2
I. Kirish
II. Asosiy qism
1. Amir Nasrullohxon shaxsining tarixiy manbalar
va adabiyotlardagi talqini
2. Amir Nasrullohxonning harbiy islohotlari va harbiy yurishlari
3. Nasrullohxon davrida Buxoro amirligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
3
Kirish
Mavzuning dolzarbligi:
Mustaqillik yillarida jamiyatimiz hayotining barcha
sohalarida bo‘lganidek, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy yo‘nalishlarda
ham milliy
o‘zligimizni anglash, davlatchiligimiz tarixining noma’lum sahifalarini qaytadan
o‘rganish,
asossiz
ravishda
unutilgan
davlat
arboblarimiz
hamda
mutafakkirlarimizning boy ilmiy-ijodiy merosini yoritish bilan bog‘liq izlanishlarga
keng yo‘l ochildi. Ta’kidlash joizki, o‘zbek xalqining tarixiy-madaniy merosida
davlat va huquq masalalariga bag‘ishlangan asarlar salmoqli o‘rinni egallaydi.
Ushbu merosni o‘rganish, ilmiy tahlil qilish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan
biridir.
Bu masalada birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shunday deb ta’kidlaydi:
“Xalqning juda
boy tarixi va madaniyatini, o’lkaning o’ziga xos noyob
xususiyatlarini bilmagan va bilishni ham istamagan bu odamlar respublika hayotini
bosib-yanchib, qing’ir o’zanga solishga kirishdilar”
1
. Darhaqiqat, bugungi
kunga
kelib, o‘zbek milliy davlatchiligi tarixini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tadqiq
etish dolzarb vazifalardan biriga aylanmoqda. Respublikamiz birinchi Prezidenti
I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda: “O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi.
Isbottalab bo‘lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi zarur”
2
.
O‘zbekiston davlatchiligi boy tarixga ega bo‘lib, uning uzoq davrlar davomida
tarkib topgan nazariy
tajribalarini zamonaviy, demokratik qadriyatlar bilan
uyg‘unlashtirish va jamiyatimiz turmushida ulardan yanada kengroq va samaraliroq
foydalanish hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biridir. Shu bois, xalqimizning boy
ilmiy-ma’naviy merosini, xususan milliy davlatchiligimiz tarixida o‘ziga xos davr
hisoblangan Amir Nasrullohxonning Buxoro amirligi ichki va tashqi siyosatida
tutgan o’rnini o’rganishni milliy istiqlol mafkurasi talablaridan kelib chiqqan holda
o‘rganishga, hozirgi kunda O‘zbekiston tarixi fani
oldida turgan eng muhim
masalalaridan biri sifatida qaralmoqda.
Shu bois, Buxoro amirligi tashkil topishi davridagi ijtimoiy – siyosiy shart-
sharoitlar, Buxoro amirligining shakllanish va rivojlanish bosqichlari, Buxoro
amirligi markaziy va mahalliy boshqaruv amirlikda amalga oshirilgan tashqi siyosiy
va
diplomatik munosabatlar, Amir Nasrulloning harbiy, boshqaruv,
diplomatik
aloqalari va uning o‘ziga xos xususiyatlari, manbalarga tayangan holda muayyan
darajada tadqiq etishga harakat qilindi.