Bog'liq Kurash turlari va ularning rivojlanishi hamda
Kurashchilarining jismoniy tayyorgarliklarini tashkil etish: Sport tayyorgarligi sport turi bo‘yicha harakatlar texnikasi va taktikasini mukammal
egallash xamda jismoniy fazilatlarni barkamol bo‘lishidir. Kurashchilami tayyorlashning dastlabki bosqichlarida texnik va jismoniy tayyorgarlikni amalga oshirish bo‘ladi. Kurashchilarning jismoniy fazilatlarni rivojlantirish ularni kurash xarakatlar texnikasini mukammal o‘rganishga yordam beradi.
Kurashchini jismoniy tayyorgarligi sport faoliyati uchun zarur bo‘lgan jismoniy fazilatlarni, qobiliyatlarni tarbiyalashdir Jismoniy tayyorgarlik organizmni umumiy jismoniy rivojlanishi, mustahkamlanishi va chiniqishi bilan bog‘liqliqdir. Jismoniy tayyorgarlik ham umumiy va maxsus bo‘ladi. Kurashchini maxsus jismoniy tayyorgarligi sportning o‘ziga xos talablariga javob bera oladigan jismoniy qobiliyatni tarbiyalash jarayonidan iboratdir. Kurashchini umumiy jismoniy tayyorgarligi sport turi uchun xos bo‘lmagan lekin sportda muvafaqqiyatga erishish uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash xisoblanadi.
Kurash turlarida muvaffaqiyatga erishish shu sport turiga xos bo‘lgan jismoniy qobiliyatlarni takomillashtirishni emas, balki barcha jismoniy fazilatlarni rivojlantirishni talab etadi. SHuning uchun umumiy va maxsus tayyorgarlik muvofiqlikda tashkil etilganda sportchining jismoniy takomillashuvi amalga oshadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik maxsus tayyorgarlik uchun zamin yaratib kurash sportiga muvofiq bo‘lgan harakat sifatlarini rivojlantirib boradi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik kurash turi ixtisoslashuviga bog‘liq bo‘ladi. SHunga qaramay umumiy jismoniy tayyorgarlik barcha kurash turlarida deyarli o‘xshash bo‘ladi. Buning sababi hamma kurash turlarida jismoniy fazilatlarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Umumiy jismoniy tayyorgarlik kurash turi jismoniy tayyorgarligini ta’minlash bilan birga jismoniy rivojlantirish masalalarini ham hal etadi. Bu esa yoshlarni jismoniy rivojlanishlarini test sinovlari va nazorat me’yorlari orqali o‘rganish imkoniyatini beradi.
Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik jarayonida kurash mashqlar va tabiat omillari hamda gigienik talablardan foydalaniladi. Bunda maxsus jismoniy mashqlar asosiy o‘rin tutadi. CHiniqish muolajalari va gigienik sharoitlar trenirovka mashg‘ulotlari jarayonida keng qo‘llaniladi. Bu omillar va qoidalarning sport faoliyatidagi ahamiyati trenirovka jarayonlari murakkablashib, jismoniy yuklamalar ortib borishi bilan muvofiq ravishda o‘zgaradi.
Kurashchilar jismoniy fazilatlarni rivojlantirish xujum va ximoya taktik xarakatlarini mukammal egallashga ham asos bo‘ladi. Jismoniy fazilatlarni kurashchilarga xos bo‘lgan jihatlarni rivojlantirish maqsadga muvofiq xisoblanadi. Kuch va egiluvchanlik kurashchilarga xos bo‘lgan jismoniy sifatlar xisoblanadi.
SHunga qaramay chidamlilik, tezkorlik va chaqqonlik fazilatlari ham kurashchilar uchun zaruriy bo‘lib xisoblanadi. Kurashchilarning jismoniy tayyorgarliklari ularning jismoniy fazilatlari bo‘lgan kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik va egiluvchanlik sifatlarini rivojlantirish xisoblanadi. Kurashchilarga xos bo‘lgan jismoniy fazilatlar, asosan kurashchining sust bo‘lgan jismoniy sifati takomillashtirilib boriladi. Jismoniy tayyorgarlik trenajyorlar, rezina espanderlar, og‘ir buyumlar va raqiblar qarshiligida bajariladi.
Kurash usullarida jismoniy fazilatlar raqibining qarshiligi bilan mashqlar va har hil qo‘lbola jihozlar dan keng foydalanish mumkin. Jismoniy fazilatlarni rivojlantirish mashg‘ulotlari toza havoda tashkil etilishi katta samaralar beradi. Jismoniy fazilatlar kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik va egiluvchanlik maxsus jismoniy tayyorgarlik jarayonida takomillashtirib boriladi. Bu bilan har qanday holatda ham kurash harakatlarini amalga oshirish imkoniyatlari kengayib boradi.
Kurashchilarning jismoniy fazilatlarni rivojlantirishda asosiy texnik harakatlarni mukammal o‘rganish kurash taktikasini egallashda yordam bo‘lishi maqsad qilib olinadi. Jismoniy fazilatlardan kuch, egiluvchanlik sifatlari trenajerlarda, rezina espanderlar bilan, og‘irliklar bilan, sherigining vazni va qarshiliklari yordamida rivojlantilishi mumkin.
SHuningdek tezkorlik, chaqqonlik va chidamlilik fazilatlari qisqa masofalarga tezkor yugurishlar, uzoq masofalarga yurish, yugurishlar, sport o‘yinlari va jihozlardagi mashqlar bilan rivojlantirib boriladi. Kurashchilar maxsus jismoniy fazilatlari kurash mashqlarini bajarish bilan taomillashtirib boriladi. Kurashchilar kuch sifatlarini rivojlantirish uchun og‘ir vaznli kurashchilarni uloqtirish mashqlarini bajarish hamda og‘ir vaznli kurashchilar bilan bellashish mashqlari foydalaniladi. Kurashchilar tezkorlik sifatini rivojlantirishda kichik vaznli kurashchilar bilan bellashish hamda kichik vaznli kurashchi bilan vaqtga va tez uloqtirish mashqlari bajariladi. Kurashchilar chidamliligini tarbiyalashda uzoq davom etuvchi kurash bellashuvlari tashkil etilishi mumkin.
Kurashchilar egiluvchanligini rivojlantirishda esa akrobatika va gimnastika mashqlaridan keng foydalaniladi. Bunday mashqlar sifatida, ko‘prik turish, sal’to, rastyashka va shpagat o‘tirish harakatlaridan foydalanish mumkin. CHaqqonlikni rivojlantirishda har hil tezlikda va har hil shakldagi uloqtirish mashqlarini bajarish bilan birga kurashga xos bo‘lgan harakatli o‘yinlardan keng foydalanish mumkin. CHaqqonlikni rivojlantirishda harakatlarni boshqara olish va muvozanat saqlay olish qobiliyatlarini tarbiyalashga katta e’tibor beriladi.