Andijon davlat universiteti
Filologiya fakulteti
404-guruh talabasi
Muxammadqulova Gulyoraning
,,Abdunabi Boyqo’ziyev hayoti va faoliyati’’
mavzusida tayyorlagan
Kurs ishi
Mavzu: ,,Abdunabi Boyqo’ziyev hayoti va faoliyati’’
Reja:
1.Abdunabi Boyqo’ziyev hayot yo’li.
2. ,,So’zim mening, o’zim mening’’ asari haqida.
3.Uning she’riyatining o’ziga xosligi.
Ko’ngildan chiqib, qog’ozga to’kilgan hayrat mevalari o’zga ko’ngillarga ham hayajon soladi.Yozganlaridan ko’ngil kishisi ekani ayon bo’lib turgan Abdunabi Boyqo’zining she’rlaridan samimiyat, hallolik, jonfidolik to’kilib turadi (Qozoqboy Yo’ldoshevning ,,Ko’ngil suratlari’’ maqolasidan).
Til millatning qalbi, degan edi Jan Rak Russo. Demak, tilning qashshoqlashishi millat ma’naviyati nochorlashayotganidan darakdir.Yo’qlikka yuz tutgan tillar, xalqlar, elatlar kammi tarixda!(Abdunabi Boyqo’ziyevning ,,So’zim mening, o’zim mening!’’ to’plamiga yozgan so’zboshisidan.
Abdunabi Boyqo’ziyev 1954-yil 15-noyabrda Andijon viloyatining Izboskan tumanida tug’ilgan.Toshkent davlat universitetini (bugungi Milliy universitetini) tamomlagan (1983).Turli yillarda G’afur G’ulom nomli Adabiyot va san’at nashriyotida xodim, bo’lim mudiri , ,,Sovet O’zbekistoni’’ gazetasida muxbir, bo’lim mudiri, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimi, ,,Oila va jamiyat’’ gazetasida muxbir, O’zbekiston OAV ni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi raisi o’rinbosari, ,,SHarq haftanomasi’’ gazetalari bosh muharriri bo’lib ishlagan.
,,G’uboringni yozgayman’’, ,,Seni izlab keldim’’, ,,O’zbeknavo yulduzlari’’, Judolig’ dashti’’, ,,Ko’zalari daryoyim!’’, ,,Dilxiroj tuyg’ular’’, ,,Besh navo’’, ,,Besh so’mlik kekkayish’’, ,,Cho’li irog’im’’ nomli she’riy, hajviy-yumoristik va publitsistik kitoblari chop etilgan.O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi.
,,Unutilgan so'z qadri’’ Qamchibek Kenja
Abdunabi adabiyot maydoniga o’ziga xos nafasga ega shoir sifatida kirib keldi, bu bobda xiyla muvaffaqiyatga erishib, kitobxonlar e’tiborini qozongach, ora-orada publitsistika sohasida ham munosib qalam surib, nasriy asarlar bita boshladi.Mazkur janrdagi jiddiy yozmishlari umumiy badiiyati bilan birga,yengil xazilga yo’g’rilganligi bilan adabiy jamoatchilik diqqatini o’ziga jalb etdi.Darvoqe, avvalroq shoirning ixcham xajmli, ma’ni va mag’zi but Beshnavolari munaqqidlarda yangi bir shakliy yo’nalish, izlanish sifatida taassurot uyg’otgan va bir qator maqolalarga bois bo’lgan edi.,,So’zim mening,o’zim mening’’ umumiy nom ostidagi bitiklar Boyqo’ziyev siymosini o’quvchi ko’z oldida jonsarak, jonkuyar ijodkor sifatida namoyon etadi. ,,Nurayotgan qadriyatlar haqida’’ degan ost sarlavha esa kitobxonda, shubxasiz, mavzuga qiziqishni, risolani o’qishga ishtiyoqni oshiradi.debocha o’rnidagi sakkizlikning so’z ham arazlaydi’’ degan chiroyli ifodali dastlabki yarim satri ixlosmandni yanada sergaklantiradi:so’z ham arazlaydimi, qanday arazlaydi? Ha, arazlaydi- agar beparvolik ,bepisandlik qilib o’gaylantirib, ko’ngliga ozor yetkazilsa so’z o’zini sizdan tortadi, uzlatga chekinadi,muallif ta’biri bilan aytsak, ,,xotiralardan bosh olib ketadi’’.
Do'stlaringiz bilan baham: |