Ta’lim bosqichi
|
Sinflar va kurslar
|
Fanni o’zlashtirish darajasi
|
Bosqich mazmuni
|
Umumiy o’rta ta’lim
|
59sinf
|
A1
|
Informatikani izchil kurs sifatida o’rganishning boshlang’ich darajasi. Unda “Hujjatlarni qayta ishlash texnologiyasi”, “Axborot”, “Internetda ishlash asoslari”, “Zamonaviy kompyuterlar”, “Vebsahifa”, “Taqdimotlar-ni yaratish”, “Algoritmlash asoslari”, ”Dasturlash asos-lari”, “Elektron jadvallar” dan bilimga ega bo’ladilar. O’quvchilarni informatika faniga qiziqtirish bilan birga matematika, tabiiy geografiya, tasviriy san’at, musiqa mazmunida uchraydigan informatikaga oid bilimlar-ni o’zlashtirishga tayyorlaydi.
|
Informatika chuqurlashti-rib o’qitila-digan ixti-sosolashtirilgan maktablar
|
A1Q
|
Informatika fanini egal-lashning kuchaytirilgan tayanch darajasi. Bunda, 5-9 sinflar-da o’rganilgan mavzular chuqurlashtirib o’rganiladi.
|
O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi
|
Kasbhunar kollejlari
|
B1
|
Informatikani izchil kurs sifatida o’rganishning o’rta darajasi. Bunda, “Axborot va jamiyat”, “Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning dasturiy ta’minoti”, “Kom-pyuterning tizimli dasturiy ta’minoti”, “Ofis dasturla-rining qo’shimcha imkoniyat-lari”,“Ma’lumot omborini yaratish”, “Kompyuterda gra-fik ob’ektlar bilan ishlash”, “Kasbiy foaliyatda amaliy dasturlar va ulardan foydalanish asoslari”, “Zamo-naviy dasturlash tillari”, “Veb–dizayn asoslari”ga oid bilimlarni o’zlashtiradilar.
|
Akademik litseylar
|
Informatika chuqur o’rgani-ladigan aka-demik litsey-lar
|
B1Q
|
Informatika fanini egal-lashning kuchaytirilgan dara-jasi. Informatika kursining barcha bo’limlaridan chuqur-lash-tirilgan bilim, ko’nikma va kompetensiyaga ega bo’ladi-lar.
|
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika ta’limining ahamiyati, uning fan va texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohasida va kundalik hayotda tutgan o’rni bilan belgilanadi. Maktabda informatika fanini o’qitish ta’limning umumiy maqsadlariga xizmat qilishi, ya’ni o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o’z-o’zini anglash salohiyatini shakllantirishi va o’stirishi, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirishi hamda ijtimoiy hayotlari va ta’limtarbiya olishni keyingi bosqichlarida davom ettirishlari uchun zarur bo’lgan bilimlarni egallashi lozim.
Umumiy o’rta ta’limning umumiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda, maktabda informatika fanini o’qitilishi quyidagi maqsadlarga yo’naltirilgan:
axborot haqida ilmiy tasavvur asoslarini, axborot jarayonlari, axborot tizimlari, texnologiyalari tashkil etuvchi bilimlarni egallash;
kompyuter va axborotkommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) vositalari yordamida turli ko’rinishdagi axborotlar bilan ishlay olish ko’nikmalariga ega bo’lish;
ijodiy va intellektual qobiliyatlarini AKT vositalari yordamida rivojlantirish;
axborotlarni tanqidiy tahlil qilishni; axborotlarni uzatishda huquqiy va ahloqiy jihatlarini inobatga olgan holda mas’uliyatni tarbiyalash;
kundalik hayotida, individual va hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarni bajarishda, o’quv faoliyatida AKT vositalaridan foydalanish malakalarini shakllantirish.
Umumiy o’rta ta’limda informatika fanini o’qitilishining vazifalari quyidagilardan iborat:
axborot, kompyuter, axborot texnologiyalari, kompyuterning dasturiy ta’minoti, kompyuterda masalalar echish texnologiyalari, algoritmlash va dasturlash asoslari, yangi axborot texnologiyalarining jamiyatimizning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotidagi muhim ahamiyati va inson faoliyatining turli jabhalariga ijobiy ta’sirini ilmiy ravishda o’rganadigan usullar haqidagi bilimlarga ega bo’lishi;
axborotni yig’ish, qayta ishlash va uzatishda turli texnik vositalardan va amaliy dasturlardan foydalana olishi;
axborot jarayonlari natijalarini xulosalashda turli texnik vositalarning imkoniyatlaridan foydalanilishi, ularning ishlash tamoyilini tushuntirish, amaliy masalalarni kompyuterda yechishda ulardan foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’lishi;
Amaliy masalalarni yechishda, boshqa fanlarga oid yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash, turli manbalar (darslikdan, ilmiy-ommabop adabiyotlardan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug’ati va ma’lumotnomalardan, elektron ishlanma va darsliklardan, Internet sahifalaridan va h.k.)dan fanlarga oid ma’lumotlar bilan ishlay olish;
axborotni tahlil qilish va baholash, bir turdagi axborotni ikkinchi turga aylantirish va shu kabi masalalarni yecha olishi;
axborot texnologiyasi orqali axborot makonni o’rganish mumkinligiga bo’lgan ishonch, insoniyatni bundan keyingi rivojlanishi uchun fan va texnologiyalar yutuqlaridan kerakli darajada foydalanish, fan va texnika ijodkorlariga hurmat bilan qarash, informatika ta’limiga umumbashariy madaniyat elementi sifatida qarashni tarbiyalash;
kundalik hayotda uchraydigan va hayotiy faoliyatining havfsizligini ta’minlashda egallagan bilim va ko’nikmalaridan foydalana olish.
Bugungi hayotimizning har bir jabhasi, har bir soha va barcha faoliyat turlari bevosita axborot texnologiyalari bilan bevosita bog’liqdir. Shunday ekan, axborot texnologiyalarni yaratish va ularni boshqarishga oid bilim, ko’nikma va layoqatning har bir insonda shakllanishi fundamental ahamiyat kasb etadi. Ta’lim tizimini axborotlashtirish – texnologik va ijtimoiy bilimlarni uzatish jarayonini tezlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida o’qitish va o’qish sifatini oshirish bilan birga insonni turli ijtimoiy muhitga moslashuvini osonlashtirish imkoniyatlarini yaratadi.
Aynan shu sababli ta’lim mazmunini, fanlardan Davlat ta’lim standartlarni, o’quv dasturlarni takomillashtirish – informatika faniga oid kompetentlilikni (AKTkompetentlilikni) kiritishni taqozo etadi.
Kompetensiya – ko’zlangan natijalarga erishish uchun bilim, ko’nikma va malakalarni qo’llay olish qobiliyatini namoyish etishni bildiradi.
AKTkompetentlilik insonlar uchun muhim kompetensiya hisoblanib, u – kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va Internet imkoniyatlaridan foydalangan holda turli muammo va masalalarni hal etishda namoyon bo’ladi (Evropa davlatlari uchun ishlab chiqilgan “Umumevropa AKTkompetentligi 2.0” dan).
AKTkompetentlilik – o’quvchilarning axborotli jamiyatda o’z o’rnini munosib egallash va muvaffaqiyatli mehnat faoliyati bilan shug’ullanishlari uchun axborotga ega bo’lish, uni izlash, qayta ishlash, baholash, yaratish va uzatishni amalga oshirishda axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalana olish qobiliyati va layoqati6.
O’quvchilarda AKTkompetentlilikni shakllantirish va rivojlantirish – informatika faniga oid komepetensiyalarni hamda foydalanuvchilik komepetensiyalarni, ya’ni hamkorlik qilish va muloqotni amalga oshirish, bilimlarni mustaqil ravishda egallashni va ularni AKTdan foydalangan holda amaliyotda qo’llashni shakllantirish va rivojlantirishni o’z ichiga oladi.
Ushbu hujjatda kompetensiyalar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |