Bolalar turli mutaxassislar: tibbiyot xodimlari, pedagoglar, psixologlar turlicha baho
47
Bolalar alkogolizmining sabablari va oqibatlari
Yosh
ko‘rsatkichlari
Sabablar
Oqibatlar
Ilk bolalik davri
0-3 yosh
1.
Mastlikda hosil bo‘lgan
homila
2.
Boshlang‘ich 3 oy davrida
homiladorlikdagi
ichkilik
ichish
2.
Emizikli davrida alkogol
iste’mol qilinish
1.
Epilepsiya
(tutqanoqlik),
aqli
norasolik;
2.
Jismoniy rivojlanishdagi norasolik;
3.
Ruhiy rivojlanishdagi norasolik
Maktabgacha va
kichik maktab
yoshi
3-9 yosh
1.
Ota-onalarning pedagogik
savodsizligi
2.
Oilaviy
alkogolizm
an’analari
1.
organizmning alkogol bilan
zaharlanishi
2.
spirtli ichimliklarga qiziqishning
shakllanishi
O‘smirlik va
yoshlik davri
9-18 yosh
1.
Nosog‘lom oila
2.
O‘z-o‘ziga bino qo‘yish
3.
Ommaviy
axborot
vositalarining
pozitiv
reklamalari
4.
Bo‘sh vaqtning ko‘pligi
5.
Alkogolizm
oqibatlari
haqida bilimning yo‘qligi
6.
Shaxsning
psixologik
xususiyatlari
7.
Muammodan qochish
1.
Alkogolga
qiziqishning
shakllanishi
2.
Spirtli ichimliklarni iste’mol qilish
odatining shakllanishi
3.
Alkogolizmning
hulqining
stereotiplarini ishlab chiqish
4.
Alkogoldan
mastlik
holatida
huquqbuzarlik holatlarini sodir
etish
5.
Alkogoldan
mastlik
holatida
huquqbuzarlik holatlarini sodir
etilishining anglanmaganligi
6.
Psixik muammollarni hal etishda
alkogoldan
doping
sifatida
foydalanish
7.
Alkogolga bo‘ysinib qolish
Fanda to‘plangan ma’lumotlar hom Fanda to‘plangan ma’lumotlar homilador ayolning
spirtli ichimliklar iste’mol qilishi qanchalik og‘ir oqibatlarga olib kelishini ko‘rsatadi. Bunda
rivojlanayotgan homila bilan alkogolning qanchalik aloqador bo‘lishi zarur moddalar bilan
ta’minlanishi ona qornidagi homilani himoya pardasi orqali o‘tadi. Biroq etil spirti va zaharni
himoya parda to‘sa olmaydi. Boshlang‘ich 3 oy mobaynida, homiladorlikda homilaning ichki
organ va sistemalari shakllanish jarayoni sodir bo‘ladi. Homilaning alkogol bilan zaharlanishi
turli norasolik va nuqsonlarga sabab bo‘ladi. Homila alkogoldan umuman himoya etilmasligi
tufayli uning miyasiga zarar etkazadi. SHu sababli bosh miyada suv to‘planishi, shishlar, grijalar
bilan og‘rigan bolalar dunyoga keladi.
Bunday bolalar ilk bolalik davrida yoki nobud bo‘ladilar yoki butun umrga aqliy noraso
bo‘lib qoladilar.
Ikkinchi bosqich maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bosqich. Bu bosqichda ikki
sabab bo‘lib, ota onalarning pedagogik savodsizligi va oilaviy hamda maktab an’analari
hisoblanadi. Pedagogik savodsizlik ota onalar alkogolni (dori darmon) shifoviy modda deb
hisoblaydilar.Alkogol ishtahani kuchaytiradi, kamqonlikni tuzatadi, uyquni yaxshilaydi, Tish
chiqishini osonlashtiradi. Ota-onalar bolalarga yoshlik davridan spirtli ichimlikni kichik
miqdorlarda ichirib turilishi katta bo‘lganida alkogolga berilib ketishi oldini oladi degan fikrlar
yuradi.
Bolalarning ichkilikbozlikka odatlanishiga yaqin qarindoshlarining spirtli ichimlik iste’mol
qilishlari hamda oilaviy an’analar sabab bo‘ladi (tantanali, xursandchilik yoki yomon kunlarda
spirtli ichimliklar ichishlar). Bunday bayram kunlarida bolalarga ham spirtli ichimliklar quyib
48
beradilar. Bunday oilalarda spirtli ichimliklar ichish yomon hisoblanmaydi, bolalarni spirtli
ichimlik ichishlari esa tashvish tug‘dirmaydi. Bolalar ichkilikbozlik odatlarini spirtli ichimlik
ichishga boshlashdan ancha avval bilib oladilar.
Bolalar o‘yinlarida kattalarga taqlid qilib qadah so‘zlari gapiradilar, bakallarni
urishtiradilar, ularning mast holatlarini o‘xshatadilar, kichik yoshdagi maktab bolalarida alkogol
tantanalar va uchrashuvlarda doimiy odatiy hol degan tasavvur paydo bo‘ladi.
Alkogolning o‘zi gendan o‘tmasligi, faqatgina ota-onalaridan olgan xarakteri
xususiyatlaridan kelib chiquvchi unga moyilligini o‘tishi biologik tekshirishlar bilan isbotlangan.
Bolalarda ichkilikbozlikning rivojlanishida ota-onalarining yomon odatlari, oilada ichkilikbozlik
holatlari asosiy rol o‘ynaydi.
Uchinchi bosqich o‘smirlik va yoshlik davrlari. Asosiy sabablar qilib quyidagi ettitasini
ko‘rsatish mumkin: oilaviy sharoitlar yomonligini; ommaviy axborot vositalarida pozitiv
reklamalar; bo‘sh vaqtida hech bir ish bilan shug‘ullanmaslik; alkogolizm oqibatlarini bilmasligi;
muammolarni hal etish bilan shug‘ullanmasligi; psixologik xususiyatlari; o‘zini tashkil toptirish.
Bu davrda alkogolga berilishi yuzaga kelishi sodir bo‘ladi, bu berilish odatga aylanadi, bu
odat esa ko‘pchilik hollarda alkogolga qaram bo‘lib qolishi hollariga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: