Milliy harakatli o’yinlar o’quv-trenirovka mashg’ulotlarida yordamchi vosita sifatida qo’llaniladi. Chunki o’yin shug’ullanuvchilarning qiziqishini oshiradi, ularga zavq bag’ishlaydi, ish qobiliyatlarining tezroq tiklanishini ta'minlaydi. O’yin tufayli charchashni unutadilar, trenirovka mashqlarini diqqat bilan bajariladilar.
Hamma o’yinlar shug’ullanuvchilarning organizmlariga kompleks ta'sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham o’yinlarga umumiy jismoniy ta'sir ko’rsatuvchi mashq sifatida qarash lozim. Bironta o’yin yo’qki, u ayrim jismoniy sifatni rivojlantiruvchi vosita bo’lib hisoblanmasin. Masalan, oddiy «Chiziqdan tortib o’tkazish» o’yinida faqat kuchli bo’libgina qolmasdan, balki chidamli va irodali bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |