72
Suvning tabiatda aylanishi.
Suvning quyosh energiyasi va og'irlik kuchi ta'siri ostida
gidrosfera, atmosfera, litosfera va biosferani qamrab oluvchi o 'zaro aylanma harakati dunyoda
namlik almashuvi yoki suvning tabiatda aylanib yurishi deyiladi.
Tabiatda suvning aylanib yurishi tufayli gidrosferaning turg'un holati buzilmaydi. Yerdagi
barcha xil suvlar paydo bo'lishi jihatidangina emas, balki doimo harakatda ekanligi va aylanib
yurishiga ko'ra ham bir xildir. Suvning aylanib yurishi hamma joyda va to'xtovsiz davom etib, unda
bir qator xalqalar (atmosfera, okean, litogen, tuproq, daryo, ko'l, biologik xo'jalik xalqalari)
qatnashib, okean-atmosfera-quruqlik berk tizimni hosil qiladi.
Suvlarning tabiatda aylanib yurishini ta'minlovchi asosiy kuchlar
- quyoshdan keladigan
issiqlik energiyasi va og'irlik kuchidir. Quyosh issiqligi ta'sirida suvning bug'lanishi, suv bug'larining
kondensatsiyasi va boshqa xil jarayonlar sodir bo'ladi; og'irlik kuchi ta'sirida esa yomg'ir
tomchilarining yerga tushishi, daryolar oqimi, tuproq va yer osti suvlarining harakati yuzaga keladi.
Ko'pincha, bu ikki ekologik omil birgalikda
harakat qiladi. Masalan, atmosfera sirkulyatsiyasiga ham issiqlik, ham og'irlik'kuchi ta'sir qiladi.
Tabiatda suv to'xtovsiz harakatda bo'ladi. Gidrosferaning turli qismlari o'rtasidagi suvning aylanma
harakati tufayli barcha suv xillari o'zaro bog'langan
Suvning tabiatda aylanish vaqti
Suv
havzalarining nomlari
Suvning aylanish vaqti, yil
Dunyo okeani
2500, to'la suv aralashuvi 63 yil
Yer osti suvlari
1400 yil
Tuproq namligi
1 yil
Qutb muzliklari va doimiy qorliklar
9700 yil
Tog', yuqori tog' muzliklari
1600 yil
Yer
osti doimiy muzliklar
10000 yil
Ko'l suvlari
17 yil
Botqoq suvlari
5 yil
Daryo o'zanidagi suv
16 kun
Atmosferadagi namlik
8 kun
Organizmdagi suv
Bir necha soat
Dengiz
va okeanlar, yer yuzasidagi boshqa katta-kichik suv havzalaridan bug'langan suv,
bug'lar yomg'ir, qor, do'l holida okeanlar va yer yuzasiga qaytib tushadi. Yer yuzining suv balansi
bo'yicha: tushadigan yomg'irlar 108,4 ming km
3
, sarflanish 108,4 ming km
3
, shundan bug'lanish 71,1;
oqim 37,3 ming km
3
. Keyingi 100 yil ichida Dunyo okeanining sathi yiliga o'rtacha 1,2-1,5 mm
ko'tariladi. Bu quruqlikdan oqib kelayotgan (430-570 km
3
) va qaytmaydigan suv hisobiga yuzaga
keladi.
Okeanlar, dengizlar,
daryolar, ko'llar, muzliklar, qor qoplami hamda tuproq, o'simliklar
yuzasidan yiliga 525100 ming km
3
suv bug'lanadi. Okean va dengizlar yuzasida bo'ladigan bug'lanish
atmosfera namligining asosiy manbaidir. Bu namlikning katta qismi yog'inlar sifatida bevosita okean
va dengizlarga tushib, suvning kichik aylanma harakatini hosil qiladi. Namlikning kamroq qismi esa,
suvning katta aylanma harakatida ishtirok etib, yer yuzasi bilan o'zaro murakkab jarayonga kiradi.
Suvning katta aylanma harakati qator mahalliy va ichki aylanma harakatlarni o'z ichiga oladi: u yer
yuzasi, yer tagi va atmosferada suvning xilma-xil shakldagi harakati bo'lib, sarflanish va tiklanishda
bo'ladi.
Atmosfera yog'inlari materiklar yuzasiga tushib, tuproqlarga singadi, qisman tog' yonbag'irlari
bo'ylab oqadi va daryolar, ko'llar hamda botqoqliklarni hosil qiladi. Tuproqlarga shimilgan suvning
bir qismi bevosita bug'lanib ketadi yoki o'simliklar bug'lantiradi, bir
qismi esa yerning chuqur
qismlariga shimilib, yer osti suvlarini hosil
qiladi.
Yer osti suvlari esa daryo, ko'l va botqoqliklarning to'yinishida ishtirok etadi yoki yer osti
yo'llari bilan bevosita dengizlarda bug'lanib, atmosferaga o'tgan suv okeanga qaytib kelib,
undan
bug'langan suv o'rnini to'ldiradi.
73
Okeandan bug'lanib ko'tarilgan suvni havo oqimlari materiklarning ichki qismlariga olib
boradi va u yomg'ir yoki qor tarzida yog'adi, ya'ni okeanlardan ancha uzoqda bo'lgan hududlarga suv
beradi. Bu yog'inlar yana bug'lanadi, bir qismi yerning chuqur qatlamlariga singadi, bir qismi esa yer
usti suv oqimini hosil qiladi. Shunday qilib, daryo suvlarining okeanlarga qaytib kelib qo'shilishi
bilan suvning yer sharidagi katta aylanma harakati tugallanadi. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki,
gidrosferadagi suv zaxirasi dunyo bo'yicha aylanib yurishi sababli to'xtovsiz tiklanib turadi. Bu
jarayonning tezligi har xil. Gidrosferaning turli qismlarida suvlar har xil vaqtda to'la yangilanadi.
Suvning aylanma harakati jarayonida okeanlar suvning to'la almashinishi 2500-3000 yil
davom etadi. Yer osti suvlarning qayta tiklanishi ancha uzoq 1400-5000 yilga yaqin davom etadi.
Yer yuzidagi daryolarning bir yillik umumiy oqimi 388000 km
3
ga teng. Daryo o'zanlaridagi
suv har 11-16 kunda bir marta yoki yiliga 32 marta almashinadi. Suvning almashinishi va ayniqsa,
chuchuk suv hosil bo'lishida yog'inlar asosiy rol o'ynaydi. Umuman butun gidrosfera 2800 yilda
almashinadi, ya'ni suv yangilanadi.
Keyingi vaqtlarda suvning tabiatda aylanib yurishiga insonning xo'jalik faoliyati katta ta'sir
ko'rsatmoqda. Masalan, O'rta Osiyodagi sug'oriladigan yerlar
maydonining tobora kengayishi,
ko'plab suv omborlari va kanallarning bunyod etilishi namlikning shu hududdagi aylanma harakatiga
sezilarli ta'sir ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: