Ijtimoiy-pedagogik faoliyat – bu aniq bir bolaga uning individual muammolarini hal etish
кофеденциал (лотинча confidential - ишониш) – ишонувчи, овоза қилинмайдиган, махфий
51
ijtimoiy-pedagogik faoliyat har qanday boshqa faoliyat kabi o‘z tuzilishiga ega va quyidagi
tarkibiy qismlardan tashkil topgan: maqsad, sub’ekt, ob’ekt, funksiyalari, metodlari, shakllari,
spirtli ichimlik ichishga odatlangan bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat olib borishning
tuzilishi har bir tarkibiy qismi mazmuni bilan tanishib chiqamiz.
Birinchi - tashkiliy qismi. Alkogolizmga odatlangan o‘smirlar bilan ijtimoiy-pedagogik
faoliyatning maqsadi bolalarda alkogolizmni rivojlantirishga imkon beruvchi salbiy omillarni
yo‘qotishga qaratilgan.
Birinchi omili – individual psixologik hisoblanadi, bu shaxsiy xislatlari buzilishiga,
sabablilik doirasining zararlanishini o‘z ichiga oladi. O‘smirning munosabatlar ko‘nikmalari
rivojlanmagan, pedagogik qarovsiz, psixik rivojlanishi (ZPR) ortda qoladi.
Ikkinchi omil – individual-somatik – spirtli ichimlik ichishga odatlangan bolada nasliy
somatik kasalliklar bo‘ladi, ular jismoniy kasalliklar rivojlanishdan ortda qolishga olib keladi.
Uchinchi omil – ijtimoiy-maktabdan tashqari, bu kattalar tomonidan bola huquqlari
buzilishini, bola qarovsiz qolganini yoki kattalar bolani haddan tashqari qattiq tarbiyalash bilan
shug‘ullanishlarini anglatadi, yoki bolani noqonuniy harakatlarga jalb etadilar, oilaning ijtimoiy
mavqei past, oilaviy o‘zaro munosabatlar yomon bo‘ladi.
To‘rtinchi omil – ijtimoiy maktab, ya’ni sinfdagi yomon ta’sir qiluvchi psixologik muhit,
o‘quv guruhining (sinfning) past ijtimoiy mavqei. Bu omillar bolaga ta’sir ko‘rsatadi, unda spirtli
ichimliklarga bog‘lanib qolishni rivojlantiradi. SHuning uchun, ijtimoiy-pedagogik faoliyat
bolaning ijtimoiylashishini qiyinlashtiruvchi omillarni yo‘qotishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning maqsadlarini quyidagi vazifalarni hal etish bilan amalga
oshirish mumkin:
1.
Ma’lum bir o‘smirga faol yordam ko‘rsatish va himoyalash usullarini yaratish.
2.
O‘smirda ijobiy qadriyatli yo‘nalishlar shakllantirish
3.
O‘smirni ijtimoiy-foydali faoliyatga jalb etish.
4.
Faol shaxsni tarbiyalash. Unga fuqarolik, oilaparvarlik sifatlarini rivojlantirib, o‘ziga
to‘g‘ri baho berishini shakllantirib tarbiyalash kerak.
5.
Bolaning jismoniy va psixik sog‘lomligini mustahkamlab borish.
6.
Bolaning huquqiy madaniyati asoslarini shakllantirish.
7.
Qiyin vaziyatlarda yo‘l topa bilish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Ikkinchi tarkibiy qism – bu uning sub’ekti. Faoliyat sub’ekti ijtimoiy-pedagogik
hisoblanadi, lekin undan tashqari maxsus ishlar bo‘yicha mutaxassislar ham valeolog
15
, psixolog
va ota-onalar jalb etilishi mumkin.
Uchinchi tarkibiy qismi – bu ob’ektdir, butun ijtimoiy-pedagogik faoliyat tashkil etiladigan
ob’ekt. Faoliyat ob’ekti alkogolizm jarayoniga turli darajalarda berilgan bolalar hisoblanadilar.
To‘rtinchi tarkibiy qism – faoliyat vazifalari, bu vazifalarni faoliyat sub’ektlari bajaradilar:
ijtimoiy-pedagog, ijtimoiy ishlar bo‘yicha mutaxassis, valeolog, psixolog, ota-onalar.
Ijtimoiy-pedagogning faoliyati vazifalari quyidagilardan iborat:
1.
Ijtimoiy-pedagogik- ijtimoiy aloqalar va munosabatlarni yo‘lga quyishda bolaga
va oilaga yordam ko‘rsatish, bolaning rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy muhit yaratish.
2.
Ijtimoiy-o‘qitish vazifalari – bolaga ichkilikbozlik muammolari haqida bilimlarni
egallab olishga yordam ko‘rsatish hamda ichkilikbozlikka berilish jarayoniga qarshi turish
ijtimoiy mahoratlari va ko‘nikmalarini egallashiga yordam ko‘rsatish.
3.
Huquqiy-himoyalanish vazifalari, bu vazifa alkogolizmga berilgan bolaning
huquqlarini himoya qilishni va rioya qilishni ko‘zda tutadi.
Ijtimoiy ishlar bo‘yicha mutaxassis quyidagi vazifalarni bajaradi:
1)
Ijtimoiy turmush – oila va bolaga turmush, tura rjoy sharoitlarini yaxshilashda
yordam ko‘rsatish va qullab-quvvatlash.
2)
Ijtimoiy-iqtisodiy - spirli ichimlik ichadigan bola yashaydigan oilaga moddiy
yordam ko‘rsatishda ishtirok etishini ko‘zda tutadi.
15
валеолог (лот. Vale - соІ бґл) – болалар соғлом турмуш тарзига ўргатувчи мутахассис
52
Valeolog ijtimoiy-tibbiy vazifalarni bajaradi, bu spirtli ichimlik ichadigan bola sog‘lig‘ini
saqlash bo‘yicha ishlarni ko‘zda tutadi.
Psixolog ijtimoiy-psixologik vazifalarni amalga oshiradi, bu ishlar turli xildagi testlardan
o‘tkazishni, bola va ota-onalarga maslahatlar berishni ko‘zda tutadi. Bolaning ota-onalari bola
shaxsi shakllanishi va rivojlanishi bo‘yicha tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishlari kerak.
Faoliyatning beshinchi tarkibiy qismi metodlar hisoblanib, ular uning turli sub’ektlari
faoliyatlariga, bolaning yoshi xususiyatlariga, uning alkogolizm jarayoniga berilganliklari
darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Faoliyat tuzilishining oltinchi tarkibiy qismi - aniq metodlarga binoan belgilanadigan
metodlarni amalga oshirish shakllari.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ushbu texnologiyasi kompleks hisoblanadi, chunki bir
maqsadga erishishga harakat qiluvchi turli mutaxassislarni ishlarini birlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: