27
Masalan, qutub krachka qushi Arktikada uya qo‘yadi va shu qush uchib kelib-uchib ketishi
davomida 15 ming km dan ortiq masofani bosib o‘tadi.
O‘simliklardagi rivojlanish davlari: vegetatsiya boshlanishi
g‘uncha hosil bo‘lishi va
tamomlanishi
gullash
urug‘ xosil bo‘lishi
pishib yetilishi
urug‘ to‘kilishi va
vegetatsiya tamom bo‘lishi kabi davrlardan iborat. Yillik maromlar tirik tabiatning eng universal
voqeliklaridandir. Yashash muhitdagi fizikaviy omillar yil davomida o‘zgarib turishi tirik
organizmlarning evolyutsiuon rivojlanish jarayonida turlicha sharoitga ko‘p yo‘llar bilan
moslashish xislatlarini keltirib chiqaradi. Turlarning muhitga moslashishlari ichida: davrlar bo‘yicha
ko‘payish
o‘sish
noqulay sharoitdan ketish uchun mikratsiya qilish kabi ritmik o‘zgrishlar
bor.
Tabiatning fasllar bo‘yicha o‘zgarishi organizmlarning fiziologik, morfologik va hulqiy
holatlarini chuqur o‘zgartiradi. Organizmnlarda davriy hayotiy o‘zgarish bo‘lib ularda nasl paydo
bo‘lishi yilning eng qulay vaqtiga to‘g‘ri keladi. Masalan, lola, lola qizg‘aldoq, olma, o‘rik, shaftoli
kabilar bahorda gulaydi, o‘;rik, shaftoli yozda pishadi. Ko‘pchilik hayvonlar qishda emas, (qo‘y,
echkilar bahorda qo‘zilaydi, baliqlar, qushlar ham) asosan bahorda tuxum qo‘yadi.
Quyosh aktivligi o‘zgarganda elektro magnit to‘lqinlar uzunligi quyosh radiatsiyasining
kelishi tebranib o‘zgarib turishi tirik xujayda va to‘qimalar xolatiga kuchli ta‘sir qiladi, nasliy
xususiyatlar o‘zgarishiga olib kelib, natijasida o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan yangi ekologik
mutantlar yuzaga kelishi mumkin.
Organizmlardagi sirli ekobioritmlar biosfera va ayniqsa, Quyosh aktivligi o‘zgarishi ham 11
yil davomida Quyosh dog‘lari sonning o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Quyosh aktivligi va uning
pasayishining O‘rta Osiyo sharoitiga ta‘siri natijasida havo massasi sirkulyatsiyasi (Arktika tabiatda
ham) kunlik va fasllar (yillik) ga oid bioritmlardan tashqari ko‘p yilik biologik voqeliklar ham
kuzatiladi va Quyosh aktivligining ta‘sirida yuzaga kelib, natijada hosili va hosilsiz yillar almashinib
turadi. Shu omillarning ta‘sirida hosilli yil, to‘qchilik yil yoki ayrim tur vakillari populyatsiyaning
kam sonligi (masalan, bedana, kaklik, quyon, lola, bug‘doy saygak, sug‘ur) kuzatiladi. Ko‘p yillik
davriy o‘zgarishlar har 5-6 va har 11- yilda, 80-90 yilda qaytarilib turishi mumkin. Bu qaytarilish
yillari quyoshning aktivlik davrlariga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: