Андижон давлат университети кошидаги 3-сон академик лицей буйрукдан кучирма



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/87
Sana03.03.2022
Hajmi3,05 Mb.
#480304
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   87
Bog'liq
ekologiya fani predmeti va rivojlanish tarixi

Tashqi ekzogen maromlar.
Ko‘pchilik hayvonlarda kun davomidagi davriylik fiziologik 
funksiyalarining o‘zgarib turishiga to‘g‘ri kelmaydi. Jumladan, hayvonlardagi sutka davomida 
periodiklik kunduzgi, g‘ira-chira va tunda yashaydigan hayvonlarga xosdir. Suv havzalarida plankton 
organizmnlarning kunduz va tunda almashib turishi kuzatiladi. Yerning aylanishi bilan geofizik 
o;‘zgarishlar-quyosh radiatsiyasining aktivligi tirik tabiat (har 11 yilda) va undagi tirik jonzodlar 
holatiga kuchli ta‘sir ko‘rsatadi. 
Hamma tirik organizmlarda sutkalik maromlar mavjud. Biologik maromlar hayotning hamma 
tuzilishi-oddiy hujayradagi bioximik reaksiyalardan tortib, eng murakkab tuzilishga ega bo‘lgan 
organizmlarda bo‘lib o‘tadi. Har bir hujayra, har bir organizm o‘zining ―ish maromi‖ (ritmi)ga ega. 
Taxminan 24 soat vaqtdagi (sirkat ritm) sutkali ritmlar asosida ish maromlari bir-birlari bilan 
bog‘langan. 
Tirik organizmlardagi sutkalik (sirkat) maromlar juda keng diapazonda kuzatiladi. Sutkalik 
maromlar nafas olish va tana haroati o‘zgarishida, yurak faoliyati va qon aylanishida, ichak-oshqozon 
va ortiqcha moddalarning tanadan chiqarish jarayonlarida kuzatiladi. 
Sutka davomida vaqt hayvonlar va o‘simliklarning ham ritmik o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi. 
Masalan, kun davomidaamyobalarning ko‘payish tezligi turadi. O‘simliklarning gullari ma‘lum 
vaqtda ochiladi va ma‘lum vaqtda yopiladi. 
Vaqtning sutka davomida o‘zgarib turishi hayvonlarning kunduzi v a tungi hayvonlar 
guruhiga bo‘linishiga sabab bo‘ladi. Kunduz aktiv harakatda bo‘ladigan hayvonlarga tovuqlar, ba‘zi 
qushlar, sug‘urlar chumolilar, hashoratlar, uy hayvonlar kisra, tunda harakat qiluvchilarga tipratikon, 
ko‘rshapalaklar, ukkilar, yovvoyi cho‘chqalar, mushuksimonlar, tarakanlar, kanalar kiradi. 
Bioritm organizmlarning vaqtni seza bilishi bo‘lib, bu holat ―biologik soat 
Deb aytiladi. Organizm kunlik o‘zgarishga emas, balki tabiatdagi ancha murakkab geofizik 
o‘zgarishlarga ham oriyentirovka qiladi. 
Ma‘lumki, kunning soatlari, haftalar, fasllari va yil tirik organizm hujayrasi, to‘qimasi, butun 
tanasiga ta‘sir qiladi. 
Ko‘pchilik ma‘lumotlarda ta‘kidlanishicha, qushlarning uchib o‘tishi yulduzlar joylashishi 
quyosh va oyning harakatiga bog‘liq. Lekin boshqa ilmiy tadqiqotlarda qo‘shimcha ma‘lumotlar ham 
bor. Ya‘ni, qushlarning uchib o‘tishida ―biologik soatlar‖ hamda shamol va boshqa metaorologik 
sharoitlar katta rol o‘ynar ekan. 
Fasllar davomidagi marom (ritm)lar biologik ritmlar, geofizik omillar va biologik davrlar 
bilan bog‘liq qonuniy voqelik hisoblanadi. Quyosh faoliyati va Oyning harakati astronimik omilardir. 
Biosfera va undagi tiriklikka quyosh eng kuchli ta‘sir qiladi. Tirik organizmlardagi biologik 
maromlar kosmik ritmlar bilan sinxronlashgan, jips bog‘langandir. 
Yer yuzida iqlimning fasllar bo‘yicha o‘zgarishi kuzatiladi, ya‘ni qishlik sovuqlar, bahorgi 
iliq va yozgi yuqori issiq bilan almashadi, shu vaqtda namlik,bosim, atmosferaning elektr darajalari 
o‘zgaradi, tirik tabiatning fasllar bo‘yicha o‘zgarishiga
olib keladi. Tirik organizmlar davriyligi oylarga to‘g‘ri keladi. Masalan, dengizda palolo 
chuvalchangining tuzum qo‘yishi yoki yapon dengiz liliyasining ko‘payishi, qator hayvonlardagi 
davriylik Oyning ma‘lum oylari, kunlariga to‘g‘ri keladi. Bunda organizm yorug‘likka, magnit 
maydoniga nezda oriyentatsiya qilishdagi reaksiyalaridan kelib chiqadi. 
Fasllar o‘zgarishi, davriyligi mo‘tadil va shimoliy kengliklarda aniq chegaralangan, chunki 
u yerlarning iqlim sharoiti har hil fasillarida keskin farqlanadi. Jumladan, Rossiyaning O‘rta Yevropa 
qismida organizmlar rivjanishi uchun qulay sharoit 6-7oyni tashkil qilsa, O‘rta Osiyo sharoitida 9-10 
oy davom etadi. Bu davr kelishi bilan turli o‘t o‘simliklar, butalar daraxtlar gullaydi hashoratlar 
harakatga keladi, ko‘payishni boshlaydi, qushlar bir joydan ikkinchi joyga uchub ketadi tuzumlaydi 
va jo‘ja ochadi.


27 
Masalan, qutub krachka qushi Arktikada uya qo‘yadi va shu qush uchib kelib-uchib ketishi 
davomida 15 ming km dan ortiq masofani bosib o‘tadi. 
O‘simliklardagi rivojlanish davlari: vegetatsiya boshlanishi 

g‘uncha hosil bo‘lishi va 
tamomlanishi 

gullash 

urug‘ xosil bo‘lishi 

pishib yetilishi 

urug‘ to‘kilishi va 
vegetatsiya tamom bo‘lishi kabi davrlardan iborat. Yillik maromlar tirik tabiatning eng universal 
voqeliklaridandir. Yashash muhitdagi fizikaviy omillar yil davomida o‘zgarib turishi tirik 
organizmlarning evolyutsiuon rivojlanish jarayonida turlicha sharoitga ko‘p yo‘llar bilan 
moslashish xislatlarini keltirib chiqaradi. Turlarning muhitga moslashishlari ichida: davrlar bo‘yicha 
ko‘payish 

o‘sish 

noqulay sharoitdan ketish uchun mikratsiya qilish kabi ritmik o‘zgrishlar 
bor. 
Tabiatning fasllar bo‘yicha o‘zgarishi organizmlarning fiziologik, morfologik va hulqiy 
holatlarini chuqur o‘zgartiradi. Organizmnlarda davriy hayotiy o‘zgarish bo‘lib ularda nasl paydo 
bo‘lishi yilning eng qulay vaqtiga to‘g‘ri keladi. Masalan, lola, lola qizg‘aldoq, olma, o‘rik, shaftoli 
kabilar bahorda gulaydi, o‘;rik, shaftoli yozda pishadi. Ko‘pchilik hayvonlar qishda emas, (qo‘y, 
echkilar bahorda qo‘zilaydi, baliqlar, qushlar ham) asosan bahorda tuxum qo‘yadi.
Quyosh aktivligi o‘zgarganda elektro magnit to‘lqinlar uzunligi quyosh radiatsiyasining 
kelishi tebranib o‘zgarib turishi tirik xujayda va to‘qimalar xolatiga kuchli ta‘sir qiladi, nasliy 
xususiyatlar o‘zgarishiga olib kelib, natijasida o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan yangi ekologik 
mutantlar yuzaga kelishi mumkin. 
Organizmlardagi sirli ekobioritmlar biosfera va ayniqsa, Quyosh aktivligi o‘zgarishi ham 11
yil davomida Quyosh dog‘lari sonning o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Quyosh aktivligi va uning 
pasayishining O‘rta Osiyo sharoitiga ta‘siri natijasida havo massasi sirkulyatsiyasi (Arktika tabiatda 
ham) kunlik va fasllar (yillik) ga oid bioritmlardan tashqari ko‘p yilik biologik voqeliklar ham 
kuzatiladi va Quyosh aktivligining ta‘sirida yuzaga kelib, natijada hosili va hosilsiz yillar almashinib 
turadi. Shu omillarning ta‘sirida hosilli yil, to‘qchilik yil yoki ayrim tur vakillari populyatsiyaning 
kam sonligi (masalan, bedana, kaklik, quyon, lola, bug‘doy saygak, sug‘ur) kuzatiladi. Ko‘p yillik 
davriy o‘zgarishlar har 5-6 va har 11- yilda, 80-90 yilda qaytarilib turishi mumkin. Bu qaytarilish 
yillari quyoshning aktivlik davrlariga to‘g‘ri keladi.

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish