Bog'liq Kurash turlari va ularning rivojlanishi hamda
Kurashchilar sport tayyorgarliklarini takomillashtirish Jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirish kurashchilar organizmi funksional tizimlarining imkoniyatlarini rivojlantirish bilan belgilanadi. Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus tayyorgarliklarga bo‘linadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik barcha jismoniy fazilatlarni keng rivojlantirishni hamda harakatlar bajarishda ularni muvofiqlikda namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik dastlabki guruhlarda muhim ahamiyat ega bo‘ladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik barcha kurashchilar bilan olib boriladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik kurash turlarida jismoniy fazilatlarni rivojlantirish bilan birga harakatlar texnikasini mukammal o‘rganishga asos bo‘ladi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik esa kurash turiga xos bo‘lib, kurash turi harakatlari texnikasi va taktikasini mukammal o‘rganishga, natijada ushbu kurash turi bo‘yicha musobaqalarda yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishga qaratilgan bo‘ladi. Maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlari kurash turining xususiyatlaridan kelib chiqib tanlanadi. Mashqlar, texnik va taktik tayyorgarlikni takomillashtirishga asos bo‘ladigan jismoniy fazilatlar tezkor kuch, egiluvchanlik, harakatlarni boshqara olish qobiliyatlari hamda maxsus chidamlilikni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Texnik tayyorgarlik takomillashtirish kurash turlari harakatlarini samarali bajarish shakllari hisoblanadi. Harakatlar texnikasi harakatlarni bajarishning qabul qilingan usullari bo‘lib, kurashchining shaxsiy xususiyatlari, jismoniy qobiliyatlari, yosh, jins va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlariga muvofiq o‘zgaradi. SHuningdek kurash texnikasini o‘zgarishiga mashg‘ulot jarayonlari, jixozlar va anjomlar shakllari, musobaqalardagi talablar ham ta’sir ko‘rsatadi.
Kurashchilar texnik tayyorgarliklarida asosiy harakatlar va yordamchi harakatlarga bo‘linadi. Asosiy harakatlar kurash turi texnikasining asosini tashkil etadigan harakatlar hisoblanadi. Asosiy harakatlar shakllarini egallash va ularni takomillashtirish kurashchilarni texnik tayyorgarliklari asosi bo‘lib hisoblanadi.
YOrdamchi harakatlar asosiy harakatlarni egallashga ko‘maklashuvchi harakatlar to‘plami hisoblanib, bu harakatlar jixozlarda, anjomlarda bajariladigan harakatlar, buyumlar bilan harakatlar, shuningdek raqibini qarshiligi bilan harakatlardan tashkil topishi mumkin. YOrdamchi harakatlardan kurashchilar shaxsiy xususiyatlari va jismoniy qobiliyatlariga muvofiq foydalanadilar. YOrdamchi harakatlar kurash harakatlari texnikasini kurashchi xususiyatlariga muvofiq moslashtirishni, bajarish harakatlarini qulaylashtirish hamda samaradorligini ortirishga yordam beradi.
Texnik mahorat harakatlarni samarali, eng kam quvvat sarf qilib bajarish malakasi bilan belgilanadi. Ba’zi sport turlarida harakatlar texnikasi barqaror bo‘lsa, boshqalarida o‘zgaruvchan bo‘ladi, yana bir hillarida esa sportchi xususiyatlariga muvofiqlashtirilgan hamda taktik noaniqlik shaklida bo‘ladi. Kurashchilar texnik maxoratlarini takomillashtirish vazifalari:
Kurash turlari harakatlarini texnikasini bajarishda barqarorlikka va katta o‘zgaruvchanlikka erishish:
Texnik maxoratlarni bellashuvlar jarayonlarida namoyon qilish malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish:
Harakatlar texnikasini kurashchi shaxsiy xususiyatlariga muvofiq takomillashtirish va xususiy yondoshish:
namoyon qilish malaka va ko‘nikmalarim takomillashtirish:
Texnik maxoratlarni kurash amaliyotlari, musobaqalar yangiliklari, zamonaviy jixoz va anjomlar shakllari va talablari asosida takomillashtirish:
Taktik tayyorgarlikni takomillashtirish kurashchinig sport mahorati ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Sport mahorati bellashuvlar jarayonida raqibga ruhiy bosim o‘tkaza olish, bellashuv muhitini o‘z foydasiga hal etish, bellashuvda o‘zini erkin xis etish va bellashuv jarayoning o‘z hohishiga muvofiq olib borish bilan belgilanadi. Kurashchining taktik mahoratlari kurash turlarida bellashuv jarayonlarida namoyon qilinadi. Kurashchilar taktik tayyorgarliklari ularning texnik va jismoniy tayyorgarliklariga asoslanadi. Taktik tayyorgarlikni takomillashtirishda kurashchilarning ruhiy va shaxsiy xususiyatlariga ham katta e’tibor qaratiladi. Taktik harakatlari kurash turlariga muvofiq hilma hil bo‘ladi. Taktik harakatlar asosan ikki shaklda bo‘ladi. Hujum va himoya taktikalari. Musobaqalarda taktik usullarni qo‘llash kurashchilar taktik mahoratlariga, murabbiylarning malaka va tajribasiga bog‘liq bo‘ladi. SHuningdek yuqori malakali kurashchilar sport maxorati darajasida hilma hil taktik harakatlar majmuasiga ega bo‘ladilar. Kurash turlarida raqiblar bilan muntazam aloqada bo‘ladigan bellashuvlarda taktik harakatlar asosan hujum va himoya taktikalardan iborat bo‘ladi.
SHuningdek kurashchilar har hil sport musobaqlarida murabbiy bilan kelishgan hoda har hil taktik usullarni qo‘llaydilar. Bellashuvlar jarayonlarining taktik rejalarini tuzishda kurashchilarning texnik va taktik hamda jismoniy tayyorgarliklari bilan bir qatorda jamoadagi kurashchilar imkoniyatlari, hakamlik qoidalari, musobaqa joyining mahalliy va milliy xususiyatlari, muxlislarning hatti harakatlari, musobaqalar natijalarining muhimligi ham e’tiborga olinadi.