Tayanch tushunchalar:
Informatika, axborot texnologiyalari, «Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish metodikasi» fani, metodika, umumiy metodika, xususiy metodika.
1985 yilda maktab dasturiga “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” fani kiritildi, 1986 yilda yesa pedagogik oliy ta’lim muassasalari o’quv rejasiga “Informatika o’qitish metodikasi” kursi kiritildi va shu yildan boshlab «Informatika i obrazovanie» nomli metodik jurnal o’z faoliyatini boshladi.
Ilmiy fanlar tasniflanishiga asosan ushbu axborotlashgan jamiyat tomonidan qo’yilgan maqsadlarga mos ravishda rivojlanishining zamonaviy bosqichida informatikani o’qitish qonuniyatlarini o’rganuvchi fan yangi “Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish nazariyasi va metodikasi” degan nom oldi. Ammo o’quv kurslar, darsliklar va me’yoriy hujjatlarda fanning yeski “Informatika o’qitish metodikasi” nomi ham ko’p qo’llanilmoqda.
«Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish metodikasi» fanida quyidagi asosiy masalalar ko’riladi va hal yetiladi:
informatika fanini o’qitishning maqsad va vazifalari qanday;
o’quv predmeti sifatida informatikaning mazmunini nimalar tashkil yetishi kerak;
informatikadan o’quv materiali qaysi ketma-ketlikda joylashishi va o’quvchilarga yetkazilishi kerak;
informatikadan o’quv materialini to’liq va chuqur o’rganish uchun qanday usul, shakl va vositalardan foydalanish kerak.
Boshqacha qilib aytganda, informatika o’qitish metodikasi oldiga an’anaviy savollar uchligi qo’yiladi:
informatikani nima uchun o’rganish kerak (ya’ni, maqsad va vazifalarni aniqlash)?
«Informatika» fani bo’yicha nimani o’rganish kerak (ya’ni, mazmunini aniqlash)?
«Informatika» fanini o’quvchilarga qanday o’rgatish kerak (ya’ni, tanlab olingan o’qitish shakli doirasida ta’limning samarali usul va vositalarini aniqlash)?
«Informatika o’qitish metodikasi» fanini o’rganishning maqsadi o’qituvchilarda shaxsiy metodik tizimni ishlab chiqish va shakllantirishdan iborat.
“Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish nazariyasi va metodikasi” informatikani o’qitishning umumiy maqsadidan kelib chiqqan holda o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:
Informatika yo’nalishidagi fanning mazmunini hamda fanning muayyan maqsadini aniqlash;
qo’yilgan maqsadga yerishish uchun o’qitishning tashkili1y shakllari va ratsional metodlarini ishlab chiqish va ta’lim muassasasiga va o’qituvchilarga taqdim yetish;
informatika o’qitish vositalarini (o’quv qo’llanma, dasturiy ta’minot, texnik ta’minot) o’rganib chiqish va ulardan foydalanish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |