Katta sinf o‘quvchilarining spirtli ichimliklar iste’mol qilishlari jarayonini o‘rganib
Nolinchi darajasi o‘zining shaxsiy fikri bo‘yicha sog‘lom hayot kechirishga intiluvchi hech
qachon spirtli ichimlik ichmagan balog‘at yoshiga etmagan bolalarni ifodalaydi. Spirtli
ichimliklar ichishdan bosh tortish sabablari: spirtli ichimliklarning organizmga, o‘zini xis
Boshlang‘ich bosqichida spirtli ichimliklarini alohida hollarda yoki judakam hollarda
Alkogolni iste’mol qillganda o‘zini yomon xis qiladi, spirtli ichimliklar yoqmaydi.
Alkogolni iste’mol qilish sabablari quyidagilardan iborat: kattalar dunyosiga qo‘shilish, hamma
Виктилизация (лотинча victime-і???он) – ижтимоийлашиши учун но?улай шароит, вазиятлар,
50
Vaqti-vaqti bilan spirtli ichimlik ichish alkogoli bor turli ichimliklarni ichib ko‘rib bilan
ifodalanadi. Kichik miqdordagi spirtli ichimliklar eyforiyani keltirib chiqaradi. Alkogolni
iste’mol qilish sabablari: kayfiyatni ko‘tarish, o‘ziga ishonchini oshirish, kommunikabelligini
ko‘tarish, bu davr 3-4 oy davom etadi.
YUqori xavfli darajali davri ichkilik ichish uchun odatda sabablari ko‘payib borishi bilan
ifodalanadi, odatda. oyiga ikki marotabadan ko‘proq. Sabablari: o‘zini tetik xis etish yoki erkin
xis etish uchun, do‘stlari bilan vaqtini xursandchilikda o‘tkazish uchun. Bu davrning davomiyligi
4-12 oydan iborat. Bu bosqichda alkogolni iste’mol qilishga faol intilishi namoyon bo‘ladi,
uning ta’sir kuchini tushunib oladi. Alkogol ta’siri ostida o‘smirlarda faqatgina yaxshi kayfiyat
paydo bo‘libgina qolmay, balki faolligi va tajovuskorligi ham oshadi. O‘smirlar o‘zlaridan bir
necha yosh katta bolalar bilan aloqalar o‘rnatadilar.
Kattalardan mast holatlarini yashirishga o‘rganadilar. Bu bosqichda spirtli ichimliklarga
odatlanib qoladi, lekin hali bog‘lanib, qaram bo‘lib qolgan emas.
Alkogolga yaqqol psixik bog‘lanib qolganligi darajasi. Alkogoldan mast bo‘lish
o‘smirlarning juda yoqtiradigan psixik holatiga aylanib qoladi va ulardan bolalar kayfiyatini,
hulqini boshqaruvchi sifatida foydalanadilar. Sabablari: vaqtinchalik hayot tashvishlaridan
chalg‘ish, o‘ziga ishonchini oshirish. Psixik bog‘lab qolish 1,5 yil davomida yuzaga keladi. Bu
bosqichda alkogolga psixik qaram bo‘lib qolishi shakllanadi. Spirtli ichimlik iste’mol qilish
kunlik sur’ati ortib boradi.
Alkogol ichishga intilish endi faqatgina kechki paytlarda emas, balki butun kun davomida
davom etadi, shu bilan birga sutkalik me’yori ortib boradi. Spirtli ichimlik iste’mol qilishni
to‘xtatgan paytlarida jahldor, ta’sirchan bo‘lib qoladilar. Ularning kayfiyatlari tez o‘zgarib
yomonlashadi, ko‘pincha janjalkashlik va jahldorliklari namoyon bo‘ladi. Ular kichik bolalarni
spirtli ichimlik ichishga jalb qiluvchi bo‘ladilar. Bunday hollarda pedagogik va tarbiyaviy
ta’sirlardan tashqari tibbiy choralar – narkologga murajjat etish va davolash zarur bo‘ladi.
Alkogolga jismoniy bog‘lanib qolish darajasi. Spirtli ichimlikka juda o‘rganib qoladi,
boshi og‘rib, xumor qiladigan bo‘lib qoladi, alkogolni iste’mol qilish miqdori nazorat
qilinmaydi. Jismoniy bog‘lab qolishlik spirtli ichimlik iste’mol qilganida 3-5 yil davomida
yuzaga keladi. Bu davrda alkogolga psixik va jismoniy bog‘liqligi kuchayishi sodir bo‘ladi.
YAqqol ifodalangan bosh og‘rig‘ini yo‘qotish sindromi paydo bo‘ladi. Bosh og‘rig‘i paytida
kayfiyati yomonlashishi, xafa bo‘lishi, ko‘ngli bo‘shashib ketishi, organizmi fiziologik
vazifalarining buzilishi kuzatiladi: tez terlab ketadi, qo‘llari qaltiraydi, yura kurushi tezlashadi.
Bu bosqichda shaxsning patologik xususiyatlari tez shakllanadi, u ta’sirchan, jahldor, tajang,
qo‘pol, beraxm bo‘lib qoladi. Intellektual rivojlanishi sekinlashadi. Bolalar tez-tez
mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuboradilar, yomon o‘qiydilar. Ba’zan uylaridan ketib qolib daydib
yuradilar. Bu bosqichda darxol kasalxonada davolash kerak bo‘ladi.
SHaxsning alkogolik buzilish darajasi surunkali ichkilikbozlikning rivojlanishi bilan
ifodalanadi, spirtli ichimlikka chidamliligi pasayadi. OGir jismoniy bog‘liqligi shunchalik
kuchliki, u alkogoldan psixik bog‘liqlikdan ham ustun bo‘ladi. Sabablari: yomon ahvolini
tuzatishga harakat qilish. Bunday holatda darhol kasalxonada davolash zarur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: