Andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi



Download 2,85 Mb.
bet102/130
Sana14.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#365929
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   130
Bog'liq
3 курс мажмуа янги

Tayanch tushunchalar.

O’qitishning metodik tizimi, Ko’rsatma qo’llanmalar, Akademik lisey va kasb – hunar kolejlarida informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitishning vositalari.


Informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitishning metodik tizimi haqida tushuncha

O’quv-metodik ta’minot sohasida informatika o’qitish metodikasi o’z oldiga o’quvchilar uchun qiziqarli darsliklar va o’quv qo’llanmalarini, o’qituvchilar uchun esa uslubiy ishlanmalarni yaratishni maqsad qilib qo’yadi.

O’quv-metodik ta’minot o’quv dasturlari, darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalarni o’z ichiga oladi. Bunda asosiy o’rin darslik va o’quv qo’llanmalariga ajratilgan. Qolgan o’quv-metodik ta’minot asosiy darslik bilan yaqindan bog’langan bo’lib, darslikdagi g’oyalarni tushuntirish va rivojlantirishga xizmat qilishi lozim.

O’quv-metodik ta’minot tarkibiga davriy nashrlardagi, oliy va o’rta maxsus ta’lim va xalq ta’limi vazirliklari nashrlaridagi uslubiy materiallarni va me’yoriy hujjatlarni kiritish mumkin.

O’quv-metodik ta’minotning hozirgi davrdagi muhim bir bo’lagi bu, elektron o’quv- metodik materiallardir.

O’qituvchilar o’quvchilarga o’quv materialini bayon etishda didaktikaning eng muhim prinsiplaridan biri – ko’rsatmalilik prinsipdan foydalanadilar.

O’qitishning ko’rsatmaliligiga sabab insonning fikrlash xususiyatidir. Bu xususiyat asosan aniqdan abstraktga tomon rivojlanadi. Tushunchalar va obstrakt qonun-qoidalar aniq kuzatishlar natijalariga asoslansa hamda ular bilan mustahkamlansa, ancha oson va tez shakllanadi. Kishilarda tafakkurning rivojlanishi ularning yoshiga, hayot va ish tajribasiga va boshqalarga bog’liq.

Ammo, bizning tafakkurimiz rivojlanishning qaysi bosqichida bulmasin hamda biz kanchalik murakkab masalalarni urganmaylik, aniq faktlar va timsollardan ajralib kolmasligimiz kerak.

Kursatmalilik prinsipi o’qituvchining xilma xil o’quv qo’llanmalari va o’qitishning audiovizual (eshitish, kurish) texnika vositalaridan foydalanishda ularning pedagogika jixatidan ma’kul tarzda yasalishida aks etadi.

Ko’rsatma qo’llanmalar – o’quvchilarni urganiladigan ob’ektlar, hodisalar, jarayonlar to’g’risida yaqqol tasavvurlar hosil qilish metodida o’qitish maqsadida ishlatiladigan vositalar. Uzlashtiriladigan bilimlar xarakteriga, o’quvchilarda mavjud bo’lgan tasavvur, tushuncha, hayot va ish tajribasiga, darsning aniq vazifalariga qarab ko’rsatma qo’llanmalar o’qitishda har-xil rolni bajaradi. Ular bilimlar manbai sifatida, shuningdek o’qituvchi so’zlab berish, tushuntirish, suhbat vaqtida foydalanadigan rasm sifatida xizmat qilish mumkin. Ko’pincha, bu ikkala vazifa kompleks tarzda kelishi mumkin.

Ob’ekt, hodisa va jarayonlarni kuzatib o’rganish pedagogika nuqtai nazaridan ideal hisoblanadi. Ammo o’rganilishi kerak bo’lganlarning ba’zilaridangina darsda foydalanish mumkin va ma’qul. Shu sababli, o’quv jarayonida tasviriy ko’rsatma qo’llanmalardan keng foydalaniladi. Ulardan quyidagi hollarda foydalaniladi:

O’rganiladigan ob’ektning asli juda katta yoki juda kichik bo’lganda;

O’rganiladigan ob’ekt yoki hodisalarning aslini bevosita kuzatish mumkin bo’lmaganda;

tushunchani grafik tarzda tasvirlash talab etilganda;

murakkab ob’ektlarni oddiylashtirish yoki ishlash jarayonini kursatish zarur bo’lganda.

O’quvchilarga yangi materialni bayon etishda ko’rsatma qo’llanmalardan to’g’ri va uz vaqtida foydalanish katta ahamiyatga ega. Pedagogika fani va ilgor tajriba darsda ko’rsatma qo’llanmalar namoyish qilishga oid metodik talablar ishlab chiqdi, bu talablarga rioya qilish ularning didaktik kimmatini oshiradi.

Avvalo shuni esda tutish zarurki, ko’rsatma qo’llanmani namoyish qilish – maqsad bo’lmay, balki vositadir. Qo’llanmani ko’rsatish emas, balki u bilan ishlash kerak.

O’rganilayotgan materialning mazmuni va darsga ajratilgan vaqt taqozo etgan hollardagina ko’rsatma qo’llanmani namoyish qilish tavsiya etiladi. Darsda namoyish qilinadigan qo’llanmalar soni o’quvchilar va o’quv materialini sifatli o’zlashtirishi uchun optimal bulishi lozim; darsda qo’llanmalardan haddan tashqari ko’p foydalanish yaramaydi.

Namoyish qilinayotganlarini idrok etish jarayonida o’quvchilar sezgi organlarining ko’rish, eshitish, sezish, zarur hollarda esa tam bilish va hid bilish organlarining ko’pini jalb etish kerak. O’qituvchi so’zi bilan ko’rsatmalilikning to’g’ri qo’shib olib borilishi katta ahamiyatga ega. Ko’rsatma qo’llanmalarni idrok etishning asosi birinchi signal sistemadir, ammo ikkinchi signal sistema uning signallariga tartibga soluvchi ta’sir etadi. Har qanday ko’rsatma qo’llanmalar namoyish qilinganda hamma vaqt izoh berib turiladi. Ana shu izoh o’quvchining e’tiborini qo’llanmadagi asosiy va muhim tomonlarga qaratishga, kuzatilayotgan mul ob’ekt yoki hodisalardan ularning mohiyatini tashkil etuvchilarni ajratib olishga yordam beradi.

O’qitishning texnika vositalari deganda, o’quvchilarning bilim, o’quv hamda malakalarni uzlashtirishini osonlashtirish va uning samaradorligini oshirish hamda o’qituvchining o’quvchilarga bilim, o’quv va malakalar berish, ularni mustahkamlash hamda tekshirib ko’rish borasidagi mehnatni yengillashtirish uchun foydalaniladigan mexanikaviy qurilmalar jamlanmasi tushuniladi.

O’qitishning texnika vositalari jumlasiga axborot berishda foydalaniladigan texnika (kinoproektor va diaproektorlar, epidiaskop, filmoskop, magnitofon hamda televizion kurilmalar va shu kabilar)gina emas, balki tegishli texnika bilan birga foydalaniladigan o’ziga xos axborot eltuvchilarning o’zi (kinofilmlar, diafilmlar, diapozitivlar, dasturlashtirilgan topshiriqlar tushirilgan teshik-teshik kartalar to’plami va shu kabilar) ham kiradi.

O’qitishning texnika vositalarining imkoniyatlari, metodlari va ishlatilishi usullari sinchiklab o’rganilgandagina o’quv jarayonida ulardan samarali foydalanish mumkin bo’ladi. Har bir o’qituvchi bu vositalardan foydalanishni bilishi, bu sohada tegishli bilim, o’quv va malakalarga ega bo’lishi kerak. Bilim yurtida o’qitishning texnika vositalaridan pedagogika jihatidan to’g’ri foydalanish uchun tegishli sharoit yaratilishi zarur.

Ba’zi chet el pedagoglari o’quv jarayonida o’qitishning texnika vositalaridan keng kulamda foydalanish o’qituvchining mashina va uni boshqaruvchi muhandis bilan almashtirilishiga olib boradi, deb hisoblaydilar. Bunda o’qituvchi tashkilotchi rolini bajaradi, o’qitish vazifasi esa texnika vositalariga yuklanadi. Ammo o’qitish jarayonida faqat bilim berilibgina kolmay, o’qituvchi shaxsining murakkab ta’siri amalga oshiriladi xamki, buning natijasida o’quvchining dunyoqarashi, hulq – atvor normalari shakllanadi, shaxsning kamol topishi sodir bo’ladi. Bunga esa o’qituvchining ishtirokisiz erishib bulmaydi: uning ahlokiy prinsiplari chuqur bilimlar hamda keng saviya bilan birgalikda har gal takrorlanmaydigan intelektual aloqaning shunday sharoitini yaratadiki, bunday sharoitsiz oqibat natijada o’qitish va tarbiyalashda muvaffaqiyat qozonish mumkin bo’lmaydi.

Darslarda yangi materialni bayon etishda o’qituvchi guo eshittirib fikrlaydi, bunda u o’quvchilarga bilim beribgina qolmasdan, ularga mantiqan fikrlash, fan muammolarini hal qilishga ijodiy yondashish o’quvlarini singidiradi. O’qituvchi o’quvchilar uchun bilimlar manbai va o’quv jarayonini rahbarigina emas, balki taqlid qilish uchun namuna hamdir. O’qituvchini o’qitishning texnika vositalari bilan almashtirish o’quv jarayonida juda muhim narsani – o’quvchiga pedagog shaxsning ta’sirini chiqarib tashlaydi, bu esa o’quv jarayonini juda kambag’allashtirib yuboradi. Barcha texnika vositalarining, shu jumladan, o’qitish mashinalarining ham imkoniyatlari cheklangan – ular faqat o’qituvchining o’quvchilarga ko’rsatadigan ta’sirini oshiradigan quroldir.

Kasb – hunar maktablarida YUqori malakali usta va o’qituvchilar, boy texnikaviy imkoniyatlar, o’quvchilarning texnikaviy ijodiyoti keng rivojlanganligi tufayli o’quv xonalarini o’qitishning texnika vositalari bilan jihozlashga, bu vositalarni bilim yurtlarida tayyorlashga, sanoatda ishlab chiqarilgan texnika vositalarini takomillashtirishga katta e’tibor berilmoqda. Xonalarni o’qitishning texnika vositalari bilan jihozlash ishida quyidagi asosiy texnikaviy-pedagogik talablarga amal qilish kerak:

1. O’quv kabinetlarini o’qitishning texnika vositalari bilan jihozlashda o’quv jarayonida ulardan komleks tarzda foydalanishini hisobga olishi zarur.

2. O’quv xonasining istagan joyida ko’rish va eshitish uchun yaxshi sharoit ta’minlash lozim.

3. O’quv xonalarida o’qititshning texnika vositalari ishlatilganda shovqin manbalarini yuqotish kerak.

4. Barcha texnikaviy qurilmalar puxta va buzilmay ishlashi darkor.

5. Texnika vositalarining tuzilishi va ishlatilishi oddiy bo’lishi kerak.

6. O’qitishning barcha universal va maxsus texnika vositalaridan birgalikda oqilona foydalanish lozim.

7. Ishlatilishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lishi zarur.

O’quv kinosi – o’qitishning eng ko’p tarqalgan texnika vositasi bo’lib, ob’ekt hamda hodisalarni harakatda va rivojlanishda namoyish qilishga, materialni tekshirish va umumlashtirishga, shuningdek, aniq idrok etishdan abstrakt idrok etishga o’tishga imkon beradi. O’quv filmidan o’qituvchi o’quv materialini bayon etishida illyustratsiya sifatida, shuningdek, o’quvchilar uni mutaqil o’rganishi uchun foydalanishi mumkin.

Film bilan ishlashning so’nggi bosqichida o’quvchilar savollar berishiga imkoniyat yaratish kerak. Javob qaytarishga film materialni yaxshi bilib olgan o’quvchilarni jalb etish lozim.

Diafilm va diapozitivlar, o’quv kinosi kabi, ko’rsatmalilik vositasi hamda o’quvchilar bilimlarining dastlabki manbai bo’lishi mumkin. Ko’pincha diafilmdan ko’rsatmalilik vositasi sifatida foydalaniladi, bu holda yassi ko’rsatma qo’llanmalarga qanday talablar qo’yilsa, diafilmlarga ham shunday talablar qo’yiladi. Diafilm va diapozitivlarga qo’yiladigan o’ziga xos talablardan quyidagilarni ko’rsatib o’tish kerakki, kasb-hunar maktablarida ularni tayyorlashda bu talablarni hisobga olish zarur.:

Diafilm va diapozitivlarning mazmuni, avvalo, tasvirlash yul bilan berilishi kerak;

Subtitrlar (bayonlar, tushuntirish yozuvlari) o’quvchilar ko’zini charchatmasligi lozim;

Rangli diaflmlardan rang didaktik masalalarni hal qilishga yordam bera olgan taqdirdagina foydalanish darkor; qora oq tasvirdagi diapozitivlar seriyalarini komlektlashda ularga rangli diapozitivlar kiritgan ma’qul.

Tushunchalar tahlili ” organayzerini to’ldiring


Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish