Mavzu: Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar” asari



Download 1,01 Mb.
Sana05.08.2021
Hajmi1,01 Mb.
#138657
Bog'liq
Yassaviy


FarDU filologiya fakulteti o’zbek tili yo’nalishi 17.54-guruh talabasi Shermatova Gulyoraning “Tasavvuf va mumtoz poetikasi asoslari” fanidan taqdimoti

Mavzu: Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar” asari


Ahmad

Yassaviyning

Yassaviya

Xoja Ahmad Yassaviy turkiy olamining mashhur va zabardast tasavvuf arbobi. Turkona sof tasavvufona she’riy g’oyalar shu zotning ijodidan boshlandi. XII asrgacha Turkiston mintaqasida shayxulmashoyixlar yashagan bo’lsalar-da, ammo turkiy tilda sof so’fiyona she’riy ohanglar xiyla kam yangragan edi.Turkona so’fiyona she’riy ijod mahsuli va ularda keng ko’lamda targ’ib-tashviq etilgan tasavvufona mazmunlar qariyb ilk tartibda devon hajmida Xoja Ahmad Yassaviy ijodidan sarchashma oldi.


.

  • .

Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat” da boshqa shayxlarga nisbatan Yassaviy hayoti va ijodiga kamroq to’xtaladi. Yassaviydan yetib kelgan katta hajmdagi “Devoni hikmat” da shayx hayotiga oid ma’lumot ko’p uchraydi. Yassaviyning hayoti va ijodi “Devoni hikmat” va manbalar asosida XIX asrdan boshlab ilmiy tadqiqotga tortildi va hanuzgacha davom etmoqda.

Bu haqida xususan o’zbek olimlari Abdurahmon Sa’diy, Fitrat, Ergash Rustamov, Ibrohm Mo’minov, Vohid Zohidov, Natan Mallayev, Najmiddin Komilov, Ibrohim Haqqulov va boshqalarning fikr-mulohazalari juda muhim ahamiyatga egadir.

Xoja Ahmad Yassi yohud Turkiston shahrida XI asrning ikkinchi yarmida tavallud topgan (Tuqqan yerim ul muborak Turkistondin) Navoiyning tasdig’i bu borada shunday: “Va oning mozori Turkistonda, Yasso degan yerdaki, aning mavlud va munshaidur, voqe bo’lubtur”.

Ammo adabiyotshunos Ibrohim Haqqulov Ahmad Yassaviy “Sayramda tavallud topgan ” deb aytib o’tadi. Xoja Ahmadning tavallud topgan yili haligacha aniq emas.Vafotlari 1166-yilda Turkistondavoqe bo’lgan va Yassida dafn etilgan. Shayxning muborak nomlari Ahmad, shayxona oliy unvoni “Xoja” “Otim Ahmad, Turkistondir elim mening”

Otasi Ibrohim ismli eshon edi. Otasi Ahmad Yassaviy yoshligida vafot etadi va u yetti yoshida Arslonbob nomli poknafas insonning tarbiyasini olgan

(Yetti yoshda Arslon bobom berdim salom). Bu insondan keyin Xoja Ahmad pir izlab Buxoro-yu Marvga boradi va Xoja Yusuf Hamadoniyga shogird tushadi. Bu shogirdlik esa asta-sekin uni shayxning munosib izdoshi darajasiga ko’taradi.

Xoja Ahmad Yusuf Hamadoniyga shogird tushgach, ko’p o’tmay Hamadoniy ruhida tarbiyalanayotgan shogirdlari – Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy, xoja Abdulloh Baraqiy, Xoja Hasan Andaqiylardan o’tib ketgan edi. Shu bois u xalifalik-o’rinbosarik rutbasinitopgandan so’ng Hamadoniy uni o’ziday oliy maqomot darajasida ko’rib, unga ishoonib maxsus diniy da’vat uchun uni Turkistonga yuboradi va u Turkistonga kelib pir ishonchini oqlaydi. Bu yerdagi barcha avom ahlini shariat qonun-qoidalariga bo’ysundiradi.

Xoja Ahmad Yassaviy bu orada hajga boradi va Markaziy Osiyo, Eron, Arabistonni kezib chiqadi. Ko’p shayxlar, aziz avliyolar, ruhoniylarbilan uchrashadi. Uning nomi XII asrdan so’ng Turkistonni avliyolar manziliga aylantirdi. Ahmad Yassaviy xizmatida bo’lgan qator shogirdlaru muridlar nafaqat shayxlik mansabiga erishadilar, balki nom chiqargan ko’p shayxlar uning suxbatiga noil bo’lish maqsadida Yassiga keladilar.

Xoja Ahmadning tariqati Yassaviya halqasiga oid silsilani tashkil etadi. Bu tariqat qadimgi tayfuriya, junaydiya, xallojiya, nuriya, hakimiya tariqatlari kabi muhokamaga asoslanmagan bo’lib, zikr usuliga tayangan ta’limot hisoblanadi.

Yassaviy, Rumiy, Attor, Abusaid jahr, nola, safar, samo kabi zikr yo’lini ko’rsatdilar va bu usullar bilan ham ular Alloh jamoliga musharraf bo’lib, vahdatga erishishni bayon etdilar. Xoja Ahmadning shu zikr usuliga asoslangan tariqatining zamirida jahr hayqirig’I yotadi va keyinchalik jahriya nomi bilan shuhrat topdi.

Jahriyaning mohiyatini nido va hayqiriq tashkil etadi. Muridlar shayx atrofida halqa va to’da bo’lib, simfonik jo’r ovoz bilan allohga zikr bajo keltirib, munojot qilardilar.

Yassaviyning mazkur joriya yoki jahriya tariqati uning ustozi Xoja Yusuf Hamadoniy ta’limotidan sarchashma olgandi. Bu zikr usulin aslida Xoja Yusuy tomonidan kashf etilgan ta’limot edi. Zikri joriya xonaqohda va undan tashqarida ijro etilardi. Ko’pincha da’vat vaqtida undan foydalanardilar.

“Devoni hikmat’’dagi she’rlar shuni ko’rsatadiki, Yassaviy haqiqattan nihoyatda so’fiymashrab zot bo’lib, birinchi galda barcha shayxlarga o’xshab tasavvufning asosan shariat bosqichida maqom va manzil tuzib, keyin tariqat va ma’ifat sari yo’l olgan . Lekin u boshqalarga o’xshab shariatdan zudlik bilan ozod bo’lolmay unga berilib ketgan. U shariat zinasida o’zini haqiqiy shariatpanoh siymo sifatida ko’rsatadi va jamiki shariat talablarini jon-dili bilan bajaradi. U sidqidildanallohga tavba qiladi va boshqalarni ham shunga da’vat etadi.


  • Bora-bora xojaning tafakkuri o’zgarib boshqa yo’lga kiradi. Lekin u hali shariatdan uzilmaydi. Xoja Ahmad shunday qilib tariqatga yo’l oladi. Bu zinada oriflik tomon harakat qilmay, shariat bilan qariyb teng bo’lgan zohidlik darajasida qotib qoladi va avvalida zohid bo’lib shu talimot tushunchalarini targ’ib qilishga kirishadi. Zohid nazarida
  • 1) Nafsi ammorani yengish ;
  • 2)zohid haqqa intilib, fano bo’lib, baqo topishni emas, haqni xoliq va bandalarni mahluq deb bilish;
  • 3) faqirlik va benavolikka intilish;
  • 4)haqir va hokisor, kamtar tutish;
  • 5) tarkidunyochilik. Asosiy o’rinni egallaydi.

Xoja Ahmad Yassaviy shu tartibda asta-sekin zohidlik davrini yakunlab, tariqatning orifona zinasiga mayl qiladi va bu yo’nalish ma’rifat tomon yetaklaydi. O’zining e’tirof etishicha o’ttiz besh yoshida u hanuz shariat va zohizlikda davron surardi, faqat ellik uch yoshida unga oriflik qo’l beradi.

O’ttiz beshda masjid kirib davron surdim

Ellik uchda vahdat nmaydin ro’zi qildi.

E’tiboringiz uchun



raxmat!
Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish