1-Topshiriq: Berilgan savollarga javob bering.
O’quv materiali yuzasidan topshiriqlar
|
Topshiriqni bajarish yuzasidan ko’rsatma
|
1-guruh
|
Matnni diqqat bilan o’qib chiqing va quyidagilarni aniqlang:
O‘quv-metodik majmua tarkini nimalardan iborat.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsad va vazifalari.
O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablar
Ilmiy-metodik talablar
|
Mustaqil ishlang, topshiriqlarga javob yozing va talabalar bilan savol-javobda faol ishtirok eting.
|
2-Topshiriq: Jadvalni to’ldiring.
Pedagogik texnologiya
|
Texnologiyalarning didaktik maqsadlari
|
O’qituvchining faoliyati
|
O’quvchining faoliyati
|
Gigiyenik talablar
|
|
|
|
3-Topshiriq:
Estetik talablarni ishlab chiqing.
Berilgan vazifangizni bayon eting.
7-seminar mashg’uloti
Mavzu: Mutahassislik fanlari bo’yicha ma’ruza mashg’ulotlarni o’tish metodikasi.
Darsning maqsadi: Mavzu bo`yicha olingan nazariy bilimlar yuzasidan amaliy ko`nikmalarni egallash.
Kutilayotgan natija:
1.Mutahassislik fanlari bo’yicha ma’ruza mashg’ulotlarni o’tish metodikasi.
2. Ma’ruza nima?
Kеrakli jihoz va matеriallar: Ma’ruza matnlari, har xil adabiyotlar, tarqatma materiallari, kompyuter,proektor,ekran,slaydlar va tarqatmali materiallar
AMALIY TOPSHIRIQLAR:
Ta’lim tizimida eng ko’p qo’llaniladigan dars turlari?
Ma’ruza nima?
Ma’ruza o’qitishning funksiyalari?
Ma’ruzada darsni uch kursi.
Ma’ruza matnining asosiy qismini ochib beradigan hususiyatlar.
Qisqacha nazariy qism. Hozirgi kunda ta’limning quyidagi shakllari ajratilib kо’rsatiladi: individual;individual – guruhli; sinf – dars; ma’ruza – seminarli;amaliy tashjiba,laboratoriya sinfdan tashqari; auditoriyadan tashqari; maktab va maktabdan tashqari. Darsda bilimlarning о’zlashtirilishi, malaka va kо’nikmalarning hosil qilinishi murakkab dinamik jarayondir. О’quv materialini о’rganishning turli vazifalari, yо’llari, usullari va vositalari vujudga keladi. Buning natijasida darsning juda kо’p turlari, uning har xil variantlari paydo bо’ladi. Ayni vaqtda ta’lim tizimida eng kо’p qо’llaniladigan dars turlari quyidagilardir:
1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
2. О’tilgan materialni mustahkamlash darsi.
3. Ta’lim oluvchilarning bilim, kо’nikma va malakalarini tekshirish darsi;
4. Takroriy – umumlashtiruvchi dars.
5. Aralash dars.
Bugungi kunda zamonaviy о’quv muassasalari faoliyatida о’qitish shakllaridan biri bо’lish ma’ruzadan foydalanish keng tarqalgan. Ma’ruza darslarini tashkil etish ancha murakkab va kо’p mehnat talab qiladigan faoliyatdir. Ma’ruza darsi tajribali, yuksak darajada pedagogik mahoratga ega bо’lgan ta’lim beruvchining intellektual salohiyati asosida tashkil etiladi. Ta’lim amaliyotida ma’ruzaning quyidagi turlaridan keng foydalanilmoqda: ma’ruza – hikoya; ma’ruza – suhbat; ma’ruza – munozara; ommaviy ma’ruza. Ma’ruzalar yozma shaklda ifoda etiladi. Shu bois ma’ruza – о’qituvchi tomonidan ma’ruza mavzusi yuzasidan reja va ma’ruza matni tayyorlanadi. Umumiy qoidaga binoan ma’ruza bir dars davomida oxiriga yetmay qolsa, u yangi mashg’ulotda davom ettiriladi. Har bir mavzu bо’yicha ma’ruza materiallari tushuntirib bо’lingan, ta’lim oluvchilar bilan savol – javob о’tkaziladi. Shuningdek, har bir mavzu yuzasidan foydalanish lozim bо’lgan adabiyotlar rо’yxati taqdim etiladi.
Ma’ruza o’quv jarayonining asosiy bo’g’ini, dars o’tishning asosiy shakllaridan biridir. Ma’ruza bilimni so’z bilan ifodalash, og’zaki bayon qilish ko’zda tutilgan, hajmining kattaligi, mantiqiy qurilishi, umumlashtnrnshning murakkabligi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |