Kurashchilarning texnik va taktik maxoratlarini ortirish: Milliy kurash turlari bo‘yicha yuksak natijalarga erishish kurashchilarning sport tayyorgarlik mashg‘ulotlari texnik, taktik va jismoniy tayyorgarlik jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish evaziga ta’minlanadi. Kurashchining texnik tayyorgarligi kurash vositasi yoki trenirovka vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi xarakat va faoliyat texnikasini o‘rganishga aytiladi. Maxsus texnik tayyorgarlik jarayonida kurash texnikasini o‘rganadi va kurash bo‘yicha ixtisoslashishga aloqador harakatlarning
qonuniyatlarini bilib oladi, zaruriy harakat malaka va ko‘nikmalarini o‘zlashtirib takomillashtirib boradi. Texnik tayyorgarlik kurashchilar umumiy jismoniy tayyorgarligini, jismoniy mashqlar texnikasi sohasidagi bilimini muntazam kengaytirish, kurash musobaqalarida undan keng foydalanish hamda takomillashtirish mahoratiga erishish. Texnik tayyorgarlikda kurashchilarning asosiy texnik xarakatlari,
turishlar, ushlash usullari xamda siljishlar, uloqtirishlar, bosishlar, qayrishlar,
surishlar, og‘riq berishlar va bo‘g‘ishlar o‘rgatiladi.
Kurashchining taktik tayyorgarligi texnik tayyorgarlik bilan chambarchas birgalikda olib boriladi. Taktik tayyorgarlik ularni qo‘llash san’atiga o‘rgatadi. Kurash taktikasi bellashish mahorati deb ta’riflash ham mumkin. Kurash taktikasi, kurashchining imkoniyatlarini, raqibining xususiyatlarini hamda musobaqa shart - sharoitlarini hisobga olgan holda musobaqalarda maqsadga muvofiq qatnashishdir. Kurashda taktika mukammal va o‘zgaruvchan hamda kengroq natijalarni o‘z ichiga olgan bo‘ladi. Hamma sharoitlar va tayyorgarlik uslublari bir xil bo‘lgan holda taktik tayyorgarlik g‘alabani hal qiluvchi omil bo‘ladi. Kurashchining taktik tayyorgarligida kurash taktikasi nazariy asoslarini o‘zlashtmsh, raqiblar imkoniyati va musobaqalar shart-sharoitlarini o‘rganish, taktik usul, kombinasiyalarni taktik
mahorat darajasigacha egallash, taktik mahoratga erishish uchun tafakkur, ruhiy va ma’naviy iroda tayyorgarligi ham muhim rol o‘ynaydi. Taktik tafakkurni tarbiyalash kurashchida jismoniy va texnik tayyorgarlik natijalarini musobaqa sharoitlaridan kelib chiqqan holda foydalanish qobiliyatini rivojlantiradi.
Taktik tayyorgarlik ham umumiy va maxsus taktik tayyorgarlik turlariga bo‘linadi. Umumiy taktik tayyorgarlik barcha kurash turlarida umumiy shaklda bo‘ladi. Maxsus taktik tayyorgarlik kurash turi harakat va jismoniy mashqlariga xos bo‘lgan taktik mahorat, malaka va qobiliyatlarni takomillashtirishdan iborat bo‘ladi. Taktik tayyorgarlik texnik tayyorgarlik bilan doimo muvofiqlikda bo‘lib biri ikkinchisini to‘ldirib boradi. Kurashchining texnik mahorat darajasiga erishib borishida unda taktik tafakkur shakllanadi. Taktik tafakkur yuksak darajada bo‘lishi bilan bir qatorda har qanday sharoitda qo‘llaniladigan sport turiga mos mashqlar majmuini texnikasi shakllangan bo‘lishi kerak. SHundagina mashqlar va harakatlarni tanlab bajarish imkoniyati yaratiladi. Kurashchining texnik va taktik tayyorgarligi amaliy mashg‘ulotlar bilan bir qatorda nazariy mashg‘ulotlar ma’ruza, suhbatlar, kino va videofil’mlarni tahlil qilish bilan o‘tkaziladi.
Taktik xarakatlardan aldov, soxta xarakatlar, fint, immitasiya shakllari ta’riflandi.
Kurashchilarning texnik - taktik mahoratini takomillashtirish jarayonlarini trenirovka mashg‘ulotlarining yuqori malakali sportchilar tayyorlash bosqichlarida amalga oshiriladi. Kurashchilar tayyorgarliklarni takomillashtirish uchun jismoniy yuklamalarni orttirib borish, ular ta’sirini o‘zgartirib turish xamda trenirovka mashg‘ulotlarni muntazam reja asosida o‘tkazib borish kerak. Kurashchilarni tayyorgarligini oshirishda ularning shaxsiy xususiyatlari xamda yosh ko‘rsatkichlariga muvofiq mashg‘ulotlarini individual tanlash kerak. Milliy kurash mashg‘ulotlarida texnik va taktik mahoratlami va jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirish sport musobaqalarda doimo ijobiy natijalarga erishib kelishning asosiy omili bo‘la oladi.
Maxsus tayyorgarlik hisoblangan texnik va taktik mahoratni oshirish mashg‘ulotlari kurashchilarning harakatlarini individual ravishda takomillashtirish amalga oshiriladi. Kurashchilarning maxsus mashqlari uloqtirish, qayrish, egish, bukish,
kurashchining oyoq, qo‘l gavda
harakatlari, xujum va ximoya harakatlari, aldov, sohta harakatlar va fint kabi, kurashchilarning texnik va taktik harakatlaridan iborat bo‘ladi. YOrdamchi mashqlarga kurashchilar texnik taktik tayyorgarligini ta’minlaydigan va jismoniy fazilatlarni rivojlantiradigan harakatli o‘yinlar va sport o‘yinlari,
suzish mashqlari, engil atletika va kross yugurishlari, og‘irlik bilan mashqlar xamda soxta raqiblar bilan mashqlar shaklida bo‘lishi mumkin.
Texnik tayyorgarlik kurashchilarning turli holatlari, siljishlar,
ushlashlar, uloqtirishlar, qo‘l, oyoq va gavda harakat texnikasi egallashdan iborat bo‘ladi. Taktik tayyorgarlik jarayonida xujum va ximoya harakatlarini, aldov, fint, sohta harakatlar, chalg‘itish harakatlari, harakat malaka va ko‘nikmalarni
shakllantirishga qaratilgan bo‘ladi.
Maxsus tayyorgarlik mashg‘ulotlari texnik va taktik mahoratni orttirish va jismoniy fazilatlarni takomillashtirishdan iborat bo‘ladi. Nazariy tayyorgarlikda sport kurashchilar kurash bo‘yicha nazariy bilimlari shakllantiriladi. Hakamlik tayyorgarlikda kurash usullarida musobaqalar tashkil etish, musobaqa qonun qoidalari va talablari, musobaqaning me’yoriy xujjatlari nizom, dastur va bayonnomalar o‘rganiladi.
Har bir kurashchining jismoniy tayyorgarliklarini tashkil etish va o‘zini tarbiyalash bo‘yicha murabbiy xususiy dastur ishlab chiqishi mumkin. Buning uchun kurashchining jismoniy tayyorgarlik darajasini quyidagi jadval orqali baholash mumkin. Jismoniy fazilatning oldiga bor yoki yo‘q belgisini qo‘yadi. Natijalarga muvofiq jismoniy fazilatlarni rivojlantirish uchun tavsiyalar beradi.