Andijon davlat universiteti mirzakarimov h. Kurash turlari va uni o



Download 0,68 Mb.
bet18/25
Sana09.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#764483
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
KURASH TURLARI VA UNI O‘QITISH

Uslubiy tayyorgargarlik: kurashchilar va murabbiylarni kurash
mashg‘ulotlari hamda musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha nazariy va amaliy bilim malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan bo‘ladi.
Kurashchilar uslubiy tayyorgarlik jarayonlarida kurash mashqlarining maqsad va vazifalari, ularni bajarish va o‘rganishga qo‘yiladigan uslubiy talablar o‘rgatib boriladi. Kurash harakatlari malaka va ko‘nikmalarini to‘g‘ri shakllantirish, kurash mashqlarni bajarishda uslubiy tavsiyalarning ahamiyati tahlil etiladi.
Kurashchilarining jismoniy fazilatlarini rivojlantirish kurash harakatlari texnikasi va taktikasini shakllantirishda uslubiy tayyorgarliklar, mashqlar va harakatlarni to‘g‘ri va sifatli bajarish, jismoniy yuklamalar me’yorini va ta’sirini to‘g‘ri tashkil etish, usullarni egallashda jismoniy tayyorgarlik va qobiliyatlar hamda shaxsiy xususiyatlarni e’tiborga olishni tashkil etadi.
Kurash murabbiylarining kasbiy faoliyatida ham uslubiy tayyorgarlik muhim ahamiyatga ega bo‘lib hisoblanadi. Kurash zallari va kurash gilamlari va tatamilarga qo‘yiladigan texnik va gigienik talablarni bilish, kurashchilar bilan mashg‘ulotlar tashkil etishda, kurash harakatlari texnika va taktikasini egallashda uslubiy tavsiyalar va ko‘rsatmalar bo‘yicha malaka va tajribalarga ega bo‘lish talab etiladi. SHu bilan birga kurash musobaqalarini tashkil etish, kurash bellashuvlarida har hil vazifadagi hakamlarning faoliyatini bilish va olib bora olish, kurash musobaqalari me’yoriy hujjatlari bilan ishlay bilish bo‘yicha malaka va ko‘nikmalar uslubiy tayyorgarlik jarayonlarida olib boriladi.
Kurashchining ruhiy tayyorgarligining asosiy shkllari: kurashchining ruhiy tayyorgarligi uning ma’naviy - iroda tayyorgarligi hisoblanib, kurash sporti faoliyati sharoitiga moslab amalga oshiriladigan axloqiy tarbiya, irodani tarbiyalash jarayonidir. Ma’naviy - iroda tayyorgarligi jarayonida hal etiladigan vazifalar, kurash faoliyatida ahloqiy sifatlarni takomillashtirib borishdan iborat. Vatanparvarlik tuyg‘ulari, jamoa nufuzini himoya qilish, Vatan shuhratini dunyoga taratish, insoniy sifatlarni takomillashtirish, g‘alaba yo‘lida barcha imkoniyatlardan keng foydalana olish sifatlarini takomillashtirish ma’naviy iroda tayyorgarligini asosini tashkil etadi. SHu bilan birga ma’naviy iroda tayyorgarligida kurashchilar shaxs xususiyatlari shakllanadi. Bu xarakter mehnatsevarlik, g‘alabaga astoydil intilish, sportchi etikasi, ruhiy iroda, sport g‘ururi kabi ahloqiy sifatlarni aks ettiradi.
Kurash sporti ruhiy - iroda sifatlarini to‘la namoyon etishni talab etadigan mardonavor, ko‘pincha, hatto beshafqat faoliyat turidir. Kuchli iroda, maqsad sari intilish, tashabbus, talabchanlik, qat’iylik va jasurlik, chidamlilik va o‘z-o‘zini boshqarish sifatlarini tarbiyalash ruhiy iroda tayyorgarligini ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Kurashning barcha turida ahloqiy sifatlar va ma’naviy tayyorgarlik bir xilda bo‘lishi kerak. CHunki har bir kurashchida mustahkam ruhiy iroda tayyorgarligi talab etiladi. Iroda fazilatlari namoyon bo‘lishi sport jarayonlarining konkret sharoitlariga bog‘liq bo‘lib irodaning turli tomonlarini namoyon bo‘lishini amalga oshiradi. Bu bilan umumiy va maxsus iroda tayyorgarligini bir-biridan farq qilinadi.
Iroda tayyorgarligi jarayonida bajariladigan maxsus vazifalarning eng muhimlaridan biri - bevosita musobaqa uchun beriladigan ko‘rsatmalarni maqsadga muvofiq ravishda shakllantirish, musobaqalar davomida paydo bo‘ladigan salbiy xissiyotlarni engib o‘tish va kurashchilar ruhiy holatini boshqarish imkoniyatini ta’minlashdir. Kurash turlarida ma’naviy iroda tayyorgarligi ahloqiy tarbiyaning umumiy tamoyillariga muvofiq bo‘lib, ahloqiy tarbiya vosita uslublaridan foydalangan holda tashkil etiladi. Kurash mashg‘uloti kurashchida iroda va xarakterni tarbiyalashda asosiy omil bo‘ladi. Qat’iy kun tartibiga rioya qilish, og‘ir jismoniy yuklamalarga bardosh berish, salbiy his - tuyg‘ularni engib o‘tish, mashg‘ulot va musobaqalar jarayonida ichki va tashqi qiyinchiliklarni engish sportchini irodaviy sifatlarni tarbiyalash va sport xarakterini shakllantirishning omili bo‘ladi. Kurash mashg‘uloti faoliyatidagi sharoit ham ongli intizomni, do‘stlik, jamoatchilik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik va boshqa axloqiy his-tuyg‘ular va sifatlarni tarbiyalash uchun g‘oyat katta imkoniyatlar yaratadi.
Kurash mashg‘ulotlari yoshlarni jismoniy fazilatlari bilan bir qatorda shaxsiy axloqiy sifatlarini tarbiyalashga va shakllantirishga qaratilgan bo‘ladi. Bu jarayonlarda shug‘ullanuvchilaming asosiy maqsadi jismoniy barkamollikka erishish bilan, ma’naviy etuk shaxsni tarbiyalashni amalga oshirishdir. Albatta bunday maqsadga erishish uchun kurashchilar muntazam sport tayyorgarlik mashg‘ulotlarida ishtirok etishlari hamda jismoniy yuklamalar ta’sirlarini ortirib borishlari talab etiladi. Mashg‘ulotlarning samaradorligi jismoniy fazilatlarni rivojlanishi, jismoniy harakat malaka va ko‘nikmalarini takomillashuvi hamda sport mahoratlarini ortishi bilan kuzatiladi. Jismoniy tarbiya va kurash mashg‘ulotlarining psixologik asoslari deyarli bir hil bo‘lsada, yuqori malakali kurashchilar tayyorlashda psixologik tarbiyaning ahamiyati muhim bo‘lib hisoblanadi.
Kurash faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari shuki, shaxsni jismoniy barkamol va ma’naviy etuk inson qilib tarbiyalashda ta’lim va tarbiya jarayonlarining umumiy va xususiy maqsadlarini o‘zaro muvofiqlikda bo‘lishidir:

  • Kurash mashg‘uloti shug‘ullanuvchilar maxsus sifatlarini rivojlantirishga, jismoniy imkoniyatlarini takomillashtirishga qaratilgan bo‘ladi.

  • Kurash mashg‘uloti maqsadi kurash turlarida yuqori natijalarga erishish.

  • Kurash mashg‘uloti muntazam shug‘uhanishni talab etadi, sport tayyorgarlik natijalari bellashuvlar va musobaqalarda baholanadi.

  • Kurash mashg‘uloti shug‘ullanuvchilardan musobaqalar va sport

mashg‘ulotlarida yuqori darajada va og‘ir jismoniy hamda ruhiy yuklamalar bajarishni talab etadi.
Ruhiy tayyorgarlik darajasi kurashchilami shaxs tuzilishiga va harakterlariga muvofiq mashg‘ulotlar davomida yondoshish, har bir kurashchining shaxs belgilarini xisobga olish, ularni har qanday sharoitda rag‘batlantirish va tarbiyalash ishlarini amalga oshirishda aks etadi.
Ahloqiy iroda va ma’naviy tayyorgarlikda ustozga, jamoaga xamda raqibga sport jixozlari va kurash maydonlari, kiyimlarga hurmat ehtiromga o‘rgatiladi. Musobaqa va trenirovka jarayonlarida o‘zini tutish yoshlarga izzatda, kattalarga hurmatda bo‘lish o‘rgatiladi. Ahloqiy, ma’naviy va iroda tayyorgarlikda kurashchilarga xos bo‘lgan sifatlar o‘zini, raqibini, jamoadoshlarini, ustozini xurmat qilish trenirovka jarayonlari va musobaqalarda o‘zini tuta bilish, bellashuvlarda qo‘rqmaslik, xushyorlik, chidamlilik namoyon etish Vatanni, halqni, oilani, qo‘llab bellashish nazarda tutiladi.
YOsh kurashchilar sport tayyorgarligini amalga oshirishda ularni yosh, jismoniy rivojlanish xususiyatlari, organizmi holati, ruhiy hamda shaxsiy xususiyatlari va dunyoqarashlari hisobga olgan holda jismoniy yuklamalarni me’yorlab berishga e’tibor qaratish kerak.
Kurashchining ruhiy holatini boshqarish eng murakkab hisoblanadi. Jismoniy va texnik tayyorgarliklari bir xil bo‘lgan kurashchilar bir - biridan fikrlash, sezish, kuzatish xissiyotlari bilan farq qilishadi, shuning bilan birga shu jarayonlarni boshqarishga o‘rganish zarur. Kurashchini musobaqalarga ruhiy tayyorlash oldinroq boshlanadi. Eng avvalo musobaqaning ahamiyati aniqlanadi. Musobaqa boshlanishida kurashchi hayajonlanadi. Bu - “start oldi holat” bo‘lib, ruhiy holat o‘zgaradi va organizmda vegetativ o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Start oldi holati kurashchining malakasiga, o‘z kuchiga ishonish darajasiga, musobaqagacha bo‘lgan vaqtga, kurashchining nerv faoliyatining xususiyatiga, tayyorgarligiga, uning uyushqoqligi va o‘zaro moslashuviga bog‘liq bo‘ladi. Ruhiy tayyorlashda kurashchining o‘z kuchiga ortiqcha ishonishi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ruhiy tayyorgarlik qat’iy individuallashtirilgan bo‘lishi kerak.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish