Andijon davlat universiteti mirzakarimov h. Kurash turlari va uni o



Download 0,68 Mb.
bet17/25
Sana09.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#764483
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
KURASH TURLARI VA UNI O‘QITISH

Nazariy tayyorgarlik. Kurashchilarning nazariy tayyorgarliklari milliy va sport kurashi tarixi, kurash trenirovkasi, kurashchilarning jiismoniy tayyorgarliklarini tibbiy nazorat qilish, kurash mashg‘ulotlari qolaversa jismoniy tarb’iya va sportga oid umumiy va maxsus bilimlarni ortirish va rivojlantirishdan iborat bo‘ladi.
Sport mashg‘ulotlari davomida nazariy ma’lumotlar sifatida kurash mashqlarini bajarish texnikasi va taktikasi, jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, kurash harakatlari malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirish, kurash bilan shug‘ullanishda jarohatlanishni oldini olish kabi ko‘rsatmalar berib boriladi. SHu bilan birga kurashchilarda mashg‘ulotlarga qiziqishlarini ortirish uchun kurash mashqlarni organizmga jismoniy rivojlantirish ta’siri va sog‘lom bo‘lish uchun tabiat omillaridan foydalanish usullari hamda mashxur sportchilar hayoti xaqida ma’lumotlar berib boriladi.
Mashg‘ulotlarda kurashning jismoniy tarbiya va sport tizimida tutgan o‘rni hamda kurash mashg‘ulotlarning maqsadi va vazifasi o‘rganiladi. SHuningdek kurash mashqlarining organizmni sog‘lomlashtirishdagi ijobiy ta’siri, sog‘lom turmush tarzi, jismoniy mashqlar va kurash sporti bilan mustaqil shug‘ullanish, tabiat omillari - quyosh, havo va suv muolajalari yordamida chiniqish, jismoniy fazlatlarini rivojlantirish va takomillashtirish tavsiyalari berib boriladi. Tamaki maxsulotlari chekish, al’kogol ichimliklar iste’mol qilish, noto‘g‘ri ovqatlanish, semirib ketish, kam harakatlik kabi organizmga salbiy ta’sir etuvchi omillami bartaraf etish talablari keng ta’riflanadi.
Kurash sporti bilan shug‘ullanishda shaxsiy gigena talablari bo‘lgan sport kiyimlari, sport jixozlarini toza va saranjom tutish, tanani parvarish qilish, og‘iz bo‘shlig‘ini toza tutish, dam olish, yashash, mashg‘ulot joylarini gigenik talablariga javob berishlarini tashkil etish, kurash zallarini ichimlik suvi, issiq suv va toza havo bilan taminlanishi, yoritilishini nazorat qilish masalalari ham nazariy bilimlarda berib boriladi.
YOshlar bilan tashkil etiladigan kurash va jismoniy tarbiya tadbirlari maqsadi, vazifalari hamda ularning shakllari, mashg‘ulotlarni tashkil etish uslublari ham tahlil etiladi. Kurash turlari qonun qoidalari, sport turlari va jismoniy mashqlarga o‘rgatish texnikasi va taktikasi, umumiy va maxsus jismoniy fazilatlarni rivojlantirish hamda sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etish, bolalarni sport turlariga jalb etish hamda saralash va ular bilan mashg‘ulotlar tashkil etish ham nazariy tayyorgarlik mashg‘ulotlarda o‘rgatiladi. Jismoniy mashqlar va kurash bilan mustaqil shug‘ullanishda jarohatlanishni oldini olish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari, organizmning funksiyalarini jismoniy tarbiya ta’sirida rivojlanishi hamda jismoniy rivojlanishni tibbiy nazorat qilish shartlari bilish ham kurashchilarning nazariy tayyorgarlik saviyasi bo‘lib hisoblanadi.
Nazariy tayyorgarlik kurashchini har tomonlama uyg‘un rivojlantirishi bilan bir qatorda sport mashg‘ulotlari bilan ongli va muvaffaqiyatli shug‘ullanishni tashkil etadi. Kurashchining nazariy tayyorgarligi asosan aqliy ma’lumot olish va mustaqil mutolaaga xarakterli bo‘lgan shakllarda olib boriladi. Nazariy tayyorgarlik bevosita kurash trenirovkalarida texnik, taktik, ma’naviy iroda va jismoniy tayyorgarliklar bilan birgalikda amaliy mashg‘ulotlarning bir ko‘rinishi sifatida bo‘ladi. Nazariy tayyorgarlik kurash bilan shug‘ullanishning zamonaviy uslublarini tahlil qilish imkonini beradi.
Kurashchilarning nazariy tayyorgarliklari mashg‘ulotlar, o‘quv yig‘inlari va musobaqalar jarayonlarida olib borilishi bilan birga mustaqil tashkil etilishi ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kurashchilar jismoniy tarbiya va sport hamda kurash turlariga oid nazariy bilimlarini muntazam rivojlantirib, ortirib borish talab etiladi. Bunda kurashchilar ommaviy axborot vositalari bilan bir qatorda adabiyotlar, darsliklar va ilmiy, uslubiy va o‘quv qodlanmalarni mutolaa qilish bilan tashkil etilishi mumkin. SHuningdek hozirgi kunda nazariy ma’lumotlarni o‘rganishda internet materiallaridan foydalanish keng ommmaviylashib bormoqda. Internet materiallarida dunyo bo‘yicha jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha qolaversa kurash sporti turlari bo‘yicha so‘ngi ma’lumotlarga hamda qiziqarlish va foydalari axborotlarga ega bo‘lish mumkin.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish