Andijon davlat universiteti biologiya fakulteti mavzu: oddiy va murakkab to



Download 0,86 Mb.
bet5/9
Sana31.12.2021
Hajmi0,86 Mb.
#270689
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kursh ishi botanika

45-rasm. Changchi tiplari.

CHangdonlar, odatda, oraliq qism – bog’lag’ich bilan birikkan ikkita yarimtalikdan (chang xaltachalaridan) iborat bo’ladi (45-rasm). CHang xaltachalarining ichki bo’shlig’ida chang yetiladi, u changdonchalaridan iborat bo’ladi. Ularning funktsiyasi o’simliklarni changlashdir

CHang xaltasi tashqi tomondan ikki qavat hujayralar bilan qoplangan, bularning tashqi qavati tashqi hujayralarning qalinlashgan qobiqli po’stidan, ichki qavati esa changdon yetilganda qovjirab ketadigan kambar hujayralardan iborat bo’lib, ular qovjirashi natijasida chang yetilgan vaqtda changdon chatnab ketadi.

CHangdonlar yetilgandan va chatnagandan keyin ulardan tashqariga chang yoki chang donachalari sochilib ketadi. Har – xil o’simliklarda chang donachalarining shakli turlicha bo’ladi. Ular yumaloq, sharsimon, suyri (oval), uch qirrali, kub shaklda, ko’p qirrali, va hokozo bo’lishi mumkin. CHangning rangi, ko’pincha, sariq, ammo oq, ko’kish, qizg’ish va hokozo rangli changlar ham bo’ladi. CHang donachalarining katta kichikligi (o’lchami ) 8 dan 800 mikrongacha bo’lishi mumkin.

yetilgan chang hujayrasi bitta yadroli va qo’sh: tashqi hamda ichki qobiqli bo’ladi. Tashqi hujayra ekzina deb ataladi.

Ular har xil o’siqlar, tikanlar, bo’rtiqlar va hatto, ninalar (g’o’zada) bo’ladi, bular changning tumshuqchaga yopishishi uchun yordam beradi. Ichki qobiq ingichka hujayralardan iborat bo’lib, intina deb ataladi.

Tashqi qobiqda teshikchalar bor, chang o’sayotganda ichki qobiqning o’siqlari ular orqali chiqib turadi. Har xil o’simliklarning changlarida teshikchalarning soni turlicha bo’ladi. Masalan boshoqdoshlar changida teshik bitta, liliyada (piyozgulda ) ikkita, g’o’zada ko’p.

CHang donachalarining sirti ba’zida quruq (boshoqdoshlarda), boshqalarida esa yopishqoq bo’ladi. Sirti quruq chang donachalari, asosan, shamol yordamida, yopishqoqlari esa hasharotlar yordamida changlanadigan o’simliklar uchun xos.

CHangning ichida bitta yadroli quyuq tsitoplazma, moy tomchilari va kraxmal donachalari bo’ladi. Odatda chang bitta hujayradan iborat bo’ladi, ammo ba’zan uning tarkibiga 4,8,16 va undan ortiq hujayra kiradi.

CHangchi gulpoya o’sish konusining bo’rtmasidan hosil bo’ladi. Uning keyinchalik o’sishida avval changdonlar shakllanadi, keyin changchi iplari rivojlanadi. CHangchi bo’rtmasining hujayralari oldin bir xil bo’ladi, ammo o’sib borgan sari, ular differentsiatsialana (farqlana) boshlaydi va changchi ipi ichida o’tkazuvchi bog’lamlar paydo bo’ladi, bu bog’lam orqali changchi oziqlanadi.

Rivojlanishning dastlabki davrida changchi bir xildagi parenxima hujayralaridan iborat bo’ladi, biroq keyinchalik hujayra epidermisi ostida yotuvchi hujayrada - changchilarning bo’lajak to’rtta xonachali (chanog’ida) bo’ylama to’siqlar bilan ikki qavatga bo’linadi, bular keyin chang hosil bo’lishida qatnashadi. Epidermis ostida joylashgan tashqi qavatdan keyinchalik changdon devorlarining bir qismini hosil qiluvchi hujayralar, shuningdek, changlar oziqlanishi uchun sarflanadigan changdon hujayralari vujudga keladi. Ichki qavat keyinchalik arxesporiyning maxsus hujayralarini hosil qiladi, ular bo’linib, changning ona hujayralari boshlang’ichlarini beradi.

CHangning ona hujayralari reduktsion bo’linish natijasida to’rttadan chang donachasi, ya’ni xromosomalar soni yarim bo’lgan mikrosporalar beradi. Har qaysi chanoqda ko’p miqdor: bir necha o’ntadan ko’p o’n minglargacha chang rivojlanadi.



Urug’chi (mevachi ) – ginetsey. Gulqo’rg’onning ichki qismi bitta yoki bir nechta urug’chi, ya’ni ginetsey bilan band bo’ladi. Urug’chi - urg’ochi gul organi. Har bir urug’chi bittadan yoki bir nechta urug’chi bargdan rivojlanadi. Urug’chi barglar gul bandi bo’lmagan, pastki qismlari qalinlashgan, shakli o’zgargan barglardir.

Tumshuqcha – urug’chining kengaygan yuqorigi qismi. Uning asosiy vazifasi chang qabul qilishdir. Tumshuqchaning shakli anchagina xilma – xil: u boshcha, cho’tka yoki patcha shaklida bo’ladi. Tumshuqcha, ko’pincha, yopishqoq suyuqlik yoki tuklar bilan qoplangan bo’ladi.

Tuguncha ingichka ipdan iborat ustuncha orqali tumshuqcha bilan birikkan. Ba’zi o’simliklar gulida ustuncha bo’lmaydi. Tugunchaga o’rnashgan tumshuqcha o’troq (bandsiz) tumshuqcha deyiladi. Ustuncha tumshuqchani ko’tarib turib, shamol tarqatgan yoki hasharotlar olib kelgan chang donachalarining yaxshiroq tutilib qolishiga yordam beradi.

Urug’chi uch qismdan: tumshuqcha, ustuncha va tugunchadan iborat. Urug’chining asosiy qismi - tuguncha (pastki qism qalinlashgan urug’chi barg) dir (46-rasm).






Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish