Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi maktabgacha pedagogika


II. Hududiy va turli joylarga mos o’yinlar



Download 12,39 Mb.
bet317/569
Sana30.12.2021
Hajmi12,39 Mb.
#154570
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   569
Bog'liq
boy ota

II. Hududiy va turli joylarga mos o’yinlar. O’zbekiston hududida umumxalq- hamma biladigan qiziqarli o’yinlar bilan muayyan joyga xos o’yinlar bo’lgan. Bir joyda ma'lum bo’lgan o’yin boshqa joydagilarga noma'lum bo’lgan. Buni o’qituvchi A.Vasilevning maqolasi tasdiqlashi mumkin. U 1909 yili bolalarning o’nlab harakatli o’yinlarini to’plab, yozib qoldirgan. Shulardan, “Chumchuq tushdi boshimga” o’yini Farg’onada keng tarqalgan, lekin Toshkentda yashovchilardan so’ralganda, birontasi bilmagan. Vasilevning xizmati shundan iboratki, u farg’onaliklarning juda ko’plab o’yinlarini yozib qoldirgan. Bular “Botmon-botmon”, “Qo’shiqning boshi”, “Kapan”, “Do’ppi tashlar”, “Parr etdi”, “Shayton-shayton” va boshqalar.

Shahar bilan qishloq o’yinlari orasida ham ma'lum farqlar bo’lgan. Agar qishloq o’yinlarining ko’pchiligi keng dalalarda o’tkazilsa, shahar o’yinlari kichikroq maydonlarda o’tgan. Masalan, Toshkentlik qizlar orasida “Chig’iriq” (joyida aylangan holda koptok o’ynash), “Chortak”(erda chizib qo’yilgan to’rtburchak chiziqlar orasida sakrash), “Arqon o’yin”(arqondan sakrab o’tish), “Tosh o’yin” (mayda toshchalar)kabi o’yinlar o’rin egallagan. Shuningdek, qizlar o’yin uchun navbat bilan bir-birining hovlilariga to’planganlar. Bu an'anaviy shakl – “Xalpana” qizlarning bo’sh vaqtlarini o’tkazishda o’ziga xos uyushma hisoblangan.

Xullas, ko’p asrlar davomida tabiiy sharoit, atrof muhit, ijtimoiy munosabatlar, turmush tarzi, hayot ihtiyojlari asosida xalq ma'naviy hayotining tarkibiy qismi sifatida bolalar va kattalar, shahar va qishloqqa xos, mavsumiy va boshqa o’yinlarning o’ziga xos tizimi paydo bo’ladi va rivojlanadi.

Umumxalq hududiy o’yinlari ham turli joy va muhitda o’ynalgan. Masalan, uyda- sandal o’yini, boshqotirma va so’z o’yinlari; hovlida – tosh o’yinlari, arqon, chiziqli o’yinlar, bekinmachoq; maydonlarda chirakas, tortish-machoq bo’lgan; bog’da –yong’oq, danak o’yinlari; suvda-suv ostida ko’p turish, suzish bo’yicha musobaqalar, quvlashmachoq; hatto havoda –arg’imchoq uchish; osmonda-varrak o’yinlari bajarilgan.

Xullas, har bir joyning o’z o’yini bo’lgan, hatto sardoba, karvonsaroy, choyxona, mehmonxona kabi joylarning ham o’z o’yinlari bo’lgan: Karvon ketayotganda yo’lda bajariladigan o’yinlar ham bo’lgan.Tuyada, otda kelayotgan yo’lovchilar dam olish bekatlarida oyog’ini yozish maqsadida arqondan sakrash o’yinlari bilan shug’ullanganlar.

O’yin-musobaqalar o’tkaziladigan maxsus joylar ham bo’lgan. Ular o’yingoh (yoki saylgoh) deb nom olgan. O’yingohlarda yuzlab o’yinlar o’ynash mumkin bo’lgan.

Turli yoshlarga xos o’yinlar. Ma'lumki, o’yin insonning shakllanishida va ayniqsa, yosh bolaning rivojlanishida o’ta muhim o’rin tutadi. O’yinga ehtiyoj va qiziqish bola tabiatida bor. Bolaning birinchi “faoliyati” o’yin bilan boshlanadi. Bola hayotni avvaliga o’yin orqali o’rganadi, his qiladi, tushunishga harakat qiladi, o’yin yordamida katta hayotga tayyorgarlik ko’radi.

Har bir yoshga xos o’yinlar bor. Turli yoshlarga oid fe'l-atvor, fazilatlar o’yin shakli va mazmunini belgilab beradi. Masalan, chaqaloq yig’lamasligi uchun unga ovunchoq berishadi va uni ovutadigan o’yinlarga jalb etishadi. Undan so’ng bola go’dak davrida-monipulyatsiyali (o’yinchoq-qo’g’irchoq) o’yinlarni xush ko’radigan bo’lib qoladi. Undan so’ng bolalar taqlid qilish va syujetli o’yinlarga, ya'ni “Uy-uy”. “Ona bola”, “Qo’shni-qo’shni”, “Ov-ov”. “Ish-ish” kabi o’yinlarga talabgor bo’lishadi. Shu yoshdagi qizlar orasida, ayniqsa, “Xola-xola", “Bola boqish”, “Ovqat pishirish”; o’g’il bolalar o’rtasida “Ovga chiqish”, “Mehnat qilish”, “Urush-urush” va hokazolar rivojlangan. Bu o’yinlar bolalarga hayotiy mashq vazifasini o’tagan. O’smirlar va yoshlar orasida esa harakatli o’yinlar: “Bekinmachoq”, “Oq terakmi-ko’k terak”, “Chillak”, “Yong’oq o’yini”, “Tosh o’yini”, “Suyak o’yini”, “Do’ppi (telpak) ketdi”, “Podachi” kabilar keng tarqalgan.

Bolalar va o’smirlar hayotida o’yinning ahamiyati juda katta bo’lgan. Avvalo, shuni aytish kerakki, bolalarning hayotini o’yinsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ayniqsa, 7 yoshgacha bo’lgan bolalar orasida o’yin asosiy mashg’ulot hisoblanadi. Keyinchalik o’yinlar o’rnini o’qish va asta-sekin ish va mehnat egallay boradi.

O’yinlar bolalar uchun “Hayotga tayyorlanish maktabi” bo’lib, ularni jismoniy, aqliy va ruhiy rivojlanishiga xizmat hiladi. O’yin bola ongi, tafakkurini o’stirib, xotira, diqqat, irodasini mustahkamlaydi, jismoniy, ruhiy, hissiy (emotsional) taraqqiy ettirishga xizmat qiladi. Shuningdek, o’yin bolani katta hayotga tayyorlashda mashq vazifasini bajarib, kelajakda hayotga duch kelinadigan turli holatlarga ma'naviy tayyorlaydi. "Agar bola o’yinda halol o’ynasa, keyinchalik hayotda ham halol bo’ladi“ yoki “Bolaning o’yindagi harakatiga qarab, uni qanday odam bo’lishini aytish mumkin”, degan naqllar bekorga aytilmagan. Qisqa qilib aytganda, o’yin bolalarda ijodiy faollik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik va boshqa ko’nikmalarni rivojlantirishda muhim vosita hisoblanadi. O’yinlar tufayli bolalarda ularni o’rab turgan dunyoni tushunish va unga ta'sir qilish ehtiyoji shakllanadi, aqliy, axloqiy, irodaviy va jismoniy sifatlari shakllanadi, bir so’z bilan aytganda, o’yin yordamida inson tarbiyalanadi, shaxs shakllanadi.

O’yinlar nafaqat bolalar, balki katta yoshdagilar hayotiy ham muhim o’rin tutadi. Agar o’yinlar bolalarning ruhiy va jismoniy rivojlanishi, hayotga tayyorlanishi uchun kerak bo’ladigan bo’lsa, katta yoshdagilar uchun ular bo’sh vaqtlarini mazmunli va qiziqarli o’tkazish, xordiq chiqarish, sog’liqlarini mustahkamlash, chiniqish uchun lozim bo’ladi. Agar bolalar ko’proq o’zlari uchun (tomosha uchun emas) o’ynasalar, kattalar o’yinlarining muayyan qismi (eng iqtidorli o’yinchilar-havaskor va professionallar ishtirokida) tomoshaviy musobaqa tadbir sifatida tashkil qilinadi.

Iste'dodli o’spirinlar – yoshlar orasidan asta-sekin professional o’yinchi-sportchilar yetishib chiqa boshlaydi. Ularning kasbiy mashg’uloti o’yin-musobaqa bo’lib qoladi

IV. Turli jinsdagilar o’yinlari. Hammabop o’yinlar bilan bir qatorda o’g’il bolalar va qizlar o’yinlari, keyinchalik esa erkak va ayollar o’yinlari bo’lgan.

O’g’il va qiz bolalarga xos instinkt 2-3 yoshdan namoyon bo’la boshlaydi. Masalan, yosh qizchalarda qo’g’irchoq o’yiniga moyillik sezilsa, o’g’il bolalar esa ish va urush qurollariga o’xshash o’yinchoqlar tanlab o’ynashadi.

Yosh bolalarning umumiy o’yinlari bo’lsa-da, taxminan 13 yoshdan so’ng qizlar va yigitlar alohida o’ynashadi.

Natijada yigitlarning “Podachi”, “Chavandoz”, “Cho’nqa shuvoq”, “Oq suyak”, ”Oq tayoq”, “Bo’ron jinni”, “Ko’rpa yopindi”, “Tepa kurash”, “Elkada kurash”, “Qirq tosh”, “Soqqa”, “Quloq cho’zma” kabi o’yinlari shakllangan.

Qizlar esa “Durra”, “Chori-chanbar”, “Tortishmachoq”, “Bolqon-bolqon”, “Anaqay”, “Bakki (Chekimtosh, To’ppa tosh)”, “G’oz-g’oz” kabi o’yinlar o’ynashgan.

Katta yoshdagi erkaklarning uloq, kurash (olishish), chovgon kabi sport turlari bo’lsa, ayollarning esa ko’proq so’z, raqs, qo’shiqli o’yinlarni o’ynashlari odat bo’lgan.

V. Mashg’ulot, mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan o’yinlar. Tarixiy jarayonda terimchilik, ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, tikuvchilik kabi hunarlar bilan bog’liq o’yinlar shakllangani bizga ma'lum. Masalan, terimchilikda (daraxtga chiqib, meva terish, mo’ljalga tayoq va tosh otish musobaqa o’yinlari); o v ch i l i k d a (“ov o’yin”, kamondan otish, uchar nishon, “kiyik ovi”); ch o r v a ch i l i k d a (“Podasi”, “Cho’pon va oqsoq bo’ri”); d e h

q o n ch i l i k d a (“Mashoba”,“Xirmon-xirmon”); h u n a r m a n d ch i l i k d a (“Sartarosh”, “Kovushim”, “Kashtachi”, “Terimchi”) kabi o’yinlar bo’lgan.

Harbiylarning ham o’z mashg’ulotlariga mos keladigan “Urush-urush”, “Asr olish”, “Qal'ani egallash” kabi o’yinlar mashhur bo’lgan.


Download 12,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   569




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish