Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi maktabgacha pedagogika



Download 12,39 Mb.
bet393/569
Sana30.12.2021
Hajmi12,39 Mb.
#154570
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   569
Bog'liq
boy ota

Metodik ta’minot:
Inson tarbiyasi insonning o’zi kabi qadimiy va keng qamrovlidir. Shu sababli, insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo’lib, ajdodlarimiz ma'rifat va madaniyatni yosh avlodga o’rgatish, ularni komillikka yetaklash yo’llari, qonun- qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat, insonning ma'rifatliligi va ma'naviy komilligiga erishish ishlari pedagogika fani yetakchiligida amalga oshiriladi. Demak, pedagogika fani kishiga har tomonlama tarbiya berish, har bir shaxsni hamma yosh davrlarida uyg’un rivojlantirish qonuniyatlari to’g’risidagi fandir. Shu bois, pedagogika fani insonni har tomonlama tarbiyalash haqidagi fan bo’lib, tarbiya sohasidagi jamiyat talablarini amalga oshirish yo’lida xizmat qiladi.

Maktabgacha pedagogika esa bolaga tug’ilganidan to yetti yoshigacha har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlarini o’rganadi va bog’cha sharoitida ta'lim- tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, metodi va shakllarini ishlab chiqadi.

“Maktabgacha ta'lim pedagogikasi” fani “Pedagogika” fanining bir qismi bo’lib, o’zining nazariy, ilmiy va amaliy asoslariga ega. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi fanining nazariy asoslari: yosh avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan, ta'lim-tarbiya borasida yaratilgan tajribalarga, nazariy va metodik manbalarga, O’rta Osiyo va jahon tan olgan buyuk mutafakkir olimlarning asarlari va ta'lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlariga asoslanadi. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi fanining milliy asoslari- ta'lim-tarbiya muammolarini, muayyan millatning milliy qadriyatlarini umumbashariy va umuminsoniy qadriyatlar bilan bog’lagan holda hal etish, har bir millatning ma'naviy merosi va milliy qadriyatlariga tayangan holda milliy tarbiya masalalarini yosh avlod ongiga yetkazish mazmuni, usul, metod va tamoyillarini milliylantirishdan iborat.

Bu sohada Sharq va G’arb xalqlari yaratgan og’zaki ijodiyot, buyuk mutafakkir, pedagog va olimlarning ta'lim-tarbiyaga doir ilg’or fikrlarini o’rganib, tahlil qilib, barkamol insonni tarbiyalash jarayonini o’rganish biz uchun juda qimmatlidir:



  • ta'lim-tarbiya to’g’risidagi qonun-qoida tamoyil, metod va usullarni bolalar bog’chalari amaliy hayoti bilan bog’lab, bo’lajak tarbiyachi —o’qituvchilarga o’rgatish hamda xalq ta'limini boshqarish va rahbarlik masalalarini chuqur o’rganib, bo’lajak tarbiyachilarni qanday tayyorlash muammolarini hal qilish;

  • maktabgacha tarbiya muassasalarida oila bilan uzviy hamkorlikda bolalarni har tomonlama rivojlantirish ishini amalga oshirish. Bunday vazifalarda tadqiq etish;

  • birinchidan, bolalar sog’lig’ini saqlaydi va mustahkamlaydi, jismoniy rivojlanishini ta'minlaydi;

  • ikkinchidan, ilmga qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantiradi;

  • uchinchidan, Vatanga, tabiatga, jonajon o’lkaga muhabbat, kattalarga hurmatni, o’rtoqlik va jamoatchi- lik, xayrixohlik, xulq madaniyati, mustaqillik, uyushqoqlik va intizom, mehnatsevarlik kabi ijobiy fazilatlarni tarbiyalaydi;

  • to’rtinchidan, estetik tarbiyani amalga oshiradi.



Download 12,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   569




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish