Alkogol iste’mol qilishga odatlangan bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyatning
mazmuni
Spirtli ichimlik ichishga oatlangan bola bilan ishlashda ijtimoiy pedagogning faoliyatida
asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatish mumkin:
1.
Bolaning ijtimoiy moslashishi darajasini oshirish bo‘yicha faoliyat.
2.
Alkogolizmni oldini olish bo‘yicha faoliyat.
3.
Ota-onalarga bilim berish bo‘yicha faoliyat
4.
Bolalar ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha faoliyat
5.
Muhitga moslashtirishga to‘siq bo‘lgan vaziyatlarni yo‘qotish bo‘yicha bola va
uning atrof-muhiti o‘rtasidagi vositachilik faoliyati.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat ijtimoiy pedagog tomonidan quyidagi asosiy vazifalarni
bajarishini ko‘zda tutadi.
Birinchi vazifasi – diagnostika qilish
. Bu faoliyat bolalarni spirtli ichimliklarga
o‘rganishlari xavfi omillarini yo‘qotishga qaratilgan. Bu vazifa spirtli ichimlik iste’mol qilishga
odatlangan bola haqida ma’lumotlar to‘plash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Pedagog bolaning
xususiyatlarini o‘rganadi, uning oilasi haqida ma’lumotlar to‘playdi, bolaga yomon ta’sir
ko‘rsatish manbalarini o‘rganadi, spirtli ichimlik ichishga o‘rgatuvchilarni aniqlaydi,
mikromuhitning bolaga ta’sirini o‘rganadi.
Ma’lumotlar to‘plash bolaning o‘zi bilan. Uning ota-onalari. Sinf rahbari bilan suhbatlar,
so‘rovlar (og‘zaki yoki yozma ravishda) amalga oshiriladi. Bundan tashqari standartlashtirilgan
intervyu olish, kuzatish, oila va bolaning hujjatlarini o‘rganish usullarini ham qo‘llaniladi.
Ikkinchi vazifasi – taxmin qilish
, uning mazmuni pedagog birinchi vazifasi asosida
pedagog alkogolizmga berilgan bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat dasturini ishlab
chiqishdan iborat bo‘ladi.
Uchinchi vazifasi – ta’lim-tarbiyaviy.
Bu faoliyat ijtimoiy-pedagogik faoliyat mazmunini
hamdauni amalga oshirish metodlarini tanlashni ko‘zda tutadi. Pedagog bolaning ijtimoiy-
reabilitatsiyasi jarayonida uning qaysi sifatlari tarbiyalanishi kerakligini aniqlaydi, bolaning
ta’lim va tarbiyasidagi kamchiliklarini yo‘qotadi.
To‘rtinchi vazifasi - huquqni himoya qilish.
Pedagogik o‘z faoliyatini huquqiy asosda
qurishi kerak, bu bolaning huquqlarini himoya qilishni hamda ularga rioya qilishni bildiradi.
Beshinchi vazifasi – tashkilotchilik.
Bu bola bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat olib
borishda turli mutaxassislarning ishtiroki va birgalikda ishlarni olib borishlarini talab etadi.
Oltinchi vazifasi – kommunikativ.
Uning mazmuni ijtimoiy-pedagogik faoliyatni amalga
oshirishda ma’lumotlar almashish maqsadida uning ishtiroklari o‘rtasida ko‘plab aloqalar
o‘rnatilishi zaruriyati yuzaga kelishidan iborat bo‘ladi.
Ettinchi vazifasi – oldini olish – profilaktik,
bu faoliyat olingan yaxshi natijalarni
mustahkamlash va ichkilikbozlik va alkogolizmning takrorlanishi mumkinligini yo‘qotishni
ta’minlaydi.
O‘zining faoliyatida ijtimoiy pedagog uchta asosiy rollarda ishtirok etadi:
53
- maslahatchi sifatida, u ota-onalar va bolalar o‘rtasida janjalsiz, tortishuvsiz, kelishib
munosabatlarda bo‘lish muhimligi va mumkinligi haqida oilaga ma’lumotlar beradi.
- konsultant rolida, oilaviy, mehnat, boshqaruv va jinoiy qonunchilikni hamda psixologik,
pedagogik, ijtimoiy pedagogik masalalarini tushuntiradi.
- ota-onalar yoki yaqin atrofidagilari tomonidan bolaning huquqlari buzilgan hollarda
himoyachi sifatida harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |