Ishlab chiqarish shovqini va tebranishlar Mashg‘ulotini o‘qitish texnologiyasi



Download 37,67 Kb.
Sana27.06.2021
Hajmi37,67 Kb.
#102867
Bog'liq
Ishlab chiqarish shovqini va tebranishlar


Aim.uz

Ishlab chiqarish shovqini va tebranishlar
Mashg‘ulotini o‘qitish texnologiyasi

Vaqti- 2 soat

Talabalar soni: 58 - 63 nafar

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Vizual ma’ruza

O‘qitish texnologiyasi

Muammoli

Ma’ruza mashg‘ulotining rejasi

1. Shovqin haqida umumiy ma’lumotlar.

2. Shovqinga qarshi kurash usullari.

3. Shovqindan himoyalanish usullari va vositalari.

4. Jamoa va shaxsiy himoya vositalari.



O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: shovqin haqida umumiy ma’lumotlar, shovqinga qarshi kurash usullari, shovqindan himoyalanish usullari va vositalari, jamoa va shaxsiy himoya vositalarining qo‘llash usullari.

Pedagogik vazifalar:

- shovqin haqida umumiy ma’lumotlarga ta’rif bYerishi;

- shovqinga qarshi kurash usullari to‘g‘risida ma’lumot bYerishi;

- jamoa va shaxsiy himoya vositalari.



O‘quv faoliyatining natijalari:

Talaba:


- shovqin haqida umumiy ma’lumotlarga ta’rif bYerish;

- shovqinga qarshi kurash usullari yozishi;

- shovqindan himoyalanish usullari va vositalari aytib bYerishi;

- jamoa va shaxsiy himoya vositalari.



O‘qitish uslubi va texnikasi

Vizual ma’ruza, blits-so‘rov, bayon qilish, klastYer, «ha-yo‘q» texnikasi

O‘qitish vositalari

Ma’ruzalar matni, proektor, tarqatma matYeriallar, grafik organayzYerlar.

O‘qitish shakli

Jamoa, guruh va juftlikda ishlash.

O‘qitish shart-sharoiti

Proektor, kompyutYer bilan jihozlangan auditoriya.

Mavzularning tayanch iboralari nomi:

1. SHovqin.

2.SHovqinga qarshi kurash.

3. SHovqindan himoya-lanish usullari.

4. Jamoa va shaxsiy himoya vositalari.


Tayanch iboralarning o‘quv maqsadlari:

1. Shovqin haqida umumiy ma’lumotlar.

2. Shovqinga qarshi kurash usullari.

3. Shovqindan himoyalanish usullari va vosita-lari.

4. Jamoa va shaxsiy himoya vositalari.


Mustaqil ish:

-darslik va o‘quv qo‘llan-malar bo‘yicha fan bobla-ri va mavzularini o‘rga-nish;

-maxsus adabiyotlar bo‘yi-cha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

-masofaviy (distansion) ta’lim.



Talabalar:

- shovqin haqida umumiy ma’lumotlar.

- shovqinga qarshi kurash usullari.

- shovqindan himoyalanish usullari va vositalari.

- jamoa va shaxsiy himoya vositalari.

- intYernet yangiliklarini to‘playdi.





O‘quv-ilmiy adabiyotlar


1. N.H. Avliyoqulov Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari Toshkent- 2001y.

2. N.H. Avliyoqulov O‘qitishning modul tizimi va pedogogik texnologiyasi amaliy asoslari Boxoro 2002y.

3. N.H. Avliyoqulov, N.N.Musaeva Pedagogik texnologiyalar. Fan va texnologiya nashriyoti, 2008y.

4. A.T. Murodov, S.N. SHodiev Mehnatni muhofaza qilish. Ma’ruzalar matni. B, 2003 y.

5. G‘. YOrmatov, YO. Isomuhamedov Mehnatni muhofaza qilish. T., «O‘zbekiston», 2002 y.

6. X. Azimov. Qurilishda mehnat havfsizligi Fan 1997y

7. O‘. Yo‘ldoshev, U. Usmonov, O. Qudratov Mehnatni muhofaza qilish mehnat 2001y.

8. P.V.Soluyanov Praktikum po Oxrane truda.

9. IntYernet ma’lumotlari:

Ma’ruza mashg‘ulotini texnologik kartasi (7-mashg‘ulot)



Bosqichlar vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich Kirish (10min)

1.1 Mavzu, uning maqsadi, o‘quv mashg‘ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi

1.1. Eshitadi, yozib oladi.

2-bosqich Asosiy

(60 min)


2.1. Talabalar e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javob o‘tkazadi.

2.2. O‘qituvchi vizual matYeriallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon etishda davom etadi.

2.3. SHovqin va titrash to‘g‘risida ma’lumot bYeradi va tushunchalarini sharhlaydi.

Mavzuga taalluqli taqdimot matYeriallarini namoyish qiladi.

2.4. Quyidagi savollardan foyda-langan holda mavzu yoritiladi:

- shovqin va titrash haqida ta’riflab bYering;

- shovqin va titrashga qarshi kurash usullari.

- shovqindan himoyalanish usullari va vositalari.

- titrashdan himoyalanish usullari va vositalari.

- jamoa va shaxsiy himoya vositalari aytib bYering.

2.4. Talabalarga mavzuning asosiy tushunchalariga e’tibor qilishni va yozib olishlarini ta’kidlaydi.


2.1. Eshitadi, navbat bilan javob bYeradi.

2.2. Eshitadi, yozib oladi.



3-bosqich

YAkuniy


(10min)

3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalalarga qaratadi.

Faol ishtirok etgan talabalarni rag‘batlantiradi.

Mustaqil ish uchun vazifa, sxemalarni chizishni vazifa qilib bYeradi, baholaydi.


3.1. Eshitadi, aniq-lashtiradi.
3.2. Topshiriqni yozib oladi.

Shovqindan himoyalash.


Korxona va ishlab chiqarishdagi texnologik protsesslarda, jihozlar ishlayotganida shovqin paydo bo’ladi. Ishlayotgan tosh maydalagichlar, tegirmonlar, kompressorlar va ventilyasiya ustanovkalari, mexanizatsiyalashtirilgan asboblar va boshqa jixozlar shovqinning asosiy manbalaridir. Shovqin va titrash elastik muxit zarralarining tulkinsimon tarkaladigan tebranma harakatidir. Ularning insonga ta’siri tebranishlar chastotasiga boglik. 16 Gs dan kam chastotali tebranishlar odamga silkinish-titrash kabi ta’sir kiladi. 16-20000 Gs chastotali tebranishlar shovqin hosil qiladi. Detsibal (B) da ifodalanadigan tovush bosimi darajalari quyidagi formulada hisoblanadi.

, B

bunda P – bYerilgan () dagi tovush bosimi, n/m2

Po – tovush bosimining minimal kattaligi, n/m2 (Po=2105)

Har xil shovqin manbalari hosil qiladigan tovush bosimining taxminiy darajalari quyidagiga teng (B):

- Pnevmatik asbob ishlaganda (1m masofada) – 110-120 B

- Kompressor stansiyasi ishlaganda – 110 B

- Metall kirkish stanogi ishlaganda – 93-114 B

- Bolta pulat plitaga urilganda – 114 B

- 1 m da urtacha ovoz bilan gapirilganda – 60 B

- Reaktiv dvigatel ishlaganda – 140 B dan yukori.

- Og’irlikni sezish busag’asi – 130-140 B

Bir necha manbadan 1 xil masofada joylashgan nuqtadan chiqadigan shovqin kuchi quyidagi formulada aniqlanadi.

L=L1+10 lgN

bunda L1 – bitta manbadan chiqadigan shovqin kuchining darajasi, B;


N-shovqin manbalarining soni. Shovqin kuchining darajasi 80 B dan yuqori bo’lganda uning balandligi chastotasiga deyarli bog’lik bo’lmaydi.
Shovqinning odamga ta’siri. Sanitariya normalari.

O’lchash asboblari.

Shovqin odamning ishlash kabilyatiga yomon ta’sir kilib, ba’zida korxonada umuman ishlab chiqarishda diqqat e’tiborning va reaksiya tezligining pasayishi, avariyaga olib keladi. Intensiv shovqin (95-100 B) uzoq vaqt ta’sir etganda ayrim ishchilarning boshi og’riydi yoki aylanadi, o’zi qattiq charchaydi, tez jahli chiqadi. Muayyan parametrli titrash uzoq vaqt ta’sir etganda ishlovchilar organizmining, asosan, pYerifYerik va markaziy nYerv sistemasining faoliyati buziladi. Odam holsizlanadi, qo’llarida og’rik paydo bo’ladi, barmoqlar tomiri tortishib, uyushib qolishi, sovuqda esa qo’llar ko’karib, og’rishi mumkin. Shovqin va titrash kuchi darajasining belgilangan normalarga mosligini aniklash uchun ISHV – 1 pribori va SH – 3m; SH – 71 shovqin ulchagichlardan foydalaniladi.

Xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga shovqin va titrashning ta’sirini kamaytirishda individual ximoya vositalari ishlatiladi. Ular jumlasiga tashki antifon (naushniklar) va ichki anitifonlar (paxta bulaklari, govakli rezinadan kilingan probkalar va xokazolar) kiradi. Kulokka tigiz tikilgan vkladish va naushniklar yukori chastotali shovqinni 1530 B ga pasaytiradi. 2 katlamli (ip gazlama va rezina) xamda porolondan tikilgan vibrosundiruvchi kulkoplar, shuningdek, tagi kalin (mikrogovakli rezinadan ishlangan taglikli) poyabzal xam keng ishlatiladi.


SHovqindan saqlanish

Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida sanoat korxonalarda shovqinga qarshi kurash masalalari muhim muammolar qatoriga kiradi.

SHovqinning oqibatlari ma’lum. U birinchi navbatda ishlab chiqarishda mehnat qilayotgan kishilarni ma’naviy toliqtiradi, shovqin chiqarish jarayonini boshqarayotgan opYeratorlar ishiga xalal bYerib, ularni har xil xatolarga yo‘l qo‘yishlariga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarish jarohatlanishlari kelib chiqishining asosiy manbai hisoblanadi.

Katta shovqin ta’sirida insonning asab tizimlari charchab, eshitish faoliyati susayib ketadi. SHuning uchun ham sanoat korxonalarida shovqinni kamaytirish chora-tadbirlarini belgilash inson salomatligini saqlashdek juda muhim ijtimoiy ahamiyatga molikdir.

Odam uchun yokimsiz bo‘lgan har qanday tovushlar shovqin deb ataladi. Jismlarning bir-biriga urilishi, ishqalanishi va muvozanat holatining buzilishi natijasida hosil bo‘lgan havoning elastik tebranishi harakati qattiq, suyuq va gazsimon muhitda to‘lqin hosil qilib tarqaladi. Bunda muhit zarralari muvozanat holatiga nisbatan tebranish hosil qiladi va tebranish tezligi to‘lqinlar tarqalish tezligidan ancha kichik bo‘ladi.

Tovush to‘lqinlari ma’lum chegaragacha tarqalishi mumkin. Mana shu chegara oraliq tovush maydoni deb ataladi. Tovush maydonidagi har bir nuqtada havo zarralarining harakat tezligi vaqt birligida o‘zgarib turadi. Bir lahzada kuzatilgan havo to‘liq bosimining ta’sir kuchidan xoli bo‘lgan havoning o‘rtacha bosimiga nisbati tovush bosimi deb ataladi va R bilan belgilanadi. Tovush bosimining o‘lchov birligi Pa.

Tovush bosimining tebranish tezligiga nisbati tebranish amplitudasiga bog‘liq emas. U R/V=RS (Pa*s/m) ga teng.

Bunda R – muhitning solishtirma akustik qarshiligi. Bu havo uchun R-410 Pa s/m, suv uchun 1,5*106 va po‘lat uchun 4,8*107 Pa s/m ga teng.

SHovqin to‘lqinlari tarqarganda ma’lum miqdordagi enYergiya bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko‘chiriladi. Muhitning qandaydir nuqtasida vaqt birligidagi o‘rtacha enYergiya oqimi, to‘lqin tarqalishi yo‘nalishida yuza birligiga keltirilsa, uni shu nuqtadagi tovush tig‘izligi deb ataladi va J bilan belgilanib, Vt/m2 bilan o‘lchanadi.

J=P2/rS P=2*10-5 Pa,

S - tebranish tezligi, m/s

R – muhitning solishtirma akustik qarshiligi.

Odam qulog‘i (Bel) B birlikdagi tovushning o‘ndan birini ham yaxshi farqlaydi. SHuning uchun sanoat korxonalarida shovqinni o‘lchashning dB birligi qabul qilingan.

Tovush darajasi quyidagicha aniqlanadi.



Tovush bosimi bo‘yicha esa,



Tovush darajasini tig‘izligi bo‘yicha aniqlash, asosan akustik hisoblash ishlarida qo‘llaniladi, bosim bo‘yicha aniqlash esa shovqinni o‘lchash va uning inson organizmiga ta’siri darajasini belgilashda qo‘llaniladi. CHunki inson organizmi shovqinning tig‘izligini emas, bosimning o‘rtacha geometrik miqdorini sezadi.

Agar birdan – bir nuqtaga bir necha manbaning shovqini ta’sir qilayotgan bo‘lsa, ularning darajasi emas, balki tig‘izligi qo‘shiladi.

J=J1+J2+…+Jn

Agar biror sanoat korxonasida bir xil darajada shovqin chiqaruvchi bir necha mexanizm o‘rnatilgan bo‘lsa, unda umumiy shovqin darajasi quyidagicha aniqlanadi.

L=L1+10 lgn

L1 – bitta mashina chiqarayotgan shovqin.

Bu formuladan ko‘rinib turibdiki, ikkita bir xil shovqin chiqaruvchi manbaning shovqini bittasinikiga nisbatan 3 dB ortiq bo‘ladi.

Odam qulog‘i ma’lum chastotadagi tovushlarni eshitish qobilyatiga ega. Bu chastotalar 16 Gs dan 20 000 Gs gacha bo‘lgan diapazonni tashkil qiladi. 16 Gs dan kichik va 20 000 Gs dan katta bo‘lgan chastotadagi tovushlar infra va ultra tovushlar deb ataladi.

Tovushga qarshi kurash chora-tadbirlarni belgilashda shovqinning o‘rtacha geometrik chastota oraliqlari aniqlanadi, bu oraliqlar quyidagicha belgilanadi, o‘rtacha geometrik chastota oraliqlari: 63 (45-90) (qavsda shu chastotani ifodalaydigan chegara miqdorlar bYerilgan), 125 (90-180), 250 (180-355), 500 (355-710), 1000 (710-1400), 2000 (1400-2800), 4000 (2800-5600), 800 (5600-11200).

SHovqinning zararli ta’siri, normalari

Eshitiladigan shovqinlar ma’lum chastotalar (16-20 000 Gs) bilan chegaralanib qolmasdan, ma’lum chegaradagi eshitilish darajasi va bosimi bilan ham farqlanadi. SHovqin darajasiga va haraktYeriga qarab, ular inson organizmiga har xil ta’sir qo‘rsatadi. SHovqin ta’sir darajasining o‘zgarishida uning ta’sir davri va odamning shaxsiy xususiyatlari ham ma’lum rol o‘ynaydi. SHuning uchun ham shovqin hammaga bir xil ta’sir ko‘rsatadi deb bo‘lmaydi. Unga katta bo‘lmagan shovqinlar (50-60 dB) ham inson asab tizimiga sezilarli ta’sir etadi. Ayniqsa, shovqinlarning ta’siri aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilarda ko‘proq seziladi. Umuman, bunday shovqinlarning ta’siri har xil odamda har xil bo‘ladi. Ba’zilar bunday shovqinlarga mutlaqo ahamiyat bYermaydilar, ba’zilar esa keskin asabiylashadilar.

Ma’lumki, ba’zi bir jiddiy kasalliklarga chalingan bemorlar, masalan, qon bosimi, ichak va oshqozon yarasi va ba’zi tYeri kasalliklari, asab kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarning mehnat qilish va dam olish rejimlari umuman kasallik tufayli buzilgan bo‘ladi. Bunday kasallar uchun ortiqcha shovqinning bo‘lishi ularning nihoyat darajada toliqishiga olib keladi. Agar bu shovqinlar tunlarda bo‘lsa, og‘ir asoratli kasallarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. YOsh va sog‘lom odamlar uchun bunday shovqinlar butunlay zararsizdir.

Agar shovqin darajasi 85-90 dB ga etsa, bunday ishlayotgan har qanday odamning birinchi navbatda yuqori chastotadagi tovushlarni eshitish qobiliyati susayada. Uzoq vaqt kuchli shovqin ta’sirida ishlagan odam tez toliqib, befarq, hatto kar bo‘lib qolishi mumkin.

SHovqinning bosh miya qobig‘iga ta’siri natijasida odam asabiylashadi, toliqish jarayoni tezlashadi, psixik reaksiyasi keskin o‘zgaradi. Oqibatda jarohatlanishlar sodir bo‘lishi mumkin.

Agar shovqin darajasi 145 dB dan yuqori bo‘lsa odam qulog‘ining pardasi yirtilishi mumkin.

Doimiy shovqinlar uchun shovqin bosimi darajalari 63, 125, 250, 500, 1000, 2000, 4000, 8000 Gs larda normalanadi.

Hisoblash sakkizta oktava oraliq bo‘yicha ayrim-ayrim o‘tkaziladi. Hisoblab topilgan shovqin darajalari qiymati yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan qiymatlar bilan solishtiriladi va kamaytirilishi zarur bo‘lgan shovqin darajasi miqdori aniqlanadi (dB) .

Agar shovqin yopiq binoda bo‘lsa (pol, devor, tom yopma), xuddi shunday shovqinga nisbatan 10-15 dB ortib ketishi mumkin.
Shovqinga qarshi kurash usullari.
Shovqinga qarshi kurash chora-tadbirlari quyidagi usullarda olib boriladi:

Shovqinni ajralib chiqayotgan manbaida kamaytirish.

Shovqinning tarqalish yo‘nalishini o‘zgartirish.

Sanoat korxonalari va sexlarini oqilona rejalashtirish.

Sanoat korxonalari xonalariga akustik ishlov bYerish.

Shovqinni tarqalish yo‘lida kamaytirish.


Shovqinning kelib chiqishiga asosiy sabab – mashina va mexanizm yoki uning ayrim qismlari o‘z harakati natijasida havoda elastik to‘lqinlar harakatini vujudga keltiradi.

Shovqin chiqayotgan manba agar biror-bir tomonga yo‘naltirilgan bo‘lsa, uning qarama-qarshi tomonida tovushning bosim darajasini 10-15 dB gacha kamaytirish imkoniyati bor.

Sovqin darajasini pasaytirish uchun xonalar devoriga ishlov bYerish, ya’ni shovqin yutuvchi matYeriallar bilan jihozlash. Sanoat korxonalarida shovqin darajasining ortib ketishiga shovqinning biror-bir to‘siqqa, xona devoriga, shiftga urilib qaytishi natijasida tovush to‘lqinlarining kuchayishi mumkin. Ana shu qaytgan to‘lqinni kamaytirish chora tadbirlarini ko‘rish. Bular akustik ishlov bYerish ishlari deyiladi.
Titrash haqida umumiy ma’lumotlar.

Titrash qattiq, suyuq, gazsimon va boshqa xil jismlarning mexanik tebranishlaridir.

Me’yordan yuqori, uzoq ta’sir etgan shovqin va titrashlar, keyinchalik organizmini zararlantirib, og‘ir kasbiy kasalliklar kelib chiqishi sababchisidir.

Sukunatni buzib, foydali tovush eshitishga xalaqit bYeradigan tovushlarga shovqin deb ataladi.

Titrash qattiq jismlar, mashina va jihozlarning tebranishidir. Kuchli, keskin va uzoq davom etadigan shovqin va titrashlar insonning sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, natijada insonni tez charchatadi, ish unumdorligini pasaytiradi, asab va yurak tizimini ish faoliyatini buzadi.

Insoning eshitish organi mexanik tebranishning 16 - 20000 Gs.gacha bo‘lgan to‘lqinlarini eshitadi. 15 Gs. dan past chastotadagi shovqin infratovush, 20000 Gs. dan yuqorisi esa ultratovush hisoblanib, inson organizmiga salbiy biologik ta’sir ko‘rsatadi.

Tovush intensivligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

J = P2/ρ · C bu Yerda:

J – tovush intensivligi, vt/m2; P – tovush bosimining miqdori, Pa; ρ – muhit zichligi kg/m3; C – tovush tezligi, m/s.

Tovush to‘lqinlarining 200 S haroratli muhitidagi tarqalish tezligi 343 m/s, po‘latda 5000 m/s, betonda 4000 m/s. ga teng.

Mashina va uskunalarda, kommunikatsiya va qurilmalarda mexanizatsiya-larning harakatdagi qismlarining nosozligi sababli, suyuqlik va gazlar quvurlar orqali bosim ostida uzatilganda paydo bo‘ladigan qisqa to‘lqinli tebranishlar titrash deb ataladi.

Titrash quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi:

-titrash chastotasi f (Gs); -titrash amplitudasi A (mm); -titrash tezligi V (mm/s); -titrash tezlanishi w (mm/s2).

Titrash uskuna, jihoz va kommunikatsiyalarning mexanik mustahkam-ligini va gYermetikligini sifatsizlanishiga olib kelishi va har xil avariyalarning sababchisidir.

Titrash ta’sirida inson tanasidagi a’zolarning funksional holatlarini ishdan chiqishi, markaziy asab, yurak va qon aylanish tizimida hamda harakatlanish a’zolarida salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Uning za-rarli ta’siri charchash, boshning, panja va suyak bo‘g‘inlarining og‘rishi, haddan tashqari asabiylashish va harakat faoliyatining buzilishi bilan namoyon bo‘ladi va ayrim hollarda tebranish kasalligining rivojlanishiga olib keladi. Uning og‘ir shakllari, mehnat qobiliyatining qisman yoki butunlay yo‘qolishiga olib keladi. Shovqin va titrashning ish joylarida ruxsat etilgan darajalari SanPI N0067-96 bYerilgan.

Titrashga qarshi kurash usullari.

Titrashga qarshi kurash mashina, jihoz, uskuna va texnologik jarayonlarning loyihalashning dastlabki bosqichlarida boshlanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Korxonalarning bosh rejalarini tuzish jarayonida, albatta shovqinga qashi kurash chora – tadbirlar ko‘rib qo‘yilishi shartdir.

Bunda asosan, sYershovqin sexlarni bar joyga, iloji borcha, ularni ishlab chiqarish hududining chekka tomonlariga joylashtirish, sYershovqin sexlarni boshqasidan tovush o‘tkazmaydigan to‘siqlar bilan to‘sish, sYershov-qin binolarning eshik va dYerazalarini maxsus tovush o‘tkazmaydigan maxsus matYeriallardan tayyorlangan bo‘lishi zarur.

Titrashga qarshi kurash chora-tadbirlari uni keltirib chiqaruvchi manbaning o‘zidayoq kamaytirishga harakat qilishdan boshlanishi kYerak. Mashina, jihoz, uskunalarning sifatli o‘rnatish, o‘z vaqtida ta’mirlash va uning dinamik kuchlarini muvofiqlashtirish, yaxshi natija bYeradi.

Ba’zi qurilmalar tovush to‘lqinlari quvvatini tarqatib yuborish xususiyatiga ega.

SHovqin to‘lqinlari g‘ovaksimon shovqin yutuvchi matYeriallar yuzasiga tushgach, shovqin quvvatini ko‘pgina qismi tor g‘ovakdagi havoni tebranma harakatga keltirish uchun sarflanadi. G‘ovaklardagi havo qisilib isiydi va natijada shovqin quvvati issiqlik quvvatiga aylanishi natijasida tashqi muhitga tarqalib shovqin yo‘qoladi.

SHovqinga qarshi kurashning yana bir usuli, texnologik jarayonlarni to‘g‘ri tanlash, mashina, jihoz, uskunalarning va texnologik jarayonlarni quyi kuchlanishda ishlashini ta’minlash, ularni sifatli yig‘ish hamda o‘z vaqtida ta’mirlash ishlarini bajarish ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

Titrashga qarshi kurash tadbirlari quyidagilardan iborat:

Ish joylari, asbob – uskunalari va qurilish konstuksiyalarini mashina jihozlar hosil qilgan tebranish ta’siridan saqlanishning mukammal usullaridan biri titrashni to‘sish usuli hisoblanadi.

Bu usulda tebranuvchi mexanizm bilan uning asosi o‘rtasiga elastik mato o‘ralib, mato tebranishning bir qismini yutishi hisobiga asosga o‘tishi birmuncha kamaygan holda, tebranish miqdori sezilarli susayadi.

Titrash to‘siqlari yoki amortizatorlar po‘lat prujina, rezina va boshqa elastik matYeriallardan tayyorlanadi.

Mashina, jihoz, uskunalarning foydalanish tartib-qoidalariga rioya qilmaslik, yo‘riqnomalarni qo‘pol ravishda buzilishi natijasida, shovqinsiz ishlovchi uskunalarning sYershovqin ishlashiga olib keladi.


Titrashdan himoyalanish usullari va vositalari.

Titrashga qarshi kurash ishlab chiqarish korxonalarining loyihalarini ishlab chiqilayotganda, hamda ishlab chiqarishning tartibot jarayonlari tanlanayotgan davrdan boshlanadi. Ushbu tadbirlarga quyidagilar kiradi: SHovqinni manbalarda kamaytirish, shovqin yo‘lini to‘siqlar yordamida pasaytirish. Mehnat tartiboti jarayonlarini va uskunalarni mukammallash-tirish, korxonalarni me’moriy rejalashtirish hamda binolarni akustik jihozlashlar kiradi.

Har qanday dastgohda bo‘ylama yoki aylanma harakat natijasida aYerodinamik, mexanik va elektromagnit shovqinlari mavjud. Bu xildagi shovqinlarni 5-10 dBl ga pasaytirish uchun tishlik o‘tkazgichlardagi oraliq, tirqishlarni barham topishi, imkoni borcha plastmassa detallarni ayniqsa o‘z vaqtida sifatli ta’mirlash hamda harakatdagi qismlarni moylash kifoyadir.

AYerodinamik va elektromagnit shovqinlarni to‘sish va yutish xususiyatiga ega bo‘lgan ekran va maxsus qoplamalar ishlatiladi.

SYershovqin hamda zararli binolar alohida mintaqaga joylashtirilgan holda loyihalashtirilishi va ularga yaqin binolar yoki korxonalarni sanitariya me’yorlari talabiga muvofiq masofaga joylashtiriladi.

Ishlab chiqarish binolarini va yordamchi binolarni va yordamchi binolarni loyihalarini tuzayotganda kam shovqinli xonalarni iloji borcha sYershovqin dastgohlar o‘rnatilgan xonalardan uzoqroq joylashtiriladi. SYershovqin binolarda ishlaydigan ishchilarni shovqindan himoya qilish uchun akustik ekranlar yoki tovush yutgich qopqoqlar, masofada turib boshqarish, bino devorlarini va shiftini tovush yutgich matYeriallar bilan pardozlash, tovushdan himoyalangan dam olish xonalarini tashkil qilish, tebranma yoki aylanma harakat qiluvchi qismlari mavjud dastgohlarni yumshatgich moslamalari (amortizatorlar) bo‘lgan – poydevorlarga o‘rnatilishi va boshqalar zarur tadbirlardan hisoblanadi.


Titrashdan himoyalanish usullari va vositalari.

Titrash ta’siridan himoyalanish, loyihalash bosqichlaridayoq boshlanib, barcha jihozlar, asbob – uskunalarni pasportlaridagi shovqin va titrash ko‘rsatkichlariga qarab, eng qulaylarini tanlab olinadi.

Bunda tebranuvchan va shovqinli dastgohlar mavjud bo‘lgan binolarni, alohida ajratib shamol yo‘nalishi bo‘ylab hudud chekkasiga joylashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Manbalardagi titrashlarni zararli ta’sirini kamaytirish usullarini ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchisi manbalardagi titrashni qo‘zg‘atuvchi kuchlarni pasaytirish bo‘lsa, ikkinchisi ularning poydevori bilan va boshqa dastgohlar hamda qurilish konstruksiyalari bilan bog‘langan joylarida titrashni pasaytirishdir.

Manbalardagi titrashlarni pasaytirishda mashina, jihoz, aslahalarni to‘g‘ri o‘rnatish, ularni o‘z vaqtida sifatli ta’mirlash, moylab turish, ish tartibini to‘g‘ri tashkillashtirish va ularni zo‘riqtirmasdan me’yorida ishlashini ta’minlash, jihozlarni masofadan turib boshqarish hamda shaxsiy muhofaza qurollari va kiyimlaridan o‘rinli foydalanish kutilgan samaraga Yerishish imkoniyatini yaratadi.

Agar manbaning o‘zida tebranishni pasaytirish iloji bo‘lmasa, u holda manba asosi bilan uning poydevori o‘rtasida titrashni so‘ndiruvchi rezina yoki prujina yoki amartizatorlar qo‘yib pasaytiriladi.

Titrashni pasaytirishda eng samarali usul, tebranuvchi jihozlarni o‘ta takomillashgan tebranmaydigan yoki kam tebranadigan dastgohlar bilan almashtirishdir.

Masalan, temir beton ishlab chiqarish sexida betonni tebranish yo‘li bilan zichlovchi uskunani takomillashtirilsa, ya’ni uning korpusini ostidagi mustaqil tebranuvchi bir guruh mitti amartizatirlar o‘rnatilsa, bino polini umumiy tebranish darajasini va undan chiqadigan shovqinni ham keskin kamaytirish imkoni tug‘iladi.

Muhandislik tajribasida ko‘pincha dastgohlardan tarqalayotgan titrash ta’sirini pasaytiruvchi tadbirlarni ishlab chiqish va tadbiq qilishga to‘g‘ri keladi. Bu borada tebranishni pasaytirish uchun, tebra-ixota, tebro-so‘ndirgich va tebro-qaytargich vositalaridan samarali foydalaniladi.

a) Tebraixota ikki xil, passiv va faol ko‘rinishda bo‘ladi.

b) Tebro-so‘ndirgich, tebranish manbalaridan polga va u orqali binoning boshqa qurilmalariga ta’sirini oldini olishda, tebro-so‘ndirgichni poydevorga o‘rnatishdir.

v) Tebroqaytargich, buni demfirlash usuli ham deyiladi va to‘siqlar ustidan rezina, plastika yoki mastikalarda ixota qilinadi.

Jamoa va shaxsiy himoya vositalari.

O‘zbekiston Davlatining “Hayot faoliyati xavfsizligi to‘g‘risida” gi qonunning 13-moddasiga asosan korxona ma’muriyati ishchi va xizmatchilarni bepul shaxsiy himoya vositalari, bilan ta’minlashi, saqlash, yuvish, quritish, dezinfeksiyalash, dezaktivatsiyalash va ta’mirlash ishlarini bajarishi kYerak. SHu bilan birga korxona ishchilarini maxsus korjoma, poyabzal, sut yoki unga tenglashadigan boshqa oziq – ovqat mahsulotlari, bYerilishi shartdir.

Barcha himoya vositalari ishlatilishiga qarab, jamoa himoya vositalari va shaxsiy himoya vositalariga bo‘linadi.

a) Agar ishning xavfsizligini jihoz va uskunalarning konstruksiyasi, ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish, arxitektura-rejalashtirish echimlari va jamoa himoya vositalarini qo‘llash bilan ta’minlash iloji bo‘lmagan taqdirda, shaxsiy himoya vositalari qo‘llaniladi.

b) SHaxsiy himoya vositalari vazifalariga qarab quyidagilarga bo‘linadi:

-ixotalovchi kostyumlar (pnevmokostyumlar, namdan ixotalovchi kostyumlar, skafandrlar);

-nafas a’zolarini himoya qilish vositalari (gazniqoblar, respYeratorlar, havo shlemlar, havo maskalar);

-korjomalar (kombinzonlar, yarim kombinzonlar, kurtkalar, shimlar, kostyumlar, xalatlar, plashlar, po‘stinlar).

-maxsus poyafzal (etiklar, qunji kalta etiklar, botinkalar, qo‘njli botinkalar, tuflilar, kalishlar, botilar);

-qo‘llarni himoya qilish vositalari (qo‘lqoplar);

-boshni himoya qilish vositalari (kaskalar, shlemlar, shapkalar, bYeretkalar, shlyapalar);

-yuzni himoya qilish vositalari (himoya niqoblari);

-ko‘zni himoya qilish vositalari (himoya ko‘zoynaklari);

-eshitish a’zolarini himoya qilish;

-ehtiyot moslamalari (ehtiyot kamarlari, dielektrik gilamchalar, qo‘l changaklari, manipulyatorlar, tizzani, tirsakni va elkani ehtiyot qilish moslamalari);

-himoyalovchi dYermotologik vositalar (yuviladigan pastalar, kremlar, moylar).



Himoya vositalari texnik estetika, Yergonomika talablariga javob bYerishi, himoya samaradorligi yuqori bo‘lishi, ishlatishda qulay bo‘lishi, bajarilayotgan ish turiga mos bo‘lishi kYerak. SHu ish uchun mo‘ljallangan va qabul qilingan tartibda tasdiqlangan texnik hujjatlari bo‘lmagan, shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash taqiqlanadi.


Aim.uz


Download 37,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish