlarning qadriyatlari va me’yorlariga mos bunyod etilishini ko‘zda tutadi. Tarbiyaning variativligi tamoyili. Zamonaviy jamiyatlarda ijtimoiy tarbiyaning variativligi shaxs ehtiyojlarining xilma-xilligi bilan aniqlanadi.Tarbiya variativligi tamoyili insonning mintaqaviy, munitsipial va lokal darajadaumuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, etnik xususiyatlar, shuningdek mintaqaviy munitsipial va lokal sharoitlarni inobatga olib, tarbiya muassasalarida insoni y, yosh, differensial va individual yondashuvlar asosida manaviy-qadriyat jihatidan tarbiyalashni amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish uchun ishlab chiqilgan..
Ijtimoiy tarbiyaning variativligi tamoyilini amalga oshirish uchun quyidagilar zarurdir:- shaxs manfaatlarini va ehtiyojlari, turli yosh, ijtimoiy-kasbiy, etnik qatlamlarning talablari, xududiy va mintaqaviy tashkilotlarning ehtiyojlarini qondirish uchun turli xildagi tarbiyatashkilotlarini tuzish;
- ijtimoiy tarbiyaning mintaqaviy va munitsipial tizimlarni tashkil qilish;Ijtimoiy tarbiyaning variativlik tamoilini amalga oshirish:- insonning turli xildagi hayotiy va shaxsiy masalalarini yechishga, qobiliyatini shakllantirishga;- inson tomonidan o‘zining rivojlanish strategiyalari, hayotiy va kasbiy yo‘llarini tanlashga imkoniyatlarini kengaytirish uchun sharoitlar yaratadi.Ijtimoiy tarbiyaning jamoaviyligi tamoyili. Ijtimoiylashuvning mikroomillarining tavsifi shuni ko‘rsatadiki bolalar, o‘smirlarning ijtimoiylashuvi tengdoshlari va kattalar (oila, qo‘shnilar, mikrojamiyat, tarbiya tashkilotlari) bilan o‘zaro munosabatlarida ro‘y beradi. Ijtimoiy tarbiya nisbatan ijtimoiy nazorat qilinuvchi ijtimoiylashuvning bo‘lagi sifatida bir tomondan jamoalarda ro‘y beradi, boshqa tomondan esa bolalar, o‘smirlarni jamoa hayotiga ob’ektiv zaruriyat sifatida olib kiradi. Tarbiyaning tabiatga uyg’un bo’lishi prinsipi. Tarbiyaning tabiatga uyg`un bo`lishi- ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga ko’ra ijtimoiy pedagog o’z amaliy faoliyatidabolaning tabiiy holda rivojlanish omillariga tayanadi. Tabiatning tarbiyaga uyg’un bo’lish prinsipi ilk bor slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy
(1592-1670) bilan uning «Buyuk didaktika»
(1632) degan eng asosiy ishida ta’riflangan. Kamenskiy, inson tabiatining bir qismi va u tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo`ysunadi, deb hisoblanadi. Komenskiyning fikricha, tabiatning bu qonunlari o`simliklar va hayvonlar olamida ham shuningdek, insonga nisbatan ham o’z ta’sirini o`tkazib turadi. Kamenskiy nafaqat tarbiyaning umumiy qonunlariga, bola shaxsi psixologiyasiga ham tayanadi. U bolalar o`spirinlar va yosh yigitlarning yoshiga oid tafsifiga tayanganholda o’z bolalar ta’lim-tarbiyasi tizimini ilgari suradi, asoslaydi va quradi. Komenskiydan ancha ilgari sharq uyg’onish davri buyuk olimi va mutafakkiri Abu Ali Ibn Sino (980-1037) o’z asarlarida tarbiyaning tabiyatta uyg`un bo’lishi haqida gapirgan edi. Masalan «uy ro’zg`or tutishhaqidagi asarida Ibn Sino yozgan ediki, inson aqlli mavjudod shuning uchun tabiatda alohida o’rin tutadi va uning qonunlariga ko`ra rivojlanadi. «Yolg`on xislatlarni qayta tarbiyalash» asarida esa Ibn Sino yozadiki, kimki axloqli insonni tarbiyalamoqchi bo`lsa unda u uni har tamonlama o`rganishi, insonning tabiyati qoidalarini bilishi kerak. Natijadatarbiyaning tabiat bilan uyg`un bo`lishi prinsipi ko’pgina buyuk pedagoklar tomonidan o’z pedagogik va ijtimoiy pedagogik nazariyalari qurish asosi sifatida olingan edi. Masalan, Fransiya falsafachisi Jan Jak Russo bola tarbiyasi tabiat bilan uyg`un ravishda amalga oshirilishi kerak deb hisoblab, yozadi «bolalar katta bo`lishidan ilgari bola bo`lishi kerak». Shvetsar pedagogi Iogan Genrix Pestalotsi yetim va qarovsiz bolalar uchun muassasalar va bolalar uyini yaratgan, u hisobladiki, tarbiya maqsadi-inson tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini rivojlantirishdir, bunda rivojlanish har tomonlama va uyg`un bo`lishi lozim. Nemisolimi va pedagogi Adolf Disterveg ham o`z ishlarida talim-tarbiya jarayonida yosh va individual xususiyatlarini etiborga olishi lozimligini ta’kidlaydi. Tarbiya bilan uyg`un bulishi rus klassik pedagoglari ishlarida ham o’z aksini topgan.K.D.Ushinskiy o’zining asosiy «inson tarbiya predmeti sifatida» degan psixalogik pedagogik asarida yozgan ediki, bola tarbiyasi va ta’limi uchun tarbiya prinsiplari va qoidalarini bilish, tadbik qila olishi lozim. Ushinskiy fiziologiya, gigiyena vpsixologiya (diqqat, xotira, tasavvur, iroda) asoslarini o`rganish zaruriyatini asoslab berdi, uning asosi so’zlash qobiliyatini axloqiy estetik va diniy xislariInsonparvarlik — insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huqukliligi toʻgʻrisida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart -sharoitlar yaratib berish haqida gʻamxoʻrlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Unga koʻra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, butun mavjudot, borliq insonga, uningbaxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakatkishilari haqida gʻamxoʻrlik Insonparvarlikning asosiy masalasidir. Sharq falsafasiva ijtimoiy tafakkurida Insonparvarlik gʻoyalari azaldan keng tarqalgan boʻlib, uning koʻp ming yillik tarixi bilan chambarchas bogʻliq. Oʻrta osiyolik mutafakkirlardan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Ali-sher Navoiy va b. asarlarida Insonparvarlik, inson erkinligi, uning qadr-qimmati gʻoyalari olgʻa surildi. Forobiy insonlarning inoq va doʻst yashashi mamlakatda xalqlar uchun katta foyda keltirishini isbotlashga intilgan va tinchlikni qatʼiy quvvatlab, butun faoliyatini inson xizmatiga qaratgan. Navoiy inson taqdiri, xalq manfaati, mamlakat haqida gʻamxoʻrlikni asosiy masala qilib qoʻygan. Dunyoda eng qimmatli narsa insondir, degan fikrni olgʻa surgan. Uning fikricha, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt -saodatiga xizmat qilishi lozim. Jahon dinlari, jumladan islom dinida ham Insonparvarlik gʻoyalari oʻz ifodasini topgan. Unda faqir,kambagʻal, musofir, muhtoj k ishilarga yordam berishga, sahovatli va insofli boʻlishga daʼvat qilinadi. Insonparvarlik yaxlit dunyoqarash tizimi sifatida birinchi bor Yevropada Uygʻonish davrida shakllangan. Insonparvarlik g'oyalari Yevropada oʻrta asrlarda insonning kamsitili-shiga, uni xudo vadin nomidan haqoratlab inkvizitsiya gulxaniga tashlaganshafqatsiz dindorlarga va ularni qoʻllabquvvatlagan jamiyat vakillariga qarshi, inson huqukari uchun murosasiz kurash sifatida namoyon boʻldi (qarang Gumanizm). Insonparvarlik keng ijtimoiy fikrni qamrab olib, adabiyot, falsafa, sanʼat va b. sohalarda 14—17-asrlarda Italiyada, keyinchalik esa Yevropaning boshqa mamlakatlarida keng tarqaldi. Keyingi asrlar davomida Insonparvarlikg'oyalari gumanizm nomi bilan rivojlandi. Bu atama birinchi marta 19-asrboshlarida fanda ishlatila boshladi va 20-asrning oʻrtalarigacha jamiyatdagi
adolatsizlikni, tengsizlikni tanqid qilishga qaratildi. Ikkinchi jahon urushidan ke -yin jahon taraqqiyotidatub oʻzgarishlar yuz berib, haqiqiy Insonparvarlik tomon jiddiy qadamlar qoʻyildi. Buni BMT, YUNESKO kabi xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo tashkilotlar deklaratsiya va hujjatlarida koʻrish mumkO’zbek pedagogi Abdulla Avloniy ham (1878-1934 yillar) ta’lim va tarbiyani yo’lga qo’yishda tabiatga uyg’un bo’lishi g’oyasining davomchisi bo’lgan. O’zining “Turkiy guliston yohuaxloq” nomli asarida bola shaxsining tabiiy mukammalligiga ishonch bildiradi. Abdulla Avloniy bola tabiatan go’zallik va mehribonlik bilan uyg’unlikda tug’iladi deb yozadi.Allomaning fikricha, ta’lim va tarbiyaning vazifasi bola shaxsining rivojlanishiuchun yordam beruvchi sharoitlarni yaratishdan iborat. Abdulla Avloniy bolani milliy madaniyat, vatanga muhabbat asosida tarbiyalash g’oyasining tarafdori bo’lgan, bu xususida allomaning asarlarida quyidagi fikrlar o’z ifodasini topgan: “.... odam tug’ilgan va o’sib ulg’aygan shaharni va shu shahar joylashgan mamlakatni bu odamning Vatani deb aytadilar. Biz turkistonliklar o’zimizningquyoshli diyorimizni jonimizdan ham ortiq yaxshi ko’rishimiz kabi arablar o’zArabistonini, ... eskimoslar esa o’zlarining Shimolini yaxshi ko’radilar” deb yozadi. A.Avloniyning fikricha, xalqparvarlikka asoslangan ta’lim va tarbiya yoshlarga vatanparvarlik namunalarini ko’rsatishga undashi kerak. Deviatsiya - jamiyatda o‘rnatilgan xuquqiy, ijtimoiy, axloqiy qoida va me’yorlarga mos kelmaydigan xatti-harakat, xulq-atvorga aytiladi.Odatda deviatsiya xodisasi va uning ko‘rinishlari ko‘p xollarda ularning o‘smirlik davrida yuzaga keladi. Zotan, bu davr yosh davrlari ichida eng murakkabi bo‘lib, uni o‘tish davri deb ham yuritiladi. Darhaqiat bu davrda o‘smir hayoti va faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar, xususan anatomo-fiziologik, aqliy, ruxiy jihatlardan rivojlanishyuz beradi. Natijada ularda hamma narsaga qiziqish xissi kuchayadi, atrof-muhitga, hayotga bo‘lgan munosabatlarida sezilarli darajada o‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi. Garchi ularda o‘zligini anglash, shaxsiy dunyoqarash, turli xodisalarga, o‘zgarishlarga nisbatan baho berish kabi xususiyatlar shakllana boshlansa-da, ammo hali yetarli bilim, tajribaga ega bo‘lmaganliklari sababli ko‘p hollarda yagona hulosaga kelishda qiyinchiliksezishadi. Bu jihatdan ular kattalarning yordamlariga muhtoj bo‘lishadi.Bu o‘rinda shuni ham aytib o‘tish joizki, bu davrda bolalarda kattalar, ayniqsa, otag‘onalario‘rtasida muammolar tug‘ilib turadi. Zero, kattalar va ota-onalari tomonidan o‘zlariga kichkinabolaga qaraganday muomalada bo‘lishlari yoqmaydi. Bu esa o‘rtada ziddiyatlarning kelibchiqishiga sababchi bo‘ladi. Shunday ekan, bu davrdagi bolalarga kattalar xushyorlik bilan munosabatda bo‘lishlari zarurO‘smirlik davri bolalarga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan yana biri ular o‘zlaricha katta yoshdagi kishilar orasidan, yoxud badiiy asarlar, filmlardan ideal topishga harakat qilishadi.Ko‘p hollarda ular idealning tashqi ko‘rinishi ya’ni qiziqtiradigan, o‘zini tortadigan
tomonlariga o‘z e’tiborlarini qaratadilar. Bu bejiz emas, albatta. Chunki, ularda tasavvurga nisbatan emotsiya (xissiyot) kuchliroq bo‘ladi. Demak, o‘smirlarning ideal tanlash jarayoniga ham kattalar, ayniqsa ota-onalar beparvo bo‘lmasliklari zarur. Chunki, o‘smirlardagi deviatsiya xodisasining yuz berishida ayni hissiyot bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyat sababchi bo‘ladi.
Jamiyatda qabul qilingan qoidalar, xulq-atvor me’yorlaridan chetga chiqqan o‘smirlarni qiyin o‘smir yoki qiyin tarbiyalanadigan o‘smir deyishadi. Qiyin tarbiyalanish deganda pedagogic ta’sirga qarshilik ko‘rsatish tushuniladi. O‘smirning qiyin tarbiyalanishi, jamiyat tomonidan qabul qilingan me’yor va qoidalarga amal qilinmasligini fanda deviatsiya hodisasi orqali o‘rganiladi.
Deviatsiya ham insonga, ham uni o‘rab turgan olamga xos bo‘lgan o‘zgaruvchanlik
hodisasining jihatlaridan biri bo‘lib, ijtimoiy sohada o‘zgaruvchanlik, insonning atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatini aks xulq-atvorida o‘z ifodasini topadi. Bundan kelib chiqadiki, me’yordan chetga chiqqan xulq-atvorni jamiyat rivoji va svilizatsiyasini bola shaxsiyatining xususiyatlarini inobatga olmaslik oqibatida buzilishiga olibkeluvchi bolaning jamiyat bilan munosabati sifatida tushunish mumkin. Deviatsiyaning eng ommabop shakli uning shaxs qiyofasida ifodalanishi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |