Andijon davlat universiteti nemis tili va adabiyoti kafedrasi



Download 256,46 Kb.
bet20/23
Sana22.09.2021
Hajmi256,46 Kb.
#181685
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
kasb-hunar kollejlarida maxsus atamalarni oqitish muammolari

Javoblar baholanadi.

Hulosalash:Heute haben wir Trikostoff gelernt,und jetz kennen wir die Strickmashinen,Trikowaren,Trikostoffarten.

Uyga vazifa:Machen Sie Reschersche mit Trikowaren.Danke für ihre aktive Tätigkeit,die Stunde ist aus Auefwiedersehen.

Kasb – hunar kollejlarda chet tilini o’qitish o’z maqsadlariga ega. Biz buni oldindan anglab olishimiz kerak. Bu maqsadni bilish chet tili o’qitish metodikasiga ta’sir qiladi va shu bilan bir qatorda maxsus lug’atlar sifatiga xam katta ta’sir qiladi.

Demak, asosiy manba xozirgi darsliklarda xam matnlardir. Ular asosidanemis tilini boshqa tomonlari xam teng olib boradilar. Xozirgi darsliklarni 2 tomonini ko’rishimiz mumkin; qiyin va oson tomonlarini.

Qiyin tomoni leksikani ko’p berilishi, grammatikani og’ir joydan boshlanishi talabaga qiyinlik qilishi.

Afzallik tomoni shu leksika, grammatikani rasmlar va sxemalar, turli ro’llarda berilishi.

Bu mashqlarda og’zaki nutqni, tinglab tushunishga ko’proq e’tibor berilgan. Yozma nutqni rivojlantirish o’quvchining o’ziga xavola etilgan. Ko’plab mashqlar o’quvchining hikoya qilish, so’zlab berish qobilyatini rivojlantirishga mo’ljallangan.

Tizim sifatida olingan mashq turlariga qisman mos keladi, ya’ni:

1) Gapirishni o’rgatadigan:

2) Tinglab tushunishni o’rgatadigan;

3) O’qishni o’rgatadigan;

4) Yozishni o’rgatadigan mashqlar.

Aytib o’tish kerakki, monologik, diologik mashqni o’rgatuvchi mashqlar xam mavjud. .

Kasb – hunar kollejlari oldida turgan vazifalarga qarab hususan o’quvchilarning axborot berishiga, suxbat olib borishiga va badiy ilmiy – ommabop xamda ijtimoiy siyosiy adabiyotlardan bo’lmagan matnlarni to’la tushungan xolda o’qitishni o’rgatish vazifasiga qarab belgilanadi.

Matnlar mashqlar bilan bir katorda darsliklarning asosiy mazmunini tashkil qiladi. Matn deganda bir mavzu yoki bir syujet mazmuni bilan birlashtirilgan, ravon o’qiladigan hikoyani tushunamiz. Matnlarda ko’zda tutilgan maqsadlardan biri o’quvchilarni nutq modelini yodlashga o’rgatishdan iboratdir.

Matnlar talabalarni o’qishga o’rgatish, tinglab tushunish, yangi so’zlarni o’rganish, tarjima qilish gap tarkibida qo’llanilishini o’rgatish maqsadida tanlanadi.

1- 2- 3 bosqichlar uchun mo’ljallangan darsliklar o’g’zaki nutq ko’nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Masalan: dialoglar, monologlar, ko’proq multimedia larni tasvirlash matnlari bular ko’proq yangi leksika orqali talabalarni og’zaki nutqini, gapirish qobilyatini oshiradi Kasb – hunar kollejlari darsliglarida ko’proq maktub shaklida hikoyalar berilganki, ular orqali talabalar kerakli mavzuga oid ma’lumotlarni oladi.



XULOSA

1. Mustaqillik sharofati bilan Respublikamizda chet tillarni o’rganishga va o’qitishga bo’lgan talab tobora ortib bormoqda. Zeroki bugungi kunda jaxondagi taraqqiy etgan davlatlar qatoridan o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatimizning bundan keyingi ravnaqi va taraqiyoti uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan xamjixatlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan halqimiz uchun chet tillarni mukammal bilishning axamiyati bexad katta. Ma’lumki, ta’lim to’g’risidagi Qonunda chet tillarni o’qitishning yangi texnologiyasini ishlab chiqishga, intensivlashtirilgan usullardan foydalanishga, namunali, davr talabiga javob beradigan darsliklar, qo’llanmalar va lug’atlar yaratishga aloxida e’tibor berilgan. Chunki o’quvchi yoshlarga chet tillarini o’rgatmay turib, ularni rivojlangan davlatlarga o’qishga yuborish va o’sha davlatlar yutug’idan baxramand bo’lish, jaxon andozasiga mos keladigan yetuk mutahassislar yetkazib chiqarish mumkin emas.

2. Kasb – hunar kollejlarda chet tilini o’qitish o’z maqsadlariga ega. Biz buni oldindan anglab olishimiz kerak. Bu maqsadni bilish chet tili o’qitish metodikasiga ta’sir qiladi va shu bilan bir qatorda darslik tuzilishiga xam katta ta’sir qiladi. Masalan: agar xozirgi dasrliklar bilan mustaqillikdan oldingi darsliklarni olib qarasak, ular orasida ancha farq bo misolida ko’rishimiz mumkin. U ancha murakkabroq tuzilgan. Bu murakkabliklar uni leksika, grammatika sathlarida ko’rinadi.

3. Darslikdan kutilgan samarani oshirish masalasi munosabati bilan ko’pincha turli muammolar paydo bo’ladi.

4. Yuqori bosqich darsliklarida illyustratsiya bilimni ortirish va umumta’lim vazifasini o’taydi. Bunda tili u o’raganayotgan mamlakatning shaxarlari, landshafti va kishilarning turmushini ifoda etuvchi fotolardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

5. Darslikni tuzatishda uning mazmuni, undagi matnlar va mashqlar nisbati va izchillgi darslikning metodik tuzilishi, bezatilishi va darslikga berilgan ilovalar maqsadga muvofiq bo’lishi kerak. Darslikga nimalarni kiritish zarurligi xaqida turli xil fikrlar va mulohazalar mavjud.

6. Avvalo darslik kimga mo’ljallanganligi aniqlangan xolda baxolanishi kerak. Kasb – hunar kollej o’quvchilari uchun mo’ljallangan darslik qanday bo’lishi kerak. Darslikning mazmuni ma’lum darajada Kasb – hunar kollejlari oldida turgan vazifalarga qarab hususan o’quvchilarning axborot berishiga, suxbat olib borishiga va badiy ilmiy – ommabop xamda ijtimoiy siyosiy adabiyotlardan bo’lmagan matnlarni to’la tushungan xolda o’qitishni o’rgatish vazifasiga qarab belgilanadi.

7. Kasb – hunar kollejlari chet tili darsliklarining hammasida lug’atlar mavjuddir. Lug’atlarning ko’pchiligi o’rganilgan so’zlar va ba’zi so’z birikmalarini ichiga olgan chet tili, ona tili. Masalan:nemischa – o’zbekcha lug’atlardir. Xozirgi vaqtda darslik tizuvchilarning ko’pchiligi Kasb – hunar kollejlari darsliklarida birgina chet tili – ona tili lug’ati berilishining o’zi etarli deb o’ylaydilar.Yuqorida aytib o’tilgan fikrlarga misol qilib,2002 yili ilk bor davlat tilida chop etilgan M.M.Muqimovning « Trikotaj tehnologiyasi »darsligini olishimiz mumkin.Muallif ushbu darslikni yaratishda barcha to’qimachilik atamalarini o’zbek tilidagi variantini qo’llashga harakat qilgan.





Download 256,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish