"Insert" texnologiyasi
Ushbu texnologiya yangi matn bilan ishlashga mo’ljallangan bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Matnni qo’lda qalam bilan o’qib chiqish.
2. O’qish davomida matnga maxsus belgilar qo’yib borish:
Q buni bilaman;
– buni bilmas edim;
? buni mukammal bilmoqchi edim;
3.Matn bilan to’la tanishib chiqilgandan so’ng quyidagi jadval to’ldiriladi:
Insert tenologiyasining jadvali
Buni bilar edim.
|
Buni bilmas edim.
|
Mukammal bilishni hohlayman.
|
Q
|
–
|
?
|
Katta aylana
Birinchi bosqich. Guruh a’zolari o’rindiqlarga katta doira bo’yicha o’tirib olishadi. o’qituvchi muammoni ifoda etadi.
Ikkinchi bosqich. Belgilangan vaqt mobaynida (masalan 10 minut) xar bir o’quvchi individual ravishda qo’yilgan muammoni yechish yo’llarini yozib oladi.
Uchinchi bosqich. Aylana bo’yicha xar bir o’quvchi o’zining takliflarini bayon qiladi. Guruxning qolgan a’zolari uning fikrini izoxlamay, tanqid qilmay, jim eshitishadi va xar bir band bo’yicha taklifni umumiy qarorga kiritish yoki kiritmaslik haqida ovoz berishadi. Umumiy qarorga kiritilgan takliflar doskaga yozib boriladi.
"Aqliy hujum"
"Aqliy hujum" jamoa bo’lib muxokama qilishning samarali metodidir. Unda biror muammoning yechimini topish barcha ishtirokchilarning fikrini erkin ifodalash orqali amalga oshiriladi.
"Aqliy hujum"ning tamoyili juda sodda. o’qituvchi sinf oldiga masalani qo’yadi va o’quvchilardan ushbu masalani yechish bo’yicha o’zlarining fikrlarini bayon qilishni so’raydi. Ushbu bosqichda boshqa ishtirokchilarning g’oyalari haqida o’z fikrini bildirishga yoki unga baxo berishga xech kimning xaqqi yo’q.
"Aqliy hujum" yordamida bir necha daqiqa ichida o’nlab g’oyalarni olish mumkin. G’oyalar soni asosiy maqsad emas. Ular to’g’ri yechimni ishlab chiqish uchun asos bo’ladi.
"Aqliy hujum" ning qoidalari quyidagilardir:
– taklif etilayotgan g’oyalar baxolanmaydi va tanqid qilinmaydi;
– ishda g’oyalar soni ko’p bo’lishi kerak;
– har qanday g’oyani kengaytirishga, rivojlantirishga xarakat qilish mumkin;
– har bir g’oya yozib boriladi (juda bo’lmasa, ochqich so’zlar yoki iboralar yordamida );
– aqliy hujum o’tkazish vaqti qat’iy o’rnatiladi va unga rioya qilinadi.
"Aqliy hujum" tugagandan so’ng takliflar taxlil qilinadi va ulardan eng qimmatlilari, keyinchalik ular bilan ishlash uchun tanlab olinadi. Taxlil qilinganda avvalo taklifning foydali jixatlariga e’tiborni qaratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |