2.Gulning tuzilishi
Gul olti qismdan iborat: gul bandi, gul o’rni, kosachabarg, tojibarg, changchi va urug’chidan tashkil topgan (39-rasm). O’simliklarning gullari nihoyatda xilma-xil bo’lishiga qaramay, ularning bir qator qismlari umumiy bo’ladi. Gulning poya qismi, uning o’qi gulband, uning yuqori kengaygan qismi esa gul o’rni deb ataladi. Gulning shakli har –xil: disksimon, konus shaklida va hokozo bo’lishi mumkin. Gulo’rniga (chet tomonlaridan markazga qarab) quyidagi qismlar: shakli o’zgargan bir nechta bargchadan – kosacha barglardan tuzilgan kosacha birikkan. U gulqo’rg’onni tashqi doirasini tashkil etadi: kosachabarglar qo’shilib o’sgan, ya’ni tutash bargchali yoki qo’shilib o’smagan, ya’ni ayrim bargchali bo’lishi mumkin. Kosacha ichida gulbarglar bor. Gulbarglar yig’indisi gultoj deb ataladi, gultojning rangi har xil: oq, qizil va hokazo bo’ladi. Gultojning gulbarglari bir – biriga qo’shilib o’smagan bo’lsa, erkin gulbargli, agar ular qo’shilib o’sgan bo’lsa, tutash gul bargli gultoj deb ataladi.
300000 turga yaqin o’simliklar gullaydigan o’simliklar guruhiga mansub. Gul o’simliklarda evolyutsion rivojlanishning eng oxirgi davrida hosil bo’lgan bo’lib, ularning jinsiy yo’l hamda jinssiz yo’l bilan ko’paya olishiga imkoniyat yaratgan. Gul-reproduktiv novda hisoblanib, gulkosachabarg, tojibarg, changchi va urug’chidan tashkil topgan. Ular gulda doira shaklida joylashgan. Eng tashqi doirada kosachabarglar, undan ichkarida tojibarglar joylashgan bo’lib, gul markazida urug’chi va undan tashqaridagi doirada changchilar o’rnashgan bo’ladi. Gul qismlarining har biri ma’lum funktsiyani bajaradi. CHangchi va urug’chilar jinsiy ko’payishda ishtirok etasa, gulkosachabarg hamda tojibarglar ularni himoya qilish funktsiyasini bajaradi. Gulda to’rttala qism ham uchrasa- bu gul to’liq gul deyiladi. To’liq bo’lmagan gullarda esa qo’shimcha yoki changchi yoki urug’chi bo’ladi, lekin ikkalasi birgalikda bo’lmaydi. Gulkosachabarglar halqaning pasti va chekkasida o’rnashgan bo’lib ko’pincha yashil tusda uchraydi. G’unchadan gul ochilganda, gulkosachabarg yopilganda ko’zga yaqqol gultoj barglari tashlanadi. Gultoj ichkarida va gulkosachabargdan yuqoriroqda o’rnashgan bo’lib tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladi va ko’pincha yorqin ranglarga bo’yalgan bo’ladi. Bu esa o’z navbatida changatuvchi hasharotlarni jalb etishda katta ahamiyatga ega. Gultojibarglar ko’payish jarayonida muhim vazifalardan birini bajaradi1.
Do'stlaringiz bilan baham: |