Ruhiy tayyorgarlikni takomillashtirish samarasi bellashuv jaryonlarida kurashchilarni o‘zlarini tuta bilishi, hamda iroda sifatlarini namoyon qilishi musobaqalar natijalariga ta’sirini ko‘rsatadi. Ruhiy tayyorgarliklar mustaqil iroda tayyorgarliklari va maxsus ruhiy tayyorgarlik shakllarida bo‘ladi. Iroda
tayyorgarliklari maqsadga intiluvchanlik, qafiyatlilik, shijoatlilik, dovyuraklik, bardoshlik, mustaqillik, o‘zini boshqara olish va peshqadamlik sifatlarni tarbiyalash bilan amalga oshiriladi.
Kurashchilar maxsus ruhiy tayyorgarligida musobaqalar jarayonlaridagi ruhiy zo‘riqishlarga bardoshlik, markaziy asab faoliyatiga mashg‘ulotlar va musobaqalarda ta’sir etuvchi qo‘zg‘otuvchilarni to‘g‘ri baholay bilish, harakatlarni bajarishda ruhiy hayajonlarni boshqarish, harakatlar va sharoitlar haqidagi axborotlarni tez o‘zlashtirish va to‘g‘ri qaror qabul qilish, makon va zamon shartlarini to‘g‘ri belgilash, ulardan samarali foydalanish, bajariladigan haraktlarni oldindan rejalashtirish va bajarishda ikkilanmaslik sifatlarini takomillashtirish muhim hisoblanadi.
Kurashchilar ruhiy tayyorgarliklari sport turlariga muvofiq tashkil etilish kerak. Ruhiy tayyorgarlik shakllari va ruhiy holatlarni takomillashtirish har bir kurash turlarida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Kurash bilan muntazam shug‘ullanish yoshlar jismoniy rivojlanishiga va organizm funksional imkoniyatlarini takomillashuviga katta yordam beradi. Jismoniy fazilatlar kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik va egiluvchanlik sifatlari rivojlanishi, ko‘rkam qad qomatni shakllanishi ta’minlanadi. Bu ko‘rsatkichlar kurashchilarni musobaqalarda erishayotgan muvaffaqiyatlarida aks etadi.
SHu bilan birga kurash mashg‘ulotlari, musobaqalar va bellashuvlar kurashchilarning ruhiy axloqiy sifatlarini shakllanishi, shaxs xususiyatlarini takomillashuvini ta’minlaydi. Kurash turlari kurashchilarda tashkilotchilik, mustahkam iroda, peshqadamlik, jamoadoshlik kabi axloqiy sifatlarni bir umrga shakllanishiga yordam beradi. Kurash mashqlari ayni bir jismoniy fazilatni va axloqiy sifatni tarbiyalashga asos bo‘lishi ham mumkin.
Kurash mashg‘ulotlari barcha jismoniy fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan sport turlaridan hisoblanadi. Zamonaviy fan insonni sport sohasidagi yutuqlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha ko‘plab izlanishlar olib bormoqda. YOsh kurashchini yuqori malakali sportchi bo‘lguniga qadar bajariladiga vazifalar tahlil etilmoqda. Kurash turiga yoshlami saralash, ular bilan mashg‘ulotlarni tashkil etish, sport mahoratlarni takomillashtirish vosita va uslublari ishlab chiqilmoqda.
Kurashchilar umumiy va maxsus sport tayyorgarliklarini
tashkil etish
Kurash turlarida kurashchilar tayyorgarlik shakllari umumiy va maxsus sport tayyorgarliklardan iborat bo‘ladi. Kurashchilarning umumiy tayyorgarlik shakllariga kurash usullari bo‘yicha nazariy va uslubiy tayyorgarliklar, ruhiy tayyorgarliklarni kiritish mumkin. Kurashchilarninig maxsus sport tayyorgarliklari esa texnik va taktik hamda jismoniy tayyorgarliklardan iborat bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |