Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi maktabgacha pedagogika


-bob. Qisqa muddatli guruhlar tashkil etish, ularga qabul qilish va ularni to’ldirish tartibi



Download 12,39 Mb.
bet351/569
Sana30.12.2021
Hajmi12,39 Mb.
#154570
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   569
Bog'liq
boy ota

3-bob. Qisqa muddatli guruhlar tashkil etish, ularga qabul qilish va ularni to’ldirish tartibi

8. Qisqa muddatli guruhlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida foydalanilmaydigan xonalar bo’lganda tashkil etiladi.

9. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga bolalar ularning ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarning (keyingi o’rinlarda qonuniy vakillar deb ataladi) arizasi va bola sog’lig’i holati to’g’risidagi tibbiy xulosa asosida qabul qilinadi.

10. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga bolalar quyidagilar asosida qabul qilinadi:

bolaning qonuniy vakili arizasi;

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yo’llanma;

bola sog’lig’i holati to’g’risidagi tibbiy ma’lumotnoma.

11. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar o’z faoliyatini davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug’i asosida amalga oshiradi.

12. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar o’z faoliyatini bolaning qonuniy vakillari bilan shartnoma asosida amalga oshiradi.

13. Bitta xonada ko’pi bilan 3 ta qisqa muddatli guruh faoliyatini uchta smenada tashkil etishga yo’l qo’yiladi.

14. Qisqa muddatli guruhlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarining sanitariya-gigiena talablariga va yong’in xavfsizligi qoidalariga javob beradigan xonalarida tashkil etiladi.

15. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar qabul qilinadi.

16. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar qabul qilinadi.

17. Qisqa muddatli guruhlar ham bir xil yoshdagi, ham turli yoshdagi bolalar bilan to’ldirilishi mumkin.

18. Bolalarni qisqa muddatli guruhlardan chiqarib yuborish maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi va:

bola qonuniy vakilining arizasi bo’yicha;

tibbiy ko’rsatmalar bo’yicha;

bola maktabgacha ta’lim tashkilotining to’liq kunli guruhiga joylashtirilganda amalga oshiriladi. Bu haqda qisqa muddatli guruhga boradigan bolaning qonuniy vakillari maktabgacha ta’lim tashkilotiga yo’llanma olgan kundan boshlab 14 kun ichida maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbarini xabardor qilishi shart.

19. Qisqa muddatli guruhlarning ishlash tartibi maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavida va bolaning qonuniy vakili bilan tuziladigan shartnomada belgilanadi.

20. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlarning quyidagi turlari faoliyat ko’rsatishi mumkin:

rivojlantirish guruhi;

bolalarni boshlang’ich ta’limga bir yil majburiy bepul tayyorlov guruhi;

inklyuziv guruh;

kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh.

Rivojlantirish guruhi 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun ularni har tomonlama kamol toptirish, tengdoshlari va kattalar davrasiga moslashtirish maqsadida tashkil etiladi. Rivojlantirish guruhi kamida 20 nafar va ko’pi bilan 30 nafar bola bilan to’ldiriladi.

Bolalarni boshlang’ich ta’limga bir yil majburiy bepul tayyorlov guruhi 5-6 yoshdagi bolalar uchun (umumta’lim muassasalariga qabul qilishdan bir yil avval) maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bormaydigan bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya olishida yordam berish maqsadida, shuningdek, bolalarni umumta’lim muassasalarida o’qishga tayyorlash va teng imkoniyatlar yaratish maqsadida tashkil etiladi.

Bolalarni boshlang’ich ta’limga bir yil majburiy bepul tayyorlov guruhi ko’pi bilan 30 nafar bola bilan to’ldiriladi.

Bolalarni boshlang’ich ta’limga bir yil majburiy bepul tayyorlov guruhi ko’pincha maktabgacha ta’lim tashkilotlari negizida, shuningdek, bo’sh turgan xonalar bo’lsa — umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, «Barkamol avlod» bolalar markazlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san’at maktablari negizida tashkil etiladi;

Inklyuziv guruh 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun o’ziga xos ehtiyojlari bor bolani jamiyatga moslashtirishni ta’minlash, bolaning qonuniy vakillariga maslahat-metodik ko’maklashish, o’ziga xos ehtiyoji bor bolalarning bunday zaiflikka ega bo’lmagan bolalar bilan birga o’qishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etiladi.

Kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar uchun bolalarni tarbiyalash, ta’lim berish, parvarishlash va ularga qarab turish masalalarida qonuniy vakillarga yordam berish maqsadda tashkil etiladi. Kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh ko’pi bilan 15 nafar bola bilan to’ldiriladi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qisqa muddatli guruhlar turiga qarab 7 yoshgacha bo’lgan bolalar qabul qilinishi mumkin.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qonun hujjatlariga muvofiq qisqa muddatli guruhlarning boshqa turlari tashkil etilishi mumkin.

21. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar uchun quyidagi shtat birliklari belgilanadi:

bitta guruh uchun — 0,5 birlik tarbiyachi va 0,5 birlik tarbiyachi yordamchisi;

ikkita guruh uchun — 0,25 birlik tibbiy hamshira va 0,25 birlik musiqa rahbari.

22. Qisqa muddatli guruhlar faoliyati tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti quyidagilar uchun javob beradi:

bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;

bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida bo’lgan vaqtida ularning hayoti himoya qilinishini va sog’lig’i mustahkamlanishini tashkil etish;

ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda qo’llaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, ruhiy va fiziologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga muvofiqligi;

bolalarni umumta’lim muassasalaridagi boshlang’ich ta’limga shaxsga yo’naltirilgan yondashuvni qo’llagan holda tayyorlash sifati;

umumta’lim dasturlarini amalga oshirishni tegishli sifatda va belgilangan hajmda ta’minlamaslik.


Download 12,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   569




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish