«Axborotlashtirish» atamasi huquqiy jihatdan amaliyotiga 80- va 90- yillar oralig'ida kirib keldi va tez orada yangi fan yo'nalishining ramzi sifatida e’tibor qozondi. O'zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunining 1-moddasida ushbu qonun axborot majmui faoliyatin ing iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy asoslarini, uning O'zbekiston Respublikasida tutgan o'rni va ahamiyatini belgilashi, axborot egalari va axborotdan foydalanuvchilar bo'lmish davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solishi ko'rsatib o'tilgan.
Axborot jarayonlarini intensifikatsiya qilishning asosiy vositalari: ma’lumotlarni uzatish tezligini tinimsiz oshirib borish; uzatilayotgan axborotlar hajmini ko'paytirish va ularni qayta ishlashni tezlashtirish; teskari aloqalardan yanada to'laqonli foydalanish; axborot jarayonlarining texnik jihozlanish darajasini oshirish hisoblanadi. Axborotlashtirish - bu resurslaming an’anaviy turlari materiya va energiyani almashtirish, axborotni resurslaming uchinchi turiga aylantirish jarayoni bo'lib, fan-texnika inqilobining yangi bosqichidir.
Axborotlashtirish jarayoniga har xil pozitsiyadan turib qaraladi. Uni jamiyatning har bir a’zosiga zarur bo'lgan axborot madaniya tini tarqatish jarayoni sifatida ham1, tashkiliy va huquqiy shart sharoitlar yaratish orqali axborot resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirish jarayoni sifatida ham talqin qilish mumkin. 1 Axborot madaniyati - axborot texnologiyalarini egallash va ulardan amaiiy faoliyatda foydalanish darajasi. «Axborotlashtirish» atamasini «kompyuterlashtirish» atamasidan farqlay bilish zarur. Kompyuterlashtirishda asosiy e’tibor axborotlarni qayta ishlash natijalarini tezkor olish va ularni jamlashni ta’minlaydigan texnik bazani rivojlantirish va joriy etishga qaratiladi.
Kompyuterlashtirishning asosiy shakllari: kompyuter tizimlari va tarmoqlarini, vazifasiga ko'ra har xil bo'lgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini (AAT) barpo etish; shaxsiy EHM negizida avtomatlashtirilgan ish joylarini tashkil etish; tashkiliy boshqaruv va qarorlar qabul qilish avtomatlashtirilgan tizimlarini barpo etish; iqtisod, siyosat va ijtimoiy sohalarda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini rivojlantirish.
Axborotlar sohasi rivojlangan mamlakatlarda axborotlashtirish jarayoni rejali xususiyatga ega. Bu jihatdan AQSH tajribasi e’tiborga molik. 1993-yili AQSH prezidenti B. Klinton o'z ma’muriyati mamlakatda Milliy axborot infratuzilmasi va supermagistralini (National Information Infrastructure) barpo etish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Milliy axborot infratuzilmasi «hukumat faoliyatining samarador- ligini oshirish», «Qo'shma Shtatlar tomonidan jahonda fan, texnika va texnologiyalar sohasidagi peshqadamlikni saqlab qolish»ga qaratilgan dastur sifatida talqin qilinadi.
Milliy axborot infratuzilmasining negizini o'ta tez ishlaydigan ma’lumot uzatish tarmog'i («axborot supermagistrali») tashkil etadi. U foydalanuvchilarni axborot va xizmatlarning manbalari - axborot markazlari, kutubxonalar, o'quv yurtlari, tibbiy muassasalar va shu kabilar bilan bog'laydi. Mazkur tarmoq kamida masofadan turib ta’lim berish, teletibbiyot va tibbiy diagnostika, jamoat axborot byurolari va kutubxonalardan foydalanish vazifalarining hal qilinishini ta’minlashi lozim. Jamiyat va davlat tuzilmalarini axborotlashtirishning mufassal dasturlari G'arbiy Yevropa mamlakatlarida ham ishlab chiqilgan1.
O'zbekistonda axborotlashtirishning qonuniy asosi bo'lib O'zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to'g'risida»gi qonuni hamda uning negizida chiqarilgan boshqa normativ hujjatlar xizmat qiladi. Mazkur qonunga muvofiq, davlatning axborotlashtirish sohasidagi siyosatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:
davlat va jamoat organlarining, fuqarolarning, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning axborotga bo'lgan ehtiyojini har tomonlama qondirish;
axborotni bir tartibga solish, standartlashtirish, yagona axborot maydoni yaratish hamda respublika jahon axborot hamjamiyatiga kirishi uchun sharoit yaratish;
respublikada yaratilayotgan va chetdan keltirilayotgan texnik, dasturiy va texnologik axborot vositalari hamda resurslarini sertifikatsiya qilish;
rivojlangan, ishlash bobida mukammal va ishonchll axborot infrastrukturasini shakllantirish; axborotlashtirishning texnik asoslarini tarkib toptirishda respublikaning suveren huquqlari va mintaqaviy tuzilmalarning manfaatlariga rioya etish, axborot tizimlarini tashkil etish va amal qilish jarayonida ularning o'zaro hamjihat harakat qilishlarini yo'lga qo'yish;
respublikadagi ishlab chiqarish, boshqaruv, ilmiy va ijtimoiy sohalarda elektronika, hisoblash texnikasi va aloqa vositalarining yangi namunalarini yaratish hamda joriy etish; axborotlashtirishning bir yerda haddan ziyod quyuqlashuvi va axborot sohasida yakkahokimlik qilinishining oldini olish asosida axborotlashtirishni jadal rivojlantirish, axborot jarayonlarini davlat tomonidan markazlashtirilgan tartibda pul bilan ta’minlash va idora etish usullaridan tashkilotlarning mustaqilligiga va tadbirkorligiga o'tish uchun shart-sharoitlar yaratish;
axborotlashtirish dasturi uchun davlat tasarrufida bolmagan mablag'larni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish;
ustivor va ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan axborot tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy rag'batlantirish va imtiyozlar tizimini, shuningdek boshqa chora tadbirlarni ishlab chiqish hamda joriy etish;
axborot resurslarini yaratish hamda ulardan foydalanish bilan bog'liq O'zbekiston Respublikasi manfaatlariga, yuridik va jismoniy shaxslaming huquqlariga rioya etish maqsadida axborotlarni hamda ularni qayta ishlash vositalarini himoya qilish yo'llarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish;
davlat axborot resurslarining asralishi, jamg'arilishi va ulardan samarali foydalanilishini ta’minlash; axborotlashtirishning jamiyat rivojiga ta’sirini o'rganish va baholash.
Umumiy va huquqiy informatika oldida prinsipial muhim vazifa - axborotlashtirish vazifalarini hal qilishda davlat va xususiy kompaniyalar nisbati masalasi bo'yicha optimal pozitsiya ishlab chiqish vazifasi paydo bo'ldi.
Funksiyalarning real taqsimoti quyidagi ko'rinishga ega bo'lishi lozim edi:
Davlat: qonuniy negizning ishlab chiqilishi;
butun huquqiy axborotlashtirish tizimining zarur darajadagi yaxlitligini ta’minlaydigan standartlarning (axborotlarning sifatiga nisbatan talablarning klassifikatorlari va shu kabilarning) ishlab chiqilishi;
davlat hokimiyati organlari uchun huquqiy axborotlarning spetsifik tizimlarini barpo etish bilan bog'liq alohida loyihalar bo'yicha ishlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Nodavlat kompaniyalari: zarur kompyuter texnologiyalarini yaratish va rivojlantirish;
axborot banklarini yaratish va yuritish;
yakuniy foydalanuvchilarning axborot resurslaridan real foydalanishlarini ta’minlash bo'yicha ishlami amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to'g'risida»gi qonunining 4-moddasiga muvofiq, respublikaning axborot majmui davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslaming axborot tizimlaridan tashkil topadi. Jismoniy shaxslarning axborot tizimlari o'z mablag'lari hisobiga tashkil etiladi va ular tomonidan belgilangan tartibda ruxsatnoma olingan taqdirdagina ishlatiladi. Davlat tasarrufida bo'lmagan axborot tizimlari o'z muassislarining mablag'lari hisobiga tashkil etiladi va ular tomonidan axborot mahsulotlari yaratish va xizmatlarini tashkil etish uchun foydalaniladi.
Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar O'zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab berilgan huquqlari va majburiyatlariga muvofiq holda axborotlashtirish sohasida huquqiy munosabatlarning subyektlari sifatida ish ko'radilar. Axborot davlat organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyat mahsuli sifatida moddiy yoki intellektual mulk obyekti bo'lishi mumkin.
Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar axborotlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadigan mulkiy huquqqa egadirlar (9-modda). Davlat tasarrufida bo'lmagan axborot tizimlarida ishlov beriladigan axborotlar ushbu axborotlar tizimi Axborot tizimlari davlat reyestrida ro'yxatdan o'tkazilgan va uning egasi axborotga ishlov berish uchun ruxsatnoma olgan hollardagina qo'riqlanadi.
Ishlov berishdan ko'zlangan maqsad va xizmat ko'rsatish qoidalari ruxsatnomada ko'rsatib o'tiladi.
1. Jamiyatning axborotlar sohasidagi salohiyatini faollashtirish maqsadida axborotlar infratuzilmasi - axborotlarni qayta ishlash va tahlil qilish markazlari, axborot almashish va telekommunikatsiya kanallari, aloqa tarmoqlari, axborotlarni himoya qilish tizimlari va vositalarining majmui tashkil etiladi.
2. Jamoat tashkilotlari va davlat organlarida maqsadi jamiyat a’zolari va ularning birlashma- larining axborotlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishdan iborat bo'lgan alohida tashkiliy tuzilmalar faoliyat ko'rsatadi. Bular axborot agentliklari, ommaviy axborot vositalari, axborot xizmatlari ko'rsatuvchi reklama va savdo tashkilotlaridir.
Axborot resurslari axborotlar infratuzilmasining eng muhim komponenti hisoblanadi. Mazkur atamaga «Axborotlashtirish to‘g'risida»gi qonunda ancha keng o'rin berilgan. Qonun mazkur tushunchadan har tomonlama foydalanish asosiga qurilgan bo'lib, axborot resurslarini alohida hujjatlar va hujjatlarning alohida massivlari, axborot tizimlari - kutubxonalar, arxivlar, ma’lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar massivlari sifatida ta’riflaydi.
Axborot resurslari axborot mahsullari yaratishning negizi hisoblanadi «Axborotlashtirish to'g‘risida»gi qonunda davlat axborot tizimlarining to'rt turkumi belgilangan:
- respublika axborot tizimlari;
- hududiy axborot tizimlari;
- tarmoq axborot tizimlari;
-mahalliy axborot tizimlari va shoxobchalari.
Davlat organlari, mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar davlat axborot resurslarini Davlat manbalaridan qonuniy asosda olingan axborotlardan hosila axborotlarni yaratish uchun foydalanilishi mumkin.
Axborot mahsuli — ijtimoiy muhitda tarqatish uchun shakllantirilgan ma’lumotlar majmui. Axborot mahsuli moddiy tarqatuvchida dasturlar, hujjatlar, dasturiy-apparat vositalari va shu kabi ko'rinishlarda qayd etilishi mumkin. Shakllantirish va ulardan foydalanish uchun mas’ul organ va tashkilotlarga belgilangan tartibda hujjatlashtirilgan axborotlarni taqdim etishlari shart.
Davlat mulki bo‘lgan axborot resurslarini shakllantirish va ularni foydalanuvchilarga berish ishlarini tashkil etish ana shunday axborot resurslariga doir ishlarni bajarishi lozim bo'lgan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari zimmasiga yuklatiladi. Davlat mulki qatoriga qo'shilishi mumkin bo'lgan axborot turlari va axborot resurslarining tarkibini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.