Turli kengliklarda qabul qilinadigan umumiy issiqlik
.
(Dajo , 1975, 1-jadval )
Joylar nomi
Yozgi to’rt oy ,kal
sm
2
Yil davomida
kal sm
2
Arktik mintaqa (80 sh. kenglik)
13600
16800
Boreal mintaqa (60 sh. kenglik )
30600
43600
Mo‘tadil sovuq mintaqa (48-52 keng)
36500
54700
Mo‘tadil issiq mintaqa (39-45 keng)
41000
82000
25
4-asosiy savolning bayoni
Organizmlardagi biologik maromlar.
Yer yuzidagi iqlimning asosiy tiplari va ularning bir-birlari bilan bog‘liqligi yer bilan
quyoshning turishi, ta‘siri asosidan kelib chiqadi. Ularning bog‘liq holda joylahishida meteriklar
joylahishida ta‘sir va okeanlar, shamol va dengiz oqimlarining hosil bo‘lishi, ulardagi tirik
organizmlarining rivojlanishi, o‘zgarishi va taqsimlanish yuzaga keladi.
Yer yuzining u yoki hududining iqlimini issiq,sovuq, quruq deb tavsiflash mumkin. Lekin har
bir hudud iqlimining davriy o‘zgarishlari, astronomik davriy voqelikl;ar natijasida, ya‘ni yerning o‘z
o‘qi atrofida aylanishidan bir kunlik muhit sharoiti yuzaga keladi. Oyning Yer atrofida aylanishi
dengiz suvlarining ko‘tarilishi va pasayishi, Yerning quyosh atrofida aylanishi yil davomida vaqt,
fasllar almashinishini keltirib chiqaradi.
Shu sayyoralardan oyning organizmlar hayot-faoliyati, ularning tarqalishi ta‘sirini ko‘rib
chiqamiz. Oy har 26,5 kunda to‘lib, yangi fazaga o‘tadi. Qadimgi \xalqlar tuproqning har xilligi,
hosilning mo‘l bo‘lishi, hayvonlarning yaxshi ko‘payishi, ular sonining ortishi, insonlarning
tug‘ilishi, oyning fazoda turish holati
bilan ifodalangan.
Biosferadan tashqari kuchlarning kun, oy va yil davomida organizmlarda bo‘lib o‘tadigan
biologik maromlar (ritmlar)ga ta‘sirini o‘rganish ko‘p yillik tarixga ega.
Organizmlarda boi‘lib o‘tadigan maromlar, asosan, yil davomida yorug‘lik va harorat kun va
tunning almashinuvidagi namlik o‘zgarishlari bilan bog‘liq shunga qaramasdan har bir hayvon bo‘lib
o‘tadigan o‘ziga xos va uning ichki (endogen) maromlari ancha murakkabdir. Shunday ritmlarning
ayrimlari oyning harakati bilan ayniqsa dengiz to‘lqinlarining ko‘tarilishi va pasayishi bilan
bog‘liqdir.
Dengiz hayvonlari suvning ko‘tarilib yoki pasayib turishiga moslashgan. Bu kunning o‘zida
ularning suv bosadi yoki ular suvsiz qoladi. Bunday hollarda suv hayvonlarning hayot faoliyati
aktivlashib, suvsiz, to‘lqin pasaygan davrda esa ancha chegaralanib qoladi. Masalan, Britan yarim
oroli va Angliya chegaralanib qoladi. Masalan, Britin yarim oroli va Angliya qirg‘oqlarida
uchraydigan kiprikli chuvalchanglar (Convoluta) suv to‘lqinlari ko‘tarilishi vaqtida qumga ko‘milib
aktiv harakatga kirishadi.
Oy fazalarining hayot maromlariga ta‘sir qilishi ayniqsa, oyning ketishi va yarim oyning
paydo bo‘lishi davralarga yaqqol ko‘rinadi. Masalan, Bermud orollarida uchraydigan krablar
(Anchistoides antiguesis) oyning to‘lgan yoki yangi oyning boshlanishida tunda dengiz yuzasiga
chiqib bir-birlari bilan qo‘shiladi.
Hashoratlardagi endogen ritmlar, ular oydan qabul qiladigan sinxron nurlar orqali
boshqariladi ularning ko‘payishi ham asosan oyning to‘lgan yoki yangi oyning ko‘rinishi davriga
to‘g‘ri keladi. (Grejamek 1988)
Shimoliy dengizlarda suv to‘lqining ko‘tarilishi oyning to‘lgan va yangi oyning boshlanishi
otrofida bo‘lib undan ikki kun o‘tgandan keyin esa seld baliqlarning maqsimal to‘planishi kuzatiladi.
Baliqlarning munimum galalari suv to‘lqinlari pasayishi davriga to‘g‘ri kelib, oy fazalari orqali
bo‘ladi.
Dengiz to‘lqinlari ko‘tarilishi va pasayishi, baliqlarning moslashishi ham oy fazalariga to‘g‘ri
keladi. Oy va uning fazalari bo‘yi cha o‘zgarib turishi suvga va suvda yashovchi hayvonlarning
hayot faoliyatlariga sezilarli ta‘sir qiladi.
Biz yuqorida aytib o‘tganizmizdek, yar yuzidagi o‘simlik va hayvonlarning hayot-faoliyatida
harorat, yorug‘lik, namlik, bosim, magnit maydoni, shamol va boshqa ekologik omillar muhim
ahamiyatga ega. Ularning fasllar bo‘yicha o‘zgarishi Yerninmg quyosh atrofida aylanishidan kelib
chiqadi. Ekologik omilar, geografik hududlar va ularning iqlim fasllar bo‘yicha o‘zgaradi.
Vaqt bilan bir davrda va teng holda organizmining ayrim holati o‘zgarib turishi biologik
marom (ritm)lar deyiladi. Biologik maromlar organizmlarning ichki mexanizmlari bilan aniqlanadi
va fasl, yilining vaqtida qarab, organizmlar o‘zlarining holatini o‘zgartiradi (biologik soatlar).
Biologik soatlar organizmlarning kun davomidagi va fasllar bo‘yicha o‘zgarishini boshqaradi.
Biologik maromlar ichki (endogen yoki fiziologik) va tashqi (ekzogen) maromlarga bo‘linadi.
Ichki-endogen maromlar organizmlarning fiziologik ritmlaridan iborat. Jumladan organizmlar
tanasida biror-bir fizologik jarayon doimiy emas. Ya‘ni tirik organizmlardagi hujayra, to‘qima,
26
organlar va ular sistemasi vaqt o‘zgarishi biulan, hattoki yaxlit organizmlarning o‘zi ham o‘zgaradi.
Uning fiziologik holati kunduz aktiv bo‘lsa, kechasi fiziologik aktivlik (nafas olish,m, yurar urishi,
,uskullar harakati) pasayadi, organizm holati tinchlanadi. Bu holatlar 3 ta geofizk omillar ta‘sirida
yuzaga keladi. Ya‘ni; 1) Yerning Quyosh atrofidan aylanishida Oy va yulduzlarga nisbatan
joylashib turishi; 2) Oy kecha-kunduz (sutkasi-24,8 soat); 3) Yulduzlar sutkasi (23,9 soat)
organizmlar holatiga bevosita ta‘sir qiladi va organzimlar ularni suv omillarining 24 soatga uaqin
vaqt ritmikasi sifatida qabul qiladi. Yorug‘lik va qorong‘ulikning to‘g‘ri almashinishida har xil
turlarning ritmik holati 24 soatga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |