2
Азизхўжаев А.А. “Давлатчилик ва маънавият”. – Тошкент: Шарқ, 1997. 78-б
29
1872 yillarda Zarafshon daryosi boshqaruvini nazoratga olishlari Buxoroning
bundan keyingi rivojlanishiga salbiy ta’sir o‘tkazgan. Buxoro amirligi bilan Rossiya
davlati o‘rtasida tuzilgan sulh shartnomasidan kelib chiqib, 1884 yilda Buxoro bilan
Kattaqo‘rg‘on shaharlari orasida telegraf aloqasi hamda 1888 yilda Chorjo‘y,
Amudaryo, Buxoro va Samarqandgacha, nihoyat 1898 yilda Toshkentgacha temir
yo‘llari yotqiziladi. XIX asr boshlariga kelganda, amirlikda xizmatkor amaldorlar
tabaqasi shakllandi. Faqat amir saroyining o’zida 300 ga yaqin amaldor xizmat
qilardi. Bu tabaqa davlat xazinasidan maosh olar, amirga batamom qaram bo’lib,
ularni amirning o’zi tayinlar yoki egallab turgan lavozimidan olib tashlar edi.
Amaldorlar amir farmoyishini bajaribgina qolmay, uning istak-xohishi va ko’nglini
topa bilishlari, unga doimo xushomad qilishlari kerak edi. Shu bois saroyda
xushomadgo’ylik, amir shaxsini ulug’lash rasm bo’lib qoladi.
Amir va uning oilasigagina emas, quyi mansabdagilar yuqori amaldorlarga
ham xushomadgo’ylik qilardilar. O’z mavqei, turmushi, oilasining omonligi, mulki
uchun qo’rqish, ertangi kunga ishonmaslik kabi og’ir vaziyat vujudga keladi.
Qisqasi, mansabdorning taqdiri to’lig’icha yuqori amaldor qo’lida edi. Mansabni
sotish, poraxo’rlik keng tarqaldi. Amirlikdagi eng katta saroy mansablari va
unvonlari: -Qushbegi, dargoh vaziri, ya’ni bosh vazir lavozimi edi. Davlatning
barcha boshqaruv idoralari unga itoat etar edi. Bir so’z bilan aytganda, barcha ijroiya
hokimiyat qushbegining qo’lida edi. Viloyat va tuman hokimlari ham qushbegi
tavsiyasiga binoan tayinlanar edi. Qushbegi xon istiqomat qilib turgan arki oliyda
turar edi.
Devonbegi - xonlikning moliya-xazina ishlarini boshqargan. Soliq va
jarimalarning undirilishi ustidan nazoratni ham devonbegi amalga oshirgan.
Devonbegi arki oliyning bir chetida yashagan. Ko’kaldosh -(xon bilan bir onadan
sut emgan kishi) butun amirlik hududida amirga va amirlikka nisbatan do’stona yoki
dushmanlik munosabatida bo’luvchilar haqidagi ma’lumotlarni to’plab hukmdorga
etkazib turgan. Mushrif - lavozimida ishlagan amaldorlar xonga in’om etilgan
buyumlarni hamda harbiy anjomlarni ro’yxatga olish bilan mashg’ul bo’lgan. Soliq
tushumlarini ham maxsus daftarga yozib borgan. Mirshab - tungi qorovullar
boshlig’i vazifasini bajargan. Dodxoh - fuqarolarning arz va shikoyatlarini
tinglovchi, hal etuvchi mansabdor bo’lgan, bularni kerak bo’lsa xon yoki qushbegiga
etkazib turgan. Inoq - bu lavozimda ishlagan amaldorlarning vazifasi amir
farmoyishlarini bek va boshqa tabaqadagi mahalliy mansabdorlarga etkazishdan
iborat bo’lgan. Miroxo’r - amirning ovchi qushlarini tasarruf qiluvchilar ustida
turgan, xon ovlarini uyushtirish ishiga mutasaddi bo’lgan.
Dasturxonchi - amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas’ul
amaldor. To’qsobo - amir tug’i sohibi bo’lgan harbiy mansabdor. Parvonachi - biror
shaxsning biror lavozimga tayinlanganligi haqidagi yorliqni o’sha shaxsga
etkazuvchi amaldor. Sadrlar - vaqf mulklarini boshqaruvchi mansabdorlar. Vaqf
muassasasining boshliqlari bo’lgan mutavallilar sadrlarga bo’ysunganlar.
30
Sadrlarning vazifa va huquqlari vaqf yorlig’i shartlarida qayd etib qo’yilgan. Sadrlar
vaqf xo’jaligi daromadining ma’lum qismini olardilar.Shayxulislom - musulmon
jamoasi boshlig’i. Qozilik ishlarida hamda kundalik hayotda qonunlarga rioya
etilishini ta’minlovchi amaldor. Bu lavozim avloddan-avlodga meros bo’lib ham
o’tgan. Katta qozi (Qozi kalon) - davlatning oliy qozisi (sudyasi). Amir
aralashmaydigan barcha qozilik ishlariga rahbarlik qiluvchi oliy davlat lavozimi.
Qozi kalon «Shariat panoh» deb atalardi. Qozi kalon huzurida a’lam va 12 muftiydan
iborat devon tuzilgan. Uning vazifasi jinoiy ishlarni har tomonlama ko’rib
chiqishdan iborat bo’lgan. Muftiy - qozi kalon murakkab deb hisoblagan turli diniy-
huquqiy masalalar bo’yicha, shariat qonunlariga asoslanib fatvo chiqargan. Bu fatvo
uning yoki bir necha muftiyning muhri bilan tasdiqlangach, qoziga berilar edi. Qozi
bu fatvoga asoslangan holda hukm chiqarardi.
Amaldorlarga amir nazariga tushgan xizmatlari uchun otaliq, eshik og’asi kabi
e’tiborli unvonlar berilgan. Xonning, uning o’g’illarining ham otalig’i bo’lgan.
Amaldorlar harbiy yurishlarda ham qatnashgan. Xon yig’inida amaldorlarning
amaliga qarab o’rni bo’lar edi. Shunga ko’ra ular xonning o’ng va so’l tomonida,
unga yaqinroq va uzoqroq erda o’tirardilar. Ba’zilari o’tirishar, ba’zilari esa tik
turishardi. Kattaroq amaldor saroyga ot minib kirsa, ba’zilari piyoda kirardi.
Amirlikda amaldorlardan tashqari diniy ulamolar ham hukmron mavqega ega
edi. Ular o’zlarini Muhammad payg’ambarning avlodlarimiz deb hisoblovchi
sayyidlar hamda choriyor halifalar - Abubakr, Umar, Usmon va Ali avlodlaridanmiz
deyuvchi xo’jalardan iborat edi. Ular katta er-suvga, savdo do’konlariga,
hunarmandchilik ustaxonalariga ega edilar. Amirlikda jo’ybor shayxlari alohida
mavqega ega bo’lib, XIX asrda ular Buxoroda 16 mahalla bo’lib yashardi
1
. Sudlov
ishlarida shariat qonun - qoidalariga rioya etilishini ta’minlashda shayxulislom,
a’lam va qozilar amirning eng yaqin yordamchilari edi. Amirlikda eng katta
mansabdorlardan biri Qozi kalon hisoblanardi. Uning mahkamasida har bir
viloyatdan bittadan qozi ish olib borardi. Ularni amirning o’zi tayinlardi. Qozi din
masalalari, oila, meros, jinoiy ishlarga oid masalalar bo’yicha hukmlar qabul qilardi.
Buxoro amirligi 27 beklik: Karmana, Xatirchi, Ziyovuddin, Nurota, Qarshi,
Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Yakkabog’, G’uzor, Boysun, Sherobod, Denov,
Karki, Chorjuy, Xisor, Ko’lob, Qorategin, Darvoz, Baljuvon, Sho’g’non-Rushon,
Qo’rg’ontepa, Qobodiyon, Kalif, Bo’rdalik, Qoboqli va Norazm bekliklaridan iborat
edi. Har bir beklikni amir tomonidan tayinlab qo’yiladigan hokimlar - beklar idora
qilardi. Hokim huzurida yuzlab mahalliy ma’murlar xizmat qilardi. Manbalar
amirlikda mahalliy ma’murlar shtati 30000 kishini tashkil etganligidan guvohlik
beradi. Hokim va uning xizmatkorlariga maosh davlat xazinasidan berilmas edi, ular
mahalliy aholidan olingan turli - tuman soliq va to’lovlar hisobiga tirikchilik
1
Азизхўжаев А.А. “Давлатчилик ва маънавият”. – Тошкент: Шарқ, 1997. 47-б
31
qilishardilar. Hokimlar, soliq yig’uvchilar, qozilar xohlagancha ish yuritardilar,
ularning faoliyatini belgilovchi qonun-qoidalar yo’q edi. Ularning suiste’mollari
xalq gardaniga og’ir yuk bo’lib tushardi. XIX asr 30-yillarida amir qo’shinida 19
mingga yaqin yollangan askarlar bo’lib, ular turli shahar va istehkomlarda harbiy
xizmatni o’taganlar. Qo’shin askarlari, asosan, o’q-yoy, nayza, qilich, xanjar,
oybolta kabilar bilan qurollangan. Manbalar amir qo’shinida piltali miltiqlar va
kichik to’plar ham bo’lganligidan guvohlik beradi
1
. Amir qo’shinining jangovorlik
darajasi past edi. Askarlar harbiy mashqlarga nisbatan ko’proq mehnat bilan band
bo’lardi. Sipohlikka 15 yoshdan 70 yoshgacha erkaklar olinardi, qo’shin safida
keksayib qolganlar anchagina bo’lardi. Amirlikning yillik daromadi 2 mln. 300 ming
so’m bo’lgani holda, uning 1 mln. 300 ming so’mi qo’shinni saqlashga sarflanardi.
Oziq-ovqat etishmasligidan sipohlar qochardi, kiyimi yupun edi. XIX asr o’rtalarida
askarlar soni, piltali miltiq va to’plar ham anchagina ko’paygan.
Qo’shinda yuz boshi, ming boshi singari harbiy lavozimlar bo’lib, umumiy
qo’mondonlikni lashkarboshi boshqargan. Amirlikning qo’shini muntazam
bo’lmay, zaruriyat bo’lganda to’planardi, ularni to’plash qiyin kechardi. Bu
amirlikning zaiflik omillaridan biri edi.
1
Ражабов Қ. Насруллоҳхон. Тошкент, “Абу Матбуот-Консалт”, 2011.-Б.28.
32
Xulosa
Buxoro amirligi XIX asrning o’rtalariga kelib, O’rta Osiyo xonliklari ichida
o’z salohiyati, hududi, aholisi, ishlab chiqarishi va tabiiy resurslari jihatidan alohida
mavqyega ega bo’lib, O’rta Osiyo hududidagi eng yirik monarxistik davlat
hisoblangan. XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Buxoro xonligida hokimiyat
tepasiga mang’itlar sulolasining kelishi tufayli uzoq vaqtlar davomida hukm surib
kelgan o’zaro kurashlar va urushlarga chek qo’yildi. Katta harakatlar evaziga
markazlashgan hokimiyat tizimi yuzaga keltirildi va qishloq xo’jaligi,
hunarmadchilik, savdosotiq, ishlab chiqarish borasida bir qator ijobiy o’zgarishlar
amalga oshirildi.
XVIII asrning o’rtalariga kelib, Buxoro amirligi o’z hukmronligida faqatgina
Buxoro shahri va uning atrofidagi tumanlar bo’lmish Vobkent, G’ijduvon, Qorako’l,
Vardonze, Qashqadaryo viloyati hududlari va Miyenkol vohasi hududlarini saqlab
qolgan bo’lsa, XIX asrning boshiga kelib, Buxoro amirligi hududiga Zarafshon
hamda Qashqadaryo vohasi hududlaridan tashqari, Surxon vohasi hududi, Hisor,
Xo’jand, O’ratepa, Panjikent kabi aholi zich yashaydigan tumanlar, Zarafshon
daryosining yuqori oqimi, Janubiy Turkistonning katta qismi hamda Chorjo’ydan
tortib, to Murg’ob daryosiga qadar bo’lgan sarhadlar kirgan. XIX asrning 20–50
yillarida Buxoro amirligi hududiy tuzilishida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi.
Buxoroda ushbu davrda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy tushkunlik natijasida, uning bir
qator sarhadlari qo’ldan chiqib ketdi. Jumladan, Toshkent, Turkiston, Xo’jand va
O’ratepa Buxoro amirligi tasarrufidan chiqib, Qo’qon xonligiga o’tdi. Hisor viloyati
hamda Zarafshon daryosining yuqori oqimi qismlaridagi hududlar mustaqil
hukmronlikni qo’lga kiritishdi. Shahrisabz va Kitob Buxoroga bo’ysunmay qo’ydi.
XIX asrning 50-yillariga kelib esa uzoq vaqt Buxoroga tobe hisoblangan Balx,
Andxoy, Maymana, Shibirg’on va Janubiy Turkistonning boshqa viloyatlari
bevosita Angliya hukumatining ta’siri va yordami tufayli afg’on amirlari tomonidan
egallab olindi. XIX asrning 50–60yillariga kelib, Buxoro 44 ta beklikdan iborat
bo’lgan bo’lsa, 1915 yilda Buxoro amirligi 27 viloyat (beklik) va 11 ta tumandan
iborat bo’lgan. Buxoro amirligida viloyatlar (bekliklar) va tumanlar doimiy ravishda
yo qo’shilib turgan, yo ajralib turgan. XIX asr boshida Buxoro amirligi iqtisodiy
hayotida yerga egalik masalasi muhim ahamiyat kasb etgan. Yer egaligining uch xil
kategoriyasi: 1) davlatga taalluqli bo’lgan yerlar; 2) xususiy yer egalariga taalluqli
bo’lgan yerlar; 3) musulmon diniy muassasalar ixtiyeridagi yerlar mavjud bo’lgan.
XIX asr o’rtalariga kelib Buxoro, Samarqand, Qarshi, G’uzor, Shahrisabz,
Kattaqo’rg’on, Denov kabi amirlikning yirik shaharlari Buxoro amirligining asosiy
savdo markazlari hisoblangan.
Amirliqda hunarmandchilikning rivojlanishi savdo munosabatlarining
kengayishiga bosh sabab bo’lgan. Ushbu holat ayniqsa, ichki savdo rivojlanishiga
keng yo’l ochdi. Bu davrda Buxoroning qo’shni davlatlar – Qo’qon va Xiva xonligi,
33
Afg’oniston hamda Rossiya, Eron, Hindiston va Xitoy kabi yirik davlatlar bilan
savdo aloqalari tez sur’atlar bilan rivojlanib borgan. Rossiya-Buxoro savdo
munosabatlarida paxta va undan tayyorlangan mahsulotlar hamda qorako’l teri
ustuvor o’rinni egallagan.
Amir Nasrullohxon davrida Buxoro amirligining ichki va tashqi siyosati
mavzusini tadqiq etib, o’rganib quyidagi xulosalarga kelindi: Birinchidan,
aholining siyosiy-huquqiy tafakkurini yanada boyitish maqsadida, milliy
o‘tmishimizning intellektual boyligiga tayangan holda yosh avlodni vatanparvarlik
va insonparvarlik ruhida tarbiyalashning muayyan mexanizmini ishlab chiqish
hamda amalga oshirish maqsadga muvofiqligi ko’rsatib berildi; Ikkinchidan, amir
Shohmurod tomonidan amalga oshirilgan islohotlardan tarixiy-huquqiy asos sifatida
foydalanish mumkin; Uchinchidan, keyingi davr tarixchilari va sayohatchilarining
Amir Nasrulloh haqidagi fikrlarini umumlashtirib aytadigan bo‘lsak, Nasrulloh
o‘zining barcha potensial raqiblarini qisqa muddat mobaynida yo‘qotgan yohud
ularni Buxorodan badarg‘a qilgan.
Ushbu fikrga e’tiroz bildirish qiyin, biroq, u har kuni Buxoroda 50-100
kishining qonini to‘kkanligi esa mubolag‘adan boshqa narsa emasligi yoritildi;
To’rtinchidan,
Amir Nasrullo hokimiyat tepasiga otasi amir Haydarning o‘limidan
so‘ng olti oy o‘tgandan so‘ng kelgan. U milliy davlatchilik tarixida kuchli, jasur
hamda qattiqqo‘l davlat boshlig‘i sifatida joy oldi; Beshinchidan,
Tarixchi va
sayohatchilarning ma’lumotlariga qaraganda, amir Nasrullo hukmdor sifatida
davlatning ichki va tashqi dushmanlariga haqiqiy zarbani berdi; Oltinchidan,
Amir
Nasrullo tomonidan olib borilgan harbiy-siyosiy islohotlar natijasida davlatning
harbiy qudrati mustahkamlana borgan. Olib borilgan tinimsiz urushlar barobarida
Qo‘qon xonligi (1842y) hamda Shahrisabz (1856y) bekligi egallandi; Yettinchidan,
Amir Nasrullo tashqi siyosat masalasida oldingi davlat boshliqlaridan farqli
ravishda, Markaziy Osiyoning iqtisodiy salohiyatiga talabgor bo‘lgan ikki yirik
davlatlar Rossiya va Angliya bilan ochiq siyosat olib borish dasturini amalga
oshirgan.
XIX asr 30 yillarining boshlarida Buxoro amirligiga Vest-Indiya kompaniya-
sining topshirig‘i bilan kelgan leytenant Aleksandr Berns bilan olib borilgan
muzokaralar asosida Angliya davlati bilan qisqa muddatga bo‘lsada, o‘zaro
hamkorlik munosabatlari o‘rnatildi; Sakkizinchidan,
XIX asrga kelganda, Buxoro
amirligining hududi qariyb 200 ming kvadrat kilometrni tashkil etdi. Uning
chegaralari janubda Amudaryoning so’l qirg’og’idan boshlanib, Sirdaryogacha
cho’zilib, qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Amirlik sharqda Pomir tog’lari,
g’arbda Xiva xonligi chegaralarigacha bo’lgan hududni ishg’ol etdi;
To’qqizinchidan, Amir Nasrulloh o‘z hukmronligi davrida islom shariati
ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilgan. Nasrullohxon jasur va dovyurak kishi
bo‘lganligi bois unga bahodurxon va boturxon unvonlari berildi; O’nincidan,
Amir
Nasrulloh Buxoro taxtiga o‘tirgan yili dunyoga kelgan mashhur tarixchi va davlat
34
arbobi Ahmad Donishning keyinchalik yozishicha, “Amir Nasrulloh vazmin va
qo‘rqmas, qattiqqo‘l va zukko hukmdor edi. U o‘z hukmronligi davrida el va ulusda
fitna chiqarishda nom qozongan, markaziy hokimiyatga qarshi urug‘-qabilalarning
turli isyonlarida qatnashgan yoki ilgarigi amirlarga nisbatan ko‘rnamaklik
qilganlarning barchani jazoladi va yo‘q qildi; O’n birinchidan,
XX asr boshlarida
Buxoroda amirlik tuzumi va mang‘itlar sulolasi hukmronligiga qarshi keng
miqyosdagi kurash, jadidchilik harakati va Yosh buxoroliklar partiyasining faoliyati
natijasida, shuningdek, Rossiyada bolsheviklarning hokimiyat tepasiga kelishi va
sovet Rossiyasining harbiy kuchlari bo‘lgan qizil armiya jangchilari tomonidan
Buxoro shahriga qilingan bosqin oqibatida 1920 yil 2 sentabrda Buxoroda amirlik
tuzumi ag‘darib tashlandi.
35
Do'stlaringiz bilan baham: |