Kurs ishini bajarish va himoya qilish tartibi Kurs ishi mavzusi tasdiqlangandan keyin rahbar tomonidan talabaga o‘quv semestrining 1- yoki 3- xaftalarida beriladi. Kurs ishi mavzusi asosida kurs ishini bajarish topshirig‘i tuziladi (rahbar bilan talabaga birgalikda) va talaba uni bajarish uchun qabul qiladi. Topshiriq varag‘i namunasi 3-ilovada keltirilgan. Kurs ishining topshirig‘ida talaba uchun bajarilishi kerak bo‘lgan hamma vazifalar to‘liq bayon qilinishi kerak.
Topshiriq varaqasida vazifalarni bajarish muddatlari (xaftada) ko‘rsatilishi shart. Bajarilish muddatlari asosida talabani kurs ishini olib borishi nazorat qilib boriladi. Talaba topshiriqni olgandan keyin kurs ishini reja asosida doimiy ravishda bajarishga kirishishi kerak. Talaba rahbar o‘qituvchi tashkil etgan maslaxatlarga kelishi, to‘liq bajarilgan kurs ishining qismlarini rahbarga ko‘rsatib borishi kerak.
Kurs ishi rahbari talabaga kurs ishining topshiriqlarini bajarilishini tushuntirishi, qo‘yilgan vazifani bajarilish yo‘llarini va uslublarini ko‘rsatishi, unga kurs ishini bajarishda uslubiy yordam berish kerak. Rahbar maslahat kuni, soatini va xonasini talabalarga yetkazishi kerak.
Talaba kurs ishini (rahbar, kafedraning biror o‘qituvchisi yoki kafedra mudiri imzo qo‘yganidan so‘ng) komissiya oldida himoya qiladi. Komissiyani tarkibi kafedrada hal qilinadi. Komissiyani xulosasi bilan kurs ishi reyting sistemasi asosida baholanadi. Komissiyaga talaba kurs ishi mavzusi bo‘yicha bajarilgan topshiriqni va shu asosida tayyorlangan tushuntirish xatini taqdim etishi kerak. Talaba ishni ximoya qilish davomida o‘z mustaqil fikrlarini bildirishi alohida hisobga olinadi. Komissiya aozolarining mavzu bo‘yicha berilgan savollarga javob berishi kerak.
Tushuntirish xati mazmuni, hajmi va yozilish talablari
Bajarilgan kurs ishi uchun tushuntirish xati yoziladi. Tushuntirish xati quyidagi qismlardan va ko‘rsatilgan tartibda yozilishi kerak:
Titul varag‘i.
Topshiriq varag‘i.
Mundarija.
Kirish.
Nazariy qism.
Mavzuda berilgan qurilmaning to‘liq xarakteristikasi
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Tushuntirish xatining titul varag‘i, topshiriq varag‘ining formalari 2- va 3- ilovalarida ko‘rsatilgan. Tushuntirish xatining qolgan qismlarini yozish ushbu ko‘rsatmaning 3- qismda to‘liq yoritilgan.
Tushuntirish xati A4 formatli oq qog‘ozga yoziladi, unda yuqoridan –10 mm, chapdan – 30 mm, o‘ngdan – 10 mm va pastdan -10mm tashlab yozish taklif qilinadi. Tushuntirish xatini yozishda kompyuterdan foydalanib yozish yoki qo‘lda yozish xam mumkin. Tushuntirish xatining xajmi qo‘lda yozilganda 20-25 betdan kompyuterda yozilganda esa 15-20 betdan kam bo‘lmasligi kerak.
2.1. Kirish. Kirish qismida kurs ishining asosiy maqsadi va vazifalari, EHM ning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, mutaxassislar bilishi zarur bo‘lgan asosiy bilimlar majmui xamda uning arxitekturasi xhaqida ma’lumot keltirilishi zarur.
2.2.Nazariy qism. Bu qismda kurs ishida bajarilayotgan vazifalarni nazariy asoslari ko‘rsatilishi kerak.
Bundan tashqari kompyuterlar ishlaydigan muhitlar haqida ma’lumotlar, qanday operatsion sistemada ishlashi, bajaradigan umumiy vazifalari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot keltirishlari zarur bo‘ladi.
Bu qismda dasturni ishga tushiruvchi, yordamchi fayllari haqida yozilishi kerak. Bundan tashqari dastur ishga tushganda hosil bo‘ladigan boshlang‘ich oyna yoki ko‘rinish, dastur bajara oladigan protsesslar, ularni analiz qilish va shu orqali dasturni to‘liq ishlash prinsipi yoritilishi kerak.
2.4. Xulosa Xulosa qismida mavzuda berilgan vazifani yoritish jarayonida talabada paydo bo‘lgan ijodiy fikrlar to‘g‘risida va o‘rganilgan tizimni takomillashtirish usullari haqida, boshqa shu tipdagi qurilmalarning afzalliklari ko‘rsatilishi mumkin.
2.5. Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati Adabiyotlar ro‘yxati bibliografiya qoidalariga rioya qilgan holda yozilgan bo‘lishi kerak: avtorning familiyasi, ismi, adabiyotning nomi, nashriyot nomi, chikarilgan yili. Adabiyotlar tartib bilan yoziladi. Raqamlar tushutirish xatida shu adabiyotga murojaat qilish uchun ishlatiladi.