Andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi mutaxassislik fanlarini o



Download 1,58 Mb.
bet13/142
Sana12.07.2022
Hajmi1,58 Mb.
#779715
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   142
Bog'liq
OUM mutaxassislik fanlarni o\'qitish metodikasi

Huquqiy axborot resurslari: huquqni qo'llash va muhofaza qilish faoliyatini amalga oshirish va hujjatlashtirish;
fuqarolar, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari, o'zini o'zi boshqarish organlari, xususiy tashkilotlar va boshqa subyektlardan axborotlar olish;
huquqiy nonormativ axborotlaming avtomatlashtirilgan ma’lumotlar tizimlari, tarmoqlari, banklari va bazalarini tashkil etish;
sud ekspertizasi muassasalari va tashkilotlarida kriminalistik, sud-ekspertiza va boshqa axborotlarni ishlab chiqarish yo'li bilan vujudga keltiriladi.
Bugungi kunda bir qator olimlar tomonidan axborot jamiyatining nazariy modeli ishlab chiqilgan. U texnik va ijtimoiy fanlar namoyandalarining e’tiborini ma’lum darajada qozonishga muvaffaq bo'lgan. Mazkur olimlaming fikricha, axborot jamiyati quyidagi jihatlari bilan tavsiflanadi:
- axborot inqirozi muammosi hal qilinadi;
- axborotning boshqa resurslardan ustuvorligi ta’minlanadi;
- jamiyat negizini eng yangi axborot texnika va texnologiyalari yordamida bilimlarni avtomatlashtirilgan yo'sinda jamg'arish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish tashkil etadi;
- axborot texnologiyalari global xususiyat kasb etadi;
- butun kishilik taraqqiyotining yagona axborot maydoni vujudga keltiriladi, informatika vositalari yordamida har bir inson butun jahondagi axborot resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi;
- ko'pgina ishlovchilar axborotlar, ayniqsa, ularning eng oliy shakli - bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo'ladi;
- kishilik taraqqiyoti va evolutsiyasining barcha bosqichlariga doir axborotlarni o'z ichiga olgan global kompyuter xotirasi vujudga kelti riladi;
- iqtisodiy bilimlar va texnologik axborotlarga asoslangan informatsion iqtisodiyot rivojlanadi.
Axborot jamiyati konsepsiyasi fan va amaliyot sohasining e’tiborini qozondi. Shu bilan birga, unga baho berishda ma’lum darajada ehtiyotkoriik talab etiladi. Qator ilmiy maqolalarda axborot jamiyati va axborot texnologiyalarining ahamiyatini haddan tashqari oshirib ko'rsatish (absolyutlashtirish) kuzatiladi. Ilmiy futurologiya bo'lajak ijtimoiy taraqqiyotning konsepsiyalari haqidagi ma’lumotlami olishni nazarda tutadi. Ular jumlasiga: postindustrial jamiyat; posttotalitar jamiyat; aralash jamiyat konsepsiyalarini kiritish mumkin. Jumladan, «aralash jamiyat» - bu har xil ijtimoiy kuchlar va ulaming tuzilmalari o'rtasidagi aloqalarning xususiyati jihatidan prinsipial farq qiladigan yangi ijtimoiy tuzum shaklidir.
Rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarda kapitalizmdan ham, «sotsializmdan ham tubdan farq qiladigan yangi ijtimoiy tuzumlar vujudga keladi. Bu ijtimoiy taraqqiyotning yangi, zamonaviy shaklidir. Ta’bir joiz bo'lsa, bu «postkapitalistik» yoki «postsotsialistik» jamiyatdir. Aralash jamiyatning negizida awalambor har xil xo'jalik yuritish shakllari - iqtisodiyotning xususiy, jamoaviy va davlat tarmoqlarining rivojlanishi, raqobatlashishi, o'zaro aloqa qilishi va uzviy bog'lanishi yotadi.
Ijtimoiy sohada ijtimoiy-sinfiy tabaqalanish sekin - asta zaiflashib boradi, ijtimoiy-professional tipga o'rin bo'shatadi va h.k. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tipi mulkchilik shakllari, boyliklam- ing taqsimlanishi va ijtimoiy tuzilma bilan belgilanadi. Metodologik nuqtai nazardan axborot jamiyatini barpo etish konsepsiyasi futu- rologik konsepsiyalar bilan aniq muvofiqlashtirilishi lozim. Bu uning ijtimoiy-iqtisodiy tabiatini tushunishga yordam beradi. Bunday muvofiqlashtirish mavjud emas, bu esa mazkur konsepsiyaning pozitsiyasini beixtiyor zaiflashtiradi.

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish