Андижон давлат университети кошидаги 3-сон академик лицей буйрукдан кучирма


Suvning ximiko-biologik xislatlari



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/87
Sana03.03.2022
Hajmi3,05 Mb.
#480304
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   87
Bog'liq
ekologiya fani predmeti va rivojlanish tarixi

Suvning ximiko-biologik xislatlari. 
Suv yer sharida eng ko'p tarqalgan va xususiyatlariga 
ko'ra, o'ziga xos, ajoyib moddadir. Umuman, tabiat va tiriklik, inson hayotini bu zarur moddasiz-
suvsiz tasavvur etish qiyin. 
Tabiatdagi barcha jarayonlarda suv ishtirok etadi. Suv faqat tabiatning muhim xossasigina emas
balki xalq xo'jaligining taraqqiyotiga ta'sir ko'rsatuvchi muhim moddiy boylikdir. 
Tabiatda suv 3 xil holatda uchrab, turli joylarning ob-havo va iqlim sharoitining 
shakllanishida muhim o'rin tutadi. Suvning issiqlik sig'imi daraxtga nisbatan 2 barobar, qumga 
nisbatan 5, temirga nisbatan 10, havoga nisbatan esa 3000 barobar katta. 1 m
3
suv 1°C ga soviganda 
3000 m
3
havoni 1°C isitadi. Suv issiqlik sig'imining havo va quruqlikdagi tog' jinslariga qaraganda 
kattaligi iqlimni yumshatishda muhim _ ahamiyatga ega bo'lib, Yerdagi issiqlik va dinamik 
jarayonlarga katta ta'sir ko'rsatadi. Bundan tashqari, atmosferadagi suv bug'lari yerga tushadigan 
quyosh nurlariga nisbatan go'yo filtr vazifasini bajaradi. 
Suyuqliklar orasida suvning yuqoriga tortishish xususiyati simobdan keyin turadi. Shu tufayli suv 
kapillyar orqali tuproq va tog' jinslaridan o'tib yuqoriga-o'simliklarga tomon harakat qiladi. Bu tuproq 
hosil bo'lishi va o'simliklar oziqlanishining, binobarin, qishloq xo'jalikning zarur shartidir. Kapillyar 
suvlarning ajoyib xususiyatlari aniqlanmoqda. Chunonchi, ular hatto-30°C da ham muzlamasligi, 
biroq salgina yopishqoq va og'ir bo'lib qolishi ma'lum bo'ldi. 
Suv tabiatda kimyoviy jihatdan hech qachon toza bo'lmaydi, chunki u kuchli erituvchidir. Shuning 
uchun uning tarkibida doimo erigan va muallaq holatdagi har xil moddalar bo'ladi. Gidrosferaning 
atmosfera, litosfera va biosfera bilan o'zaro ta'siri natijasida suv turli moddalarga ta'sir ko'rsatib, 
eritmalar hosil qiladi. Shuning uchun
suv har xil gazlar va tuzlarning turli konsetratsiyadagi eritmasidir. 
Suv o'ta harakatchanligi tufayli modda va energiya tashuvchi qudratli vositadir. U yer ustidagi xilma-
xil moddalarni bir joydan ikkinchi joyga yuvib ko'chirib yuradi. Suvning bu ishi uch jarayon - 
eroziya, moddalarning bir joydan ikkinchi joyga olib ketilishi va akkumulyatsiyani o'z ichiga oladi. 
Bular muhim geomorfologik omil rolini o'ynaydi. 
Suvning nurash va tuproq hosil bo'lishidagi roli, ayniqsa, kattadir. Lekin suvning tabiatdagi 
eng muhim ahamiyati shundaki, u organik hayot uchun asos bo'lgan fotosintez jarayonida qatnashadi. 
U organizmlardagi bioximik va biofizik jarayonlarni o'tishda asos bo'lib, ular uchun yashash muhiti 
sifatida ham alohida ahamiyatga ega. Yer sharidagi bironta tirik organizm suvsiz yashay olmaydi, 
chunki suv har qanday hayvon va o'simlikning hujayra, to'qimalari tarkibiga kiradi. Tabiiyki, u suv 
organizmlari tarkibida, ayniqsa, ko'pdir. Masalan, meduza tanasining 99,7% i suvdan iborat. 
Quruqlikdagi organizmlar tanada suvni ko'p saqlaydi: chunonchi, suvo'tlari tarkibida 85%, yirik 
sutemizuvchilar tanasida 60% dan ko'proq suv bor. Inson iste'mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari 
tarkibida 50% dan ko'proq suv bo'ladi. Sabzavotlar tarkibida 80-90%, go'shtda 50%, sutda 87-89% 
suv borligi ma'lum. 
Suv inson organizmining o'sib rivojlanishi va fiziologik funksiyalarida ham katta rol o'ynaydi: 
o'rta yoshdagi odam organizmining 70% i suvdan iborat. U oziq moddalarini o'zlashtirishda va 


74 
modda almanishinuvida faol ishtirok etadi. Suv ayni vaqtda eng yaxshi dam olish va hordiq chiqarish 
obyekti hamdir. Ko'plab buloqlar va suv havzalari rekreatsiya maqsadlarida keng foydalaniladi. 
Yuqoridagi misollardan suvning tabiat va hayotda qanday ahamiyatga ega ekanligi ko'rinib turibdi. 
Suvning bor-yo'qligi, uning miqdori va sifati sayyoramizning ko'p tumanlarini o'zlashtirish va 
rivojlantirish imkoniyatlarini belgilaydi. Odamlar har xil tabiiy sharoitda suv topish va undan oqilona 
foydalanish jarayonlarida ko'plab ajoyib kashfiyotlar qildilar. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish