Andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi mutaxassislik fanlarini o



Download 1,58 Mb.
bet115/142
Sana12.07.2022
Hajmi1,58 Mb.
#779715
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   142
Bog'liq
OUM mutaxassislik fanlarni o\'qitish metodikasi

1-Topshiriq: Berilgan savollarga javob bering.

O’quv materiali yuzasidan topshiriqlar

Topshiriqni bajarish yuzasidan ko’rsatma

1-guruh

Matnni diqqat bilan o’qib chiqing va quyidagilarni aniqlang:

  1. Gipеrmаtn tехnоlоgiyasining qoʻllаnilishi hаqidа nimаlаr аytа оlаsiz?

  2. HyperCard qurоldir?

  3. Lotus Notes nimа uchun fоydаlаnilаdi?

  4. Gipеr mаtn hujjаtlаr nimаdа vа qаndаy аsоslаrdа yarаtilishi mumkin?

  5. Web-hujjаtlаr nimаlаr?

  6. Web-sеrvеr nimа?

  7. Web-mijоz dеgаndа nimаni tushunаsiz?

  8. HTTP qаndаy til?

Mustaqil ishlang, topshiriqlarga javob yozing va talabalar bilan savol-javobda faol ishtirok eting.



2-Topshiriq: Jadvalni to’ldiring.

Pedagogik texnologiya

Texnologiyalarning didaktik maqsadlari

O’qituvchining faoliyati

O’quvchining faoliyati

Multimеdiа EOʻTlаrni lоyihаlаsh vа ishlаb chiqish qurоlli vоsitаlаrning qimmаti nimаlаrdаn ibоrаt?












3-Topshiriq:
Tа’limdа multimеdiаni fоydаlаnishning аsоsiy ustunligini ishlab chiqing.
Berilgan vazifangizni bayon eting.
5-seminar mashg’uloti
Mavzu: Bilimlarning reyting nazoratini rejalashtirsh, tashkil etish va o‘quv-metodik jihatdan ta’minlash.
Darsning maqsadi: Mavzu bo`yicha olingan nazariy bilimlar yuzasidan amaliy ko`nikmalarni egallash.
Kutilayotgan natija:

  1. Bilimlarning reyting nazoratini rejalashtirsh, tashkil etish.

  2. O‘quv-metodik jihatdan ta’minlash.



Kеrakli jihoz va matеriallar: Ma’ruza matnlari, har xil adabiyotlar, tarqatma materiallari, Kompyuter,proektor,ekran,slaydlar va tarqatmali materiallar


AMALIY TOPSHIRIQLAR:

  1. Mustaqil ta’lim turi?

  2. Reyting nazorat turlari

  3. Oraliq nazorat nima ?

  4. Yakuniy nazorat nima?

  5. Joriy nazorat nima?

  6. Ballik reyting tizimlari?

  7. Mustaqil ta’lim mavzulari ?



Nazariy qism.
Zamonaviy, raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlashda talabalar bilimini nazorat qilish, sinash va baholashning -ahamiyati katta. Agar uni yaxshi yo‘lga qo‘yilmasa, turli-tuman metodlarni qo‘llashimiz, qiziqarli dars o‘tish uchun turli topshiriqlar tayyorlashimizdan qat’i nazar, kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi. Chunki inson ongida har doim o‘z mehnat faoliyatini baholovchi psixologik jarayon ro‘y berib turadi. o‘z ishini natijasi baholanmasa yoki baholanishidan, taqdirlanishidan ko‘ngli to‘lmasa faolligi susayadi, oxir-oqibat «hafsalasi pir» bo‘lishi mumkin.
Qo‘yilgan ta’lim maqsadidan kelib chiqib erishilgan natijani nazorat qilish alohida muhini aharaiyatga ega va u pedagogik tex-nologiyaning asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi. o‘quvchi, talabalarning bilimi va ko‘nikmalarini tekshirish, sinash (o‘lchash) va baholash nazorat deb ataladi.
Nazoratning asosiy didaktik funksiyasi o‘qituvchi va talaba o‘rtasida qaytuvchan aloqani o‘rnatish, o‘quvchi, talabalar tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasi to‘g‘risida xolisona axborotga ega bo‘lish va ular bilimi, ko‘nikmalaridagi kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf qilish uchun chora- tadbirlar ko‘rishdir.
Talabalar bilimini, muntazam tekshirish va baholash ularni predmetni chuqur o‘rganishga undaydi. Baho pedagog uchun o‘qishni rag‘batlantirish, ijobiy o‘quv natijalarini shakllantirish, shaxsga ta’sir etishning asosiy vositasi bo‘lib hisoblanadi. Baholashning adolatli bo‘lishi va bilimiga ko‘ra tabaqalanishi, predmetni puxta o‘zlashtirish uchun intilishga olib keladi.
Baholash faqatgina o‘zlashtirish darajasini aniqlash emas, balki pedagog uchun o‘qishni rag‘batlantirish, ijobiy o‘quv motivlarini shakllantirish, shaxsga ta’sir etishning yagona vositasi bo‘lib hisoblanadi. Xolisona baholash ta’sirida talabalarda unga muvofiq bo‘lgan o‘z-o‘zini baholash, o‘z muvaffaqiyatlariga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lish hissi paydo bo‘ladi.
O‘qituvchi talabalar bilimini sinash va baholash orqali:
- ularning fan bo‘yicha nimalarni bilishi, qanday savollarni chuqurroq o‘rganishi zarurligi, zaif jihatlari aniqlanadi;
- nimalarni, qanday savol, masalalarni o‘zlashtiigani haqida axborotga ega bo‘ladi;
- ota-onalar farzandlarining muvafaqqiyatlari haqida axborot olishadi;
- o‘qituvchi va o‘quv yurti ma’muriyati tomonidan o‘quvchi- talabalar bilimini baholash orqali ularni kursdan kursga ko‘chiris haqida qaror qabul qilinadi.
Nazorat ta’lim-tarbiya jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, qator funksiyalarni bajaradi:
1. Tashhislovchi funksiyasi. Talabalarning xislat, fazilatlari, o‘quv va ijtimoiy faoliyatining turli jihatlari aniqlanadi.Ilmiy asoslangan axborot olinadi. Tashhislashdan maqsad kadrlar tayyolash sifatini boshqarishdir.
2. O‘qituvchi-o‘rgatuvchi funksiyasi. Talabalarning o‘zlashtirishiga ta’sir ko‘rsatadi, ularning faolligini oshiradi. O‘quv faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil qilish, o‘qishga ijodiy munosabatda bo‘lish, ijobiy fazilatlarini namoyon qilish va uni rivojlantirishga undaydi.
3. Tarbiyalovchi funksiyasi. Talabalarning salbiy tomonlarini minimallashtirish uchun muhit yaratiladi.
4. Rivojlantiruvchi funksiyasi. Talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ko‘nikma, malakalarini tashhislash orqali o‘zgartirishlar kiritish, dunyoqarashining kengayishi, ijtimoiy tajribasini ortishida o‘z aksini topadi.
Talabalar bilimini sinash va baholash nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lib, uni amalga oshirishning qator tamoyillari mavjud.
Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy tamoyillari:
—barcha talabalarni jalb etish;
—dastur materiallarini to‘la qamrab olish;
—talabalarga oshkora yondashish;
—talabalar bilimini adolatli baholash;
—muntazam tarzda nazorat va baholashni amalga oshirishga rioya qilish, ularni o‘z ustida tinimsiz ishlash, o‘qish, o‘rganishga undaydi.
Oliy ta’limda joriy nazoratda fanning har bir mavzusi bo‘yicha talabaning o‘zlashtirishi aniqlanib, baholab boriladi. U odatda, seminar darslari, amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari jarayonida amalga oshiriladi. Joriy baholash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun ajratilgan har bir mavzu bo‘yicha talabaning adabiyotlardan olgan konspekti, bilimi, mustaqil ijodiy fikr-mulohazalari, dars o‘tish metodlari bo‘yicha berilgan topshiriqlarai bajarishi, mustaqil ishi natijalari va amaliy ko‘nikmalarini aniqlab borish nazarda tutiladi va u amaliy mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi, semestr davomida 2 davrada o‘tkaziladi.
—Oraliq nazorat semestr, o‘quv yili davomida fanning bir necha mavzusi, qismi, bo‘limi bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlar o‘tib bo‘lingandan so‘ng o‘tkaziladi. Unda muayyan savol, muammo, test, masala-mashq va boshqalar yordamida talabaning mavzuni o‘zlashtirish darajasi, qobiliyati, mahorati aniqlabadi va baholanadi.
—Oraliq baholash ham semestr davomida 2 davrada o‘tkaziladi. Talabalarning bilimi birinchi va ikkinchi davrada fanning texnologik xaritasida ko‘rsatilgan mavzularini qamrab olgan hold baholanadi. Oraliq baholashda talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ma’ruzalar, unda talabaning faolligi, o‘tilgan mavzular bo‘yicha og‘zaki, yozma ish, test va talabaning mustaqil ishi nazarda tutilgan holda
baholanadi.
—Mustaqil ishlash uchun berilgan topshiriqlar reyting jadvaliga muvofiq joriy va oraliq baholashga qo‘shiladi.
—Yakuniynazoratga, fanning semestr yoki o‘quv yili davomida o‘tilgan hajmi doirasida talabaning fanni o‘zlashtirish darajasi baholanadi. Yakuniy baho turiga ajratilgan ballar miqdori, o‘quv rejasida fanga semestr yoki o‘quv yili uchun ajratilgan soatning 30 foizi miqdorida belgilanadi. Yakuniy baholash semestrp yakunida o‘tkazilib, yakuniy baholashda talabaning bilim, ko‘nikma va malakalari ishchi o‘quv dasturidan kelib chiqqan holda, fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. Yakuniy baholash o‘g‘zaki so‘rash, amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarish, suhbat, yozma ish, masala-mashq yechish yoki test otkazish usulida amalga oshiriladi.
—Talabalar bilimini reyting tizimi bo‘yicha baholashning yozma ish usuli talabalarda mustaqil, ijodiy fikrlash, o‘z fikrini yozma ifodalash ko‘nikmalrini rivojlantiradi. Yozma ish oraliq baholash, yakuniy baholash, yakuniy Davlat attesttsiyasi kurslarida amalga oshirilishi mumkin.
—Yozma ish yakuniy baholash shaklida o‘tkaziladigan bo‘lsa, savollar kafedra tomonidan ishlab chiqilib, o‘quv yili boshlanishida kafedra majlislarida muhokama etiladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Yozma ish hajmi talabaning fan bo‘yicha tasawuri, bilimi va amaliy ko‘nikmasini baholash uchun yetarli bo‘lishi zarur. Uning hajmi kafedra tomonidan belgilanadi va fakultet kengashida tasdiqlanadi. Yozma ishlarni baholash mezonlari kafedralar tomonidan ishlab chiqiladi.
Fan bo‘yicha JB va OB turlarida talaba to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal reyting ballning miqdori, o‘quv rejasida fanga semestr yoki o‘quv yili uchun ajratilgan soatning 85 foizi miqdorida belgilanadi: JB - ball, OB - 42 ball. Talaba o‘rganayotgan fani bo‘yicha har bir nazorat bo‘yicha maksimal ballning kamida 56 foizini to‘plagan bo‘lishi kerak. Undan kam ball to‘plagan talabaning fanni o‘zlashtirishi qoniqarsiz deb hisoblanadi.
Yakuniy nazorat yozma ish shaklida tayanch tushuncha va iboralar mazmunini yoritib berish darajasi yoki talabaning fanni o‘zlashtirganligi darajasiga qarab baholash asosida amalga oshiriladi va unga maksiraum 15 ball ajratiladi.
Semestr davomida fanlar bo‘yicha to‘plagan ballar maksimal ballning:
86 — 100 foizini tashkil etsa, «a’lo»;
71 — 85 foizini tashkil etsa, «yaxshi»;
56 — 70 foizini tashkil etsa, «qoniqarli»;
55 foiz va undan kam bo‘lsa, «qoniqarsiz» baholanadi. Bilimini sinash va baholashda quyidagi namunaviy mezonlar inobatga olinadi. Talabalar bilimini sinash va baholash usullari
Talabalar bilimini sinash va baholashda qanday usulni tanlash, o‘tilayotgan fan, qo‘yilgan maqsad, o‘qituvchining tanlovi kabilarga bog‘liq.
.

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish