3. Nasrullohxon davrida Buxoro amirligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti
Sobiq ittifoq tuzumi davrida mang‘itlar sulolasi vakillariga bir tomonlama
yondashilib, ular davrida hech qanday islohotlar amalga oshirilmagan, ushbu davlat
boshliqlari asosan maishatbozlik va jangu-jadallar bilan ovora bo‘lib, mamlakat
hayotida jiddiy o‘zgarishlar qilishga urinmaganlar degan qarashlar hukmron edi.
Mang‘itlar davri tarixnavislari ma’lumotlari, tarixiy hujjatlar, dastlabki manbalar va
sayohatchilarning yo‘l xotiralarini o‘rganish va tahlil qilish o‘z navbatida, ushbu
fikrlarning asossiz ekanligini ko‘rsatadi. O‘rganilgan tarixiy manbalar mang‘itlar
sulolasi vakillarining barchasini ham faoliyati yuqoridagi yondashuvlar asosida
baholashga loyiq emasligidan dalolat beradi. Shu jihatdan olganda, tahlil etilgan
manbalarga asoslanib, albatta, bunda jamiyat rivojlanishiga ta’sir etgan obyektiv va
subyektiv omillarni hisobga olgan holda, Buxoro amirligi davlatchiligining
shakllanish va rivojlanishini muayyan bosqichlarga ajratib o‘rganish maqsadga
muvofiq deb hisoblaymiz. Biz bunda mang‘itlar sulolasining dastlabki vakillari
tomonidan amalga oshirilgan islohotlar o‘z navbatida, mamlakatni birlashtirish va
aholi turmush tarzini yengillashtirishda muayyan darajada ijobiy ahamiyat kasb
etganligini davrlashtirish uchun mezon sifatida belgilashga harakat qildik.
Agar Buxoro amirligi davlatchiligi taraqqiyotini ushbu nuqtai-nazardan
qaraydigan bo‘lsak, uni quyidagi ikki bosqich doirasida o‘rganish maqsadga
muvofiqdir: Birinchi bosqich – dastlabki to‘rt mang‘it hukmdorlari Muhammad
Rahim, Muhammad Doniyolbiy, amir Shohmurod, amir Haydarning davlatni
shakllantirish va rivojlantirish borasidagi siyosiy-huquqiy, iqtisodiy hamda
madaniy-ma’rifiy sohadagi faoliyatlari davrini o‘z ichiga oladi. Buxoro amirligi
taraqqiyotining ushbu bosqichini siyosiy-huquqiy, diniy, madaniy hayot, tashqi
diplomatiya va tashqi savdo masalalarida ijobiy natijalarga erishilgan davr sifatida
e’tirof etish mumkin.
Mang‘itlar sulolasining asoschisi Muhammad Rahim (1747-1759) o‘z
hukmronligini dastlab, mamlakatni mustahkamlash hamda davlat uchun muhim
bo‘lgan mustaqil yoki yarim mustaqil holatga kelib qolgan ma’muriy-hududiy
birliklarni qayta birlashtirishga harakat qilishdan boshlagan
1
. O‘z navbatida,
Muhammad Rahim davlatni mustahkamlash va ma’muriy-hududiy birliklarni
birlashtirish yo‘lida tashqi siyosiy to‘siqlarga duch kelgan. Mahalliy tarixnavislar
Muhammad Sharif va Xumuliylarning guvohlik berishicha, afg‘on sarkardasi
Ahmadshoh Durroniy Burgut va Miyonqol hududlarida kechgan siyosiy
g‘alayonlarning yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan va mahalliy aholini Muhammad
Rahim qo‘shiniga qarshi kurashda chetdan turib qo‘llab-quvvatlab turgan.
Muhammad Rahim Buxoro amirlari orasida mamlakatning barcha hududida
muayyan
darajada
tinchlikni
saqlay
olgan,
davlatning
chegaralarini
mustahkamlagan hamda tashqi dushmanlardan himoya qilgan yagona davlat
1
Ражабов Қ. Насруллоҳхон. Тошкент, “Абу Матбуот-Консалт”, 2011.-Б.23.
22
boshlig‘idir. O‘z navbatida, u mamlakatni birlashtirishda muayyan darajada to‘siq
bo‘lib turgan Afg‘oniston davlati bilan sulh shartnomasini (1750yil) imzolashga
erishadi. Muhammad Rahim davlatni boshqarishning eng maqbul usuli sifatida o‘zi
tomonidan shakllantirilgan “yangi davlat” (sulola, davlat, hukumat, hokimiyat,
taqdirdagi baxtli burilish)ni ko‘rsatadi. Tarixnavis Xumuliyning ma’lumotiga
qaraganda, Muhammad Rahimning “yangi davlati” davlat tepasiga yangi sulola –
mang‘it sulolasining kelishi bilan bog‘liq edi. Shu bilan birga, tegishli manbalarni
chuqur tahlil etish, Muhammad Rahim davrida davlatni tashkil etish borasida jiddiy
o‘zgarishlar ro‘y bermaganligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga ham imkon tug‘diradi.
Bunda Muhammad Rahimning unvonlar berish va davlat mansablari tizimiga
qisman o‘zgartirish kiritish bilan cheklanganligini ko‘rsatib o‘tish mumkin, xolos.
Shu bilan birga, Muhammad Rahim ashtarxoniylar davridan meros bo‘lib qolgan
salbiy oqibatlar, ya’ni qo‘shni davlatlar bilan doimiy urushlar olib borishga qisman
chek qo‘ygan va mamlakatda muayyan darajada tartib o‘rnatishga erishgan. Bu esa
o‘z navbatida, amirlikda savdo-sotiq va dehqonchilik ishlarining rivojlanishiga turt-
ki bo‘lgan.
Dastlabki manbalarga asoslangan xorij tadqiqotlarida ham Muhammad
Rahimning davlat boshqaruviga ijobiy baho beriladi. Xususan, Anke fon Kyugelgen
“Muhammad Rahim mamlakatni rivojlantirdi va mamlakatda yashovchilarni
baxtiyor ayladi. U davlatni boshqarish bilan birga o‘zini boshqarishni va fuqarolarni
hurmat qilishni hamda ularning dardi bilan yashashni unutmadi” – deb qayd etadi.
Tarixnavis Somiy ham Muhammad Rahimni saxiy, mehribon, oliyjanob hamda
jazolashda qat’iy qaror qabul qiluvchi hukmdor sifatida ta’riflaydi.
Mang‘itlar sulolasining keyingi vakili Muhammad Doniyolbiy (1759-1785)
Muhammad Rahim davrida uning siyosiy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha
yordamchisi va maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan. U davlat tepasiga kelishi
bilan oldindan mang‘itlarga qarshi bo‘lib kelgan o‘zga urug‘lar tomonidan turli
g‘alayonlar kelib chiqqan. G‘alayonchilar Muhammad Doniyolbiyning hukmdorligi
legitim (qonuniy) emasligini ro‘kach qilib, hokimiyat tepasiga chingi-
ziy(ashtarxoniylar)lar kelishini talab qiladilar. Amirlikka qarashli bo‘lgan
Shahrisabz, Miyonqol va Qarshi bekliklarida yana musstaqillik uchun kurash avj
olib ketadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Muhammad Doniyolbiy Muhammad
Rahim vafotidan keyin mamlakatda eng yuqori unvon hamda lavozimga ega shaxs
edi. Shuning uchun ham Muhammad Doniyolbiy barcha olimu-fuzalolar, din
peshvolarining tanlovi asosida davlatni boshqara boshlagan.
Muhammad Doniyolbiy birinchi navbatda davlatda tartibsizliklarni bartaraf
etishga va huquqbuzarliklarni oldini olishga e’tibor qaratgan. Ikkinchi o‘rinda u
nafaqat Buxoro shahri balki amirlik tarkibiga kiruvchi barcha bekliklarda savdo-
sotiq, hunarmadchilikni rivojlantirishga hamda fuqarolarga tinchlik va havfsizlikni
ta’minlab berishga muyassar bo‘lgan. Muhammad Doniyolbiy ijtimoiy
munosabatlarni huqukiy asoslarda tartibga solishning tarafdori bo‘lgan. Shuning
23
uchun u fiqh ilmi ulamolarini har taraflama qo‘llab-quvvatlagan. Manbalarda
keltirilishicha, Muhammad Doniyolbiy barcha huquqiy masalalarda islom
huquqshunoslaridan maslahat olgan. Muhammad Doniyolbiy davlat va jamiyat
boshqaruvidagi turli masalalarni kengashgan holda maslahatlashib amalga oshirgan.
Xususan, 1781 yilda Rossiya hukumatining Buxoroda savdo shartnomasini tuzishga
oid taklifiga u dastlab 92 o‘zbek urug‘i vakillarining fikrini olishi lozimligini uqtirib
o‘tadi.
Shuni ta’kidlash joizki, Muhammad Doniyolbiy so‘fizm ta’limotiga alohida
e’tibor qaratgan. Xususan, u Muhammad Rahimning vafotidan so‘ng mamlakatda
boshlanib ketgan turli g‘alayonlarni oldini olish, xalq tinchligi va havfsizligini
ta’minlash maqsadida so‘fizm namoyondalaridan biri hisoblangan Mahdumi
A’zamning avlodlaridan biri Ishoq Xojadan maslahat olib turgan. Binobarin,
Muhammad Doniyolbiyning so‘fizm ta’limotini ashaddiy tarafdori ekanligi
to‘g‘risida to‘liq ma’lumot bo‘lmasada, u o‘g‘li Shohmurodni ushbu ta’limotning
yirik namoyondalaridan biri bo‘lib shakllanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib
bergan. Muhammad Doniyolbiy vafotidan keyin uning o‘g‘li Shohmurod davlatni
boshqarish vakolatini qo‘lga kiritadi. U Muhammad Doniyolbiy davrida Karmana,
Qarshi bekliklarini boshqaradi va ma’lum vaqt davomida davlatdagi eng oliy
mansablardan biri bo‘lmish qushbegi lavozimida faoliyat yuritadi. “Boshdanoq u
mamlakatda qattiq tartib o‘rnatishga kirishib, ishni sulola mavqeini rasmiy jihatdan
mustahkamlashdan boshlaydi. Ya’ni soxta xonlik an’anasiga chek qo‘yib, taxtga
rasman o‘zi chiqadi, lekin xon emas, amir unvoni bilan”
1
.
Shohmurod davlat boshlig‘i – amir unvonini ta’sis etar ekan, ushbu unvonning
o‘zbek va mo‘g‘ul urug‘lari an’analari bilan emas, balki shariat qoidalari asosida
yuzaga kelganini asoslab beradi. Huquqshunos olim Z.Muqimovning ta’kidlashicha,
“Amir Shohmurod soliqlardan ezilgan xalqning noroziligi kuchaygan davrda taxtga
o‘tirganligi uchun ham birinchi islohotni soliqlarni tartibga solishdan boshladi.
Butun Buxoro amirligi aholisiga tarxon yorlig‘i berib, o‘zidan avvalgi hukmdorlar
joriy qilgan, shariatga to‘g‘ri kelmaydigan yorg‘u, boj, tarx, tushmol, yasoq kabi
soliqlarni bekor qildi
2
. Amir Shohmurod tomonidan amalga oshirilgan soliq
islohotlari uning soliq solish va uni undirishni tartibga keltirishga oid farmonlarida
aks etgan.
Amir Shohmurod tomonidan o‘tkazilgan sud – huquq islohotlari o‘z
navbatida, mamlakatda sud ishlarini yuritishda nohaqliklarga chek qo‘yilishiga,
qozilar tomonidan muayyan darajada odillik, adolat va insonparvarlik ruhida sud
jarayonlarini amalga oshirishga imkon yaratib bergan. Ushbu sud-huquq
islohotlarining yana bir muhim jihati qozining hukmidan norozi bo‘lgan tarafning
qozi-ul-quzzotga yoki amirga shikoyat qilish huquqini qo‘lga kiritganligida
ko‘rinadi. O‘z navbatida, qozikalonga yoki amir nomiga yozilgan shikoyatnoma
1
Зиё Азамат. Ўзбек давлатчилиги тарихи. – Тошкент: Шарқ, 2000. – Б.281.
2
Муқимов З. Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи тарихи. – Тошкент: Адолат, 2004. – Б.210.
24
o‘rganib chiqilib, qozining hukmini asosli ravishda qozi-ul-quzzot bekor qilishi
hamda uning qarorini faqat amir bekor qilishi mumkin bo‘lgan. Amir Shohmurod
tomonidan o‘tkazilgan sud-huquq islohotlari o‘z davrida nafaqat Buxoro amirligi,
balki boshqa xonliklar uchun ham progressiv ahamiyatga ega edi. Shu bilan birga,
amir Shohmurod sudlovni tashkil etish, xususan, quyi sud qozilarining tayinlanishi
borasida ham muayyan o‘zgarishlarni amalga oshirgan. Binobarin, amir
Shohmurodning bevosita tashabbusi bilan qirq a’lamdan (qonunshunoslardan)
iborat tarkibda oliy sud (qozixona) palatasi tuzilgan . Ushbu palatada qozilarning
hukmidan norozi bo‘lib yozilgan arz va shikoyatnomalar shariat normalari bilan
birga, amir Shohmurod tomonidan tuzilgan qoidalar to‘plami asosida ko‘rib chiqil-
gan. Sud palatasida arz yoki shikoyatnoma ko‘rilayotganda da’vogarning shaxsan
o‘zi ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
Amir Shohmurod tomonidan amalga oshirilgan ushbu islohotlar xorij olimlari
tomonidan ham e’tirof etilgan. Xususan, ingliz olimi X.Malkolmning ta’kidlashicha,
amir Shohmurod davlat va huquq islohotchisi, islom huquqi normalarining g‘oyaviy
va amaliy kurashchisi hamda davlat boshlig‘i sifatida qirq a’lam sudi ishlarida
ishtirok etganda taraflarning o‘zaro kelishuvi, jabrlanuvchi va ayblanuvchi
tomonlarning o‘zaro yarashuvining tarafdori edi. U amirlik xazinasidan
jabrlanuvchining foydasiga yetkazilgan zararning yarmini qoplash uchun
ayblanuvchining kelajakda ijtimoiy tarbiyalanishi, oilasi, farzandlari qarovsiz qolib
ketmasligining oldini olish maqsadida foizsiz mablag‘ ajratish amaliyotini
qo‘llagan. Ushbu xususiyati bilan amir Shohmurod tomonidan amalga oshirilgan
yarashuv mexanizmi o‘z davri uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ta’kidlash
joizki, amir Shohmurod tomonidan o‘tkazilgan ushbu islohot bugungi kunda sud-
huquq amaliyotida muhim amaliy ahamiyatga egadir.
Amir Shohmurod shariat normalariga mutlaqo zid bo‘lgan va uning
talablariga javob bermaydigan zid bo‘lgan barcha normalarning amal qilishini bekor
qilgan. Tarixnavis Somiyning ma’lumotlariga qaraganda, harbiy sohadagi
boshqaruv faoliyatini ulamolarning fatvosi asosida olib borgan hamda aynan uning
davrida huquq manbasi bo‘lmish sunnaga sezilarli darajada amal qilingan.
Shohmurod vaqf mulklari hamda ulardan tushadigan soliq va boshqa majburiy
to‘lovlar hisobidan eski madrasa, masjid, honaqo, maktab va mozorlarni qayta
tiklaydi. Madrasa mudarrisi, muftiy, imom, qozi va boshqa diniy mansablarga
nomzodlarni tayinlashda ularning shariat normalariga amal qilish darajasi, huquqiy
bilimlari va huquqiy savodxonligiga e’tibor qaratgan.
U shariat normalarini chuqur o‘zlashtirgan madrasa talabalariga soliqlar
hisobidan qo‘shimcha talabalik haqlari berish tizimini joriy qilgan. Shohmurod
nafaqat ta’lim jarayonida, balki boshqa fuqarolarning ham islom huquqi normalarini
bilishlikka da’vat etish bilan birga, ularga keng imtiyoz va imkoniyatlar yaratib
bergan.
25
Bu borada Xumuliyning ta’kidlashicha, amir Shohmurod fiqhshunos olimlar
va viloyat beklaridan amirlikning barcha hududlaridagi masjid va madrasalarda
aholiga haqiqiy islom huquqi normalariga asoslangan odat va majburiyatlarni
tushuntirishni hamda ularning shar’iy huquqiy bilimlari darajasini yanada oshirishni
talab qilgan. Amir Shohmurodni o‘z navbatida islom fiqhshunosligi murabbiysi
sifatida ham e’tirof etish mumkin. Shohmurod madrasalarda xanafiy mazhabi,
xususan, Burhoniddin al-Marg‘inoniyning “Al-Hidoya” asari, Imom Al-
Moturidiyning g‘oyalari, Qur’oni Karimni talqin qilish va uni sharhlash bo‘yicha
Andalusiyalik mashhur Ash-Shotibiy asarlaridan foydalangan holda dars
mashg‘ulotlarini o‘tkazgan.
Tarixnavis Miriyning ta’kidlashicha, amir Shohmurod so‘fiylik ilmini, islom
huquqi normalari va majburiyatlari haqidagi ilmlarni Shayx Safardan, Qur’oni
Karim ilmini esa uch murabbiydan, ya’ni Hofiz Ashur, Nodir Boqi qori va Niyozquli
qorilardan tahsil olib o‘rgangan. Shu bilan birga, amir Shohmurod huquqiy
masalalarga oid bo‘lgan kitoblar yozgan. Xususan, xanafiya mazhabiga oid bo‘lgan
barcha fatvolar va qoidalarni mujassamlashtirgan “Fatvoyi ahli Buxoro” va “Ayn ul-
Hikma” nomli to‘plamlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Shu jihatdan olganda, amir
Shohmurodning ushbu asarlarini bugungi kunda milliy davlatchilik tarixini
o‘rganish va uni ilmiy tahlil etishda nodir va qimmatli huquq manbasi sifatida qarash
lozim.
Amir Shohmurod nafaqat Buxoro shahrida balki amirlikning turli
viloyatlariga borib ulardagi masjid va madrasalarda shariat huquqi normalari va
ularni tadbiq etishga oid masalalar yuzasidan mashg‘ulotlar o‘tkazib kelgan.
Masjidlarda imomlik qilib, namoz tugaganidan so‘ng “oliy yig‘in”(majlisi oliy)ni
chaqirgan hamda unga ilm ahlini, qozilarni, hadisshunos olimlarni to‘plagan. Ushbu
majlislarda islom huquqi normalariga, huquqiy odatlarga asoslangan holda aholiga
ularning fiqhiy muammolarga oid savollariga javob qaytargan. Amir Shohmurod
Buxoro amirligi hududida qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari va yer unumdorligini oshirish maqsadida ariqlar, zovurlar qazdirgan,
daryo va irmoqlarni qaytadan ta’mirlagan.
Amerikalik olim G. Xembli amir Shohmurod shaxsiga, uning davlat boshlig‘i
va davlatni boshqarish san’atining o‘ziga xosligiga alohida e’tibor berib,
Shohmurodning yoshlik yillari Buxoroning qadimiy Masjidi Kalonida diniy va
dunyoviy ilmlarni o‘rganish bilan o‘tganligini, u darvesh jamiyatining odatlari va
kiyimlarini saqlab qolib, hatto o‘z qo‘shinlarini jangga boshlab borayotganda ham
oddiy past bo‘yli otida borishini, harbiy yo‘lboshchi sifatida ajoyib tashkilotchilik
qobiliyatiga ega ekanligini ta’kidlab o‘tadi.
O‘z navbatida G.Xembli amir Shohmurodning siyosiy-huquqiy faoliyatiga
quyidagicha baho beradi: “U Afg‘onistonning Durroniy hukmdorlaridan Balxni
tortib ololmasada, ammo Eronga qarshi Amudaryoni yildan-yilga muvaffaqiyatli
kesib o‘tdi. Uning asosiy maqsadi Eron madaniyat markazi sanalmish Marvni
26
egallab olish edi. Shuning uchun ham Buxoro aholisi amir Shohmurodni harbiy
zafarlari tufayli shariatning qat’iy talablari kabi hurmat qilardi”. Tarixchi olim
T.Fayziyev ham amir Shohmurodga davlat boshlig‘i sifatida quyidagicha ta’rif
beradi: “Begunoh amir nomini olgan Shohmurod shariat ishlariga keng yo‘l ochgan,
vaqflarni tiklagan, masjid va madrasalar ishiga katta e’tibor bergan. U zohidlarga
xos hayot kechirib, mamlakatda ro‘y bergan siyosiy-iqtisodiy vaziyat taqozosiga
ko‘ra, bir necha jangu-jadallarda bo‘ldi. Mang‘itlar saltanatida bid’at va nomashru
ishlarni tag-tomiridan uzgan birinchi hukmdor bo‘lgan”
1
.
Sobiq ittifoq davrida milliy davlatchiligimizni, xususan, adolatli
hukmdorlarni hamda ular tomonidan amalga oshirilgan ko‘plab ezgu ishlarni
o‘rganish uchun yetarli tarixiy manbalar mavjud bo‘lishiga qaramasdan, ularni
o‘rganishga deyarli rag‘bat ko‘rsatilmagan. Shu asosda davlatchilikni rivojlanishiga
muayyan darajada o‘z hissasini qo‘shgan amir Shohmurodga o‘xshagan hukmdorlar
faoliyati ham bir tomonlama ya’ni faqat salbiy nuqtai nazardan o‘rganilgan.
Holbuki, o‘z davrida mang‘it hukmdorlarining faoliyatini tanqidiy tasvirlagan
Ahmad Donish ham amir Shohmurodni xalifa Umar bilan bir qatorga qo‘yib amirlik
gilamini kambag‘allik kiyimi bilan bezadi, jahon bog‘idan dushmanlik va yomonlik
tomirini sug‘urib tashladi va adolat nihollarini o‘tkazdi, - deb uning faoliyatini yuk-
sak baholagan edi.
Amir Shohmurod faoliyati yuzasidan xulosa o‘rnida aytish mumkinki,
mang‘itlar hukmronligi davrida Buxoro amirligida davlatchilikni taraqqiy etib
shakllanishi va rivojlanishi aynan u davlatni boshqargan davrga to‘g‘ri keladi. O‘z
o‘rnida yuqoridagi xislatlarga ega bo‘lgan davlat boshlig‘i haqida Prezident
I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini keltirib o‘tish o‘rinli deb hisoblaymiz: “Odil va
oqil hokimiyat xalq kayfiyatini, uning irodasini albatta hisobga oladi. Xalqning
iste’dodini, undagi barcha olijanob xislatlarni ishga soladi, xalq g‘ayratini
yaratuvchilik yo‘liga boshqaradi”.
Amir Shohmuroddan so‘ng davlatni boshqarish uning o‘g‘li Qarshi
bekligining hokimi amir Haydar qo‘liga o‘tadi. Amir Haydar davlatni boshqarish
masalasida otasi amir Shohmurod siyosatining izchil davomchisi edi. Ushbu holat
ayniqsa, uning ulamolarga munosabati va tashqi siyosatni izchillik bilan davom
ettirishida ko‘rinadi. Amir Haydar o‘z hukmronligi davrida asosan ichki
dushmanlarga qarshi kurash olib boradi. Shahrisabz, Samarqand, Urgut bekliklarida
bo‘lib o‘tgan g‘alayonlar, Marv vohasi uchun Xiva xoni Muhammad Rahimxon
bilan olib borilgan urushlar Amir Haydarni davlatda harbiy-siyosiy islohotlar
o‘tkazishga majbur qildi. U olib borgan tinimsiz kurashlar natijasida 1817-1850 yil-
larda Balx vohasi qo‘lga kiritildi, Maymana, Badaxshon va Qunduz viloyatlari
amirlik hududiga qo‘shib olindi. Amir Haydar davlatni boshqarishda asosan tashqi
munosabatlarga e’tibor qaratadi, xususan, u afg‘on hukmdori Ahmad Shoh
1
Файзиев Т. Мутасаввиф ҳукмдор // Шарқшунослик. – Тошкент, 1997. - № 8. – Б.72.
27
Durroniyning o‘g‘li SHo‘ja al-Mulkom bilan ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro do‘stlik
rishtalarini qayta tiklashga muvaffaq bo‘lgan. Buxoroga qo‘shni davlatlarning
hukmdorlari amir Haydar hukmronligini zaiflashtirish maqsadida uning saroy
a’yonlari va beklari, qarindosh-urug‘lari va birodarlariga turli va’dalar berib,
ularning o‘zaro totuvligiga putur yetkazishga intilganlar. Markaziy hokimiyatga
qarshi isyon ko‘targan Nosiriddin To‘ra 4000 askar bilan Marvdan chiqib,
Chorjo‘yga kelganida amir Haydar unga qarshi Niyozbek parvonachini 10 000
kishilik qo‘shinga qo‘mondon qilib jo‘natgan.
Shuningdek, qo‘shni davlatlar Buxoro amirligi ichida ko‘tarilgan turli
g‘alayonlardan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishga uringanlar. 1821-1825 yillarda
amir Haydarning soliq siyosatiga qarshi xitoy-qipchoqlar ko‘targan Miyonqol
qo‘zg‘oloni katta qiyinchilik bilan bostirilgan. Ushbu qo‘zg‘olonga qo‘shni
davlatlardan ko‘mak ko‘rsatilib, shu orqali Buxoro davlatini zaiflashtirishga harakat
qilingan. Amir Haydar boshqa mang‘it hukmdorlaridan farqli ravishda o‘z
qo‘shinidagi askarlarga muntazam ravishda yaxshi maosh to‘lab borgan. Bundan
tashqari u mamlakatdagi soliq yig‘uvchilarga yillik maosh ajratish bilan birga,
ularga yiliga ikki marta sarupo ulashgan. O‘z navbatida kambag‘allar, yetim-
yesirlar, qashshoqlar, darveshlar, muhojirlar va mullalarga har yili nafaqa berish
uchun katta miqdorda mablag‘ ajratgan. Shu bilan birga, amir Haydar amirlikda
xitoy-qipchoqlar tomonidan yuzaga kelib turadigan turli mojarolarni oldini olish
maqsadida ushbu hududlarga nisbatan turli to‘lovlar miqdorini kamaytirgan.
Amir
Haydar
mamlakatda
muayyan
darajada
huquqiy
tizimni
mustahkamlashga ham harakat qilgan. Bu borada tarixchi olim Q.Rajabovning
e’tirof etishicha, “Amir Said Haydar islom fiqhining hanafiya mazhabiga oid “Al-
favoid al-alfiya” nomli asar ham yozgan. Amir Haydar davlat hujjatlarini
tizimlashtirishga alohida e’tibor qaratgan mang‘itlar sulolasining dastlabki
hukmdorlaridan biri ekanligi bilan ham diqqatga sazovordir”. Tarixnavis Somiy ham
amir Haydarni ziyoli davlat boshlig‘i va odil hukmdor sifatida baholab, uning davlat
ishlari bilan nechog‘lik band bo‘lishiga qaramasdan olimu-fuzalolar bilan huquqiy
mavzulardagi mashg‘ulotlarda doimo ishtirok etishini hamda ularning fikriga
tayanib ish tutganligini e’tirof etadi.
Amerikalik olim G. Xembli ham amir Haydarning davlatni boshqarishga oid
xususiyatlarini inobatga olgan holda uning faoliyatiga quyidagicha ta’rif beradi:
“amir Haydar shahzodalarning rolini darveshlik bilan bir darajada muvaffaqiyatli
bog‘ladi”. O‘z navbatida amir Haydarning maktub va nomalarini o‘rgangan olim
Sh.Tilavov: “savodli va ilmli bo‘lmagan hukmdorning turli-tuman mavzularda
shunchalar maktublar yozishiga ishonish qiyin”, - deb unga yuksak baho beradi.
Buxoro amirligi davlatchiligi rivojlanishining ikkinchi bosqichi 1826-1920 yillarni
o‘z ichiga oladi. Ushbu davrda davlatda mang‘it sulolasidan amir Nasrullo, amir
Muzaffar, amir Abdulahad, amir Olimxonlar hukmronlik qilganlar.
28
Amir Nasrullo hokimiyat tepasiga otasi amir Haydarning o‘limidan so‘ng olti oy
o‘tgandan so‘ng kelgan. U milliy davlatchilik tarixida kuchli, jasur hamda qattiqqo‘l
davlat boshlig‘i sifatida joy olgan. Tarixchi va sayohatchilarning ma’lumotlariga
qaraganda, amir Nasrullo hukmdor sifatida davlatning ichki va tashqi dushmanlariga
haqiqiy zarbani berdi. Amir Nasrullo tomonidan olib borilgan harbiy-siyosiy
islohotlar natijasida davlatning harbiy qudrati mustahkamlana borgan. Olib borilgan
tinimsiz urushlar barobarida Qo‘qon xonligi (1842y) hamda Shahrisabz (1856y)
bekligi egallanadi
1
.
Amir Nasrullo tashqi siyosat masalasida oldingi davlat boshliqlaridan farqli
ravishda, Markaziy Osiyoning iqtisodiy salohiyatiga talabgor bo‘lgan ikki yirik
davlatlar Rossiya va Angliya bilan ochiq siyosat olib borish dasturini amalga
oshirgan. XIX asr 30 yillarining boshlarida Buxoro amirligiga Vest-Indiya
kompaniyasining topshirig‘i bilan kelgan leytenant Aleksandr Berns bilan olib
borilgan muzokaralar asosida Angliya davlati bilan qisqa muddatga bo‘lsada, o‘zaro
hamkorlik munosabatlari o‘rnatiladi. Shu bilan birga, ayrim tarixiy manbalarda amir
Nasrullo shafqatsiz hukmdor sifatida e’tirof etiladi. Lekin ingliz olimi Uiler amir
Nasrulloni: “shafqatsiz hamda mustabid hukmronligiga qaramasdan, u davlat
qurilishi yo‘lida bir qator ijobiy ishlarni ham amalga oshirdi. O‘ziga sodiq harbiylar
bilan birga professional qo‘shin tashkil qildi, bir qancha sug‘orish loyihalarini va
ma’muriy-huquqiy islohotlarni amalga oshirdi” deb, uning davlatni boshqarish
faoliyatiga ijobiy baho beradi.
Amir Nasrullodan keyin davlatni boshqargan mang‘it sulolasi vakillaridan
amir Muzaffar, amir Abdulahad, amir Olimxonlar davri milliy davlatchilik tarixida
kam o‘rganilgan davr bo‘lib, tegishli manbalarda ushbu hukmdorlarga nisbatan
deyarli ijobiy baho berilmagan. Istiqlol sharofati ila milliy davlatchilik manbalarini
tadqiq etish jarayonida yuqorida nomlari zikr etilgan hukmdorlar tomonidan ham
muayyan darajada islohotlarni amalga oshirishga harakat qilinganligiga guvoh
bo‘lamiz. Xususan, amir Abdulahad sud-huquq tizimini tubdan isloh qilishga
hamda ushbu sohani yanada insonparvarlik tamoyili asosida shakllantirishga, amir
Olimxon jamiyatda poraxo‘rlikni butunlay yo‘qotish va ta’lim tizimini tubdan isloh
etishga uringanlar
2
.
Buxoro davlatining butunlay Chor Rossiyasi tarkibiga qo‘shib olinishini
oldini olish maqsadida amir Muzaffar chor hukumati bilan sulh shartnomasini
tuzishga majbur bo‘lgan. Ushbu shartnoma asosida Buxoro amirligi tashqi va ichki
siyosiy masalalarni hal qilishda mustaqillikdan mahrum bo‘lib Rossiya davlati
ostidagi yarimmustamlaka davlatga aylandi. Ayniqsa, chor qo‘shinlarining 1871-
1
Абдураимов М.А. “Очерки аграрних отношений в Бухарском ханстве в ХVIII – первой половине ХIХ века”.
Т.2. – Тошкент: Фан, 1970. 86-б
Do'stlaringiz bilan baham: |