Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti



Download 23,91 Kb.
bet2/5
Sana23.07.2022
Hajmi23,91 Kb.
#841521
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abdunabi Boyqo’ziyev hayoti va faoliyati

,,Kuz kuzagi’’
Ko’ngli to’lib kuzadi bu yoz,
Polizlari biram shirinso’z.
Oqshom chog’lar junjikar ayoz,
Paykallarda yayrar durkun kuz.
Kampirlari o’tgan chollarday,
Mayus tortib qoldi daraxtlar.
Toshlar aro arang jildirar,
Yozni tashna qilgan Tentaksoy.
Kuz yuziga tomdi ilk yomg’ir,
Dardchil ifor tutdi osmonni.
Bir chumoli tortqilar og’ir,
Nam tuproqda bo’g’riqqan donni.
Tunlar xazin o’ylar to’qiydi,
Xayollarning umri uzayar.
Zog’ unidan sizar qor xidi:
QOR! Qor! Qor!
Bulduruqqa burkandi olam,
Daraxt kumush maysalar kumush.
Butun borliq bepyon orom,
Qishloq go’yo qotib qolgan tush.
Tiniq tindi chuqur sokinlik,
Tumansumal jimlik shovullar.
Yalpayvolib g’amin burqsitar,
Toshko’mirga bangi ovular…
2012.
,,Unutilgan so’z qadri’’ Qamchibek Kenja:
Insoniyatga xolis xizmat qilgan bir narsa unutilmasligi, ranjitilmasligi kerak. Masalan, so’z…
So’z joni-dili, hayotining asosi bo’lgan shoir yozuvchilar, jurnalistlarning maqsadi aniq-avvalo kasbi amalidan o’zi qanoat hosil qilish, qolaversa, asarlari bilan o’quvchilar ko’nglini ko’tarish, ularning dunyoqarashi, tushunchalarini boyitish, odob-axloq tarbiyasiga baxoli qudrat hissa qo’shish va boshqa qadriyatlarni targ’ib etish… shuningdek, qalam ahlining ko’zda tutilgan va tutilmagan boshqa vazifalari ham yo’q emas…
Taniqli shoir, publitsist, noshir Abdunabi Boyqo’ziyevning yangi dastalangan qo’lyozmasini ko’zdan kechirish asnosida xayolimdan ana shu kabi mulohazalar qayta kechdi. Abdunabi adabiyot maydoniga o’ziga xos nafasga ega shoir sifatida kirib keldi, bu bobda xiyla muvaffaqiyatlarga erishib, kitobxonlar e’tiborini qozongach, ora-orada publitsistika sohasida ham munosib qalam surib, nasriy asarlar bita boshladi. Mazkur janrdagi jiddiy yozmishlari umumiy badiiyati bilan birga, yengil xazilga yo’g’rilganligi bilan adabiy jamoatchilik diqqatini o’ziga jalb etdi. Darvoqe, avvalroq shoirning ixcham hajmli, ma’ni va mag’zi but beshnavolari munaqqidlarda yangi bir shakliy yo’nalish, izlanish sifatida taassurot uyg’otgan va bir qator maqolalarga bois bo’lgan edi. ,,So’zim mening,o’zim mening’’ umumiy nomi ostidagi bitiklar Boyqo’ziyev siymosini o’quvchi ko’zi oldida jonsarak, jonkuyar ijodkor sifatida namoyon etadi. ,,Nurayotgan qadriyatlar haqida’’ degan ost sarlavha esa kitobxonda, shubhasiz, mavzuga qiziqishni risolani o’qishga ishtiyoqni oshiradi. Debocha o’rnidagi sakkizlikning ,,So’z ham arazlaydi’’… degan chiroyli ifodali dastlabki yarim satri ixlosmandni yanada sergaklantiradi: so’z ham arazlaydimi, qanday arazlaydi?
Xa, arazlaydi-agar beparvolik, bepisandlik qilib, o’gaylantirib, ko’ngliga ozor yetkazilsa…so’z o’zini sizdan tortadi, uzlatga chekinadi, muallif ta’biri bilan aytsak, ,,xotiralardan bosh olib ketadi’’. Tilimiz tarixida bunga misollar ko’p. A.Navoiy, Z.M.Bobur zamonlarini qo’ya turaylik, XX asr boshlarida-A.Cho’lpon, A.Qodiriylar davrida,yoki Abdunabi nazarda tutgan yaqin-yaqin vaqtlarda ham adiblar, matbuot hodimlari,tarixchilar va oddiy xalq vakillari talaffuzida, iste’molida bo’lgan, qancha-qancha she’r-u boshqa asarlarga fayzu umrboqiylik, suxbatlarga fasoxat bag’ishlagan yuzlab, balki minglab so’z va iboralarimiz tilimiz, yozuvlarimizda bo’y ko’rsatmay qo’ygani, demakki bizdan arazlab, xotiralarimizdan bosh olib ketib qolgani ma’lum-ku. Abdunabi Boyqo’ziyev ana shu achinarli holatni o’zi unib o’sgan mo’jazgina qishloq- Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi Teshikmozor ahli labzida istifoda etilmay qo’ygan yo kam ishlatilayotgan, ya’ni unutilgan va unutilayozgan so’z, ibora, lutflar misolida afsus va nadomat bilan bayon etadi, isbot qiladi. Risola qo’lyozmasining g’oyatda hafsala bilan, harfiy tartib bo’yicha tuzilgan ,,Unutilayotgan, xira tortayotgan so’z va shevalarimiz’’ qismida 200 dan ortiq ana shunday so’z va iboraga ta’rif, izohlar berilgan va jumlaviy dalillar izoh qilingan.
To’g’risi, men hayratga tushdim va qattiq achindim. O’zim ham bu borada o’ylanib yurardimu foydalanilmayotgan, unutilayozgan so’zlarimizning ko’lami bu qadarligini chamalab ko’rmagan ekanman.Chindan ham ellik-oltmish xonadonli bir qishloqda shuncha so’z bizni tark etayotgan bo’lsa, bu sanoqni muallif ta’biricha ,,mamlakat miqyosiga chaqsak’’, qanday raqamlar hosil bo’larkin?
Modomiki, viloyatlardagi she’va va lahjalarda so’zlar shu qadar mo’l ekan, ularni saralab, izohli-izohsiz lug’atlarimizga, nutq va mushohadalarimizga, yozuv bitiklarimizga, badiiy asarlarimizga kiritsak,tilimiz qanchalar boyish mumkin-a?
To’g’ri, telekanallarimizda bu mavzuda chiqishlar, suhbatlar bo’lib turibdi, lekin til faqat faqat gap, muhokamalar bilan boyib qolmaydi-da. Shu jihatdan Abdunabining say-harakatlari, amaliy faoliyati taxsinga loyiq.
Misollarga murojaat qilaylik:

Download 23,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish