"Qaytarma" usuliga uslubiy ko'rsatma. Qaytarma usulini oyoqsiz bajarish ham mumkin. Buning uchun kiftlab, raqibni o'ng yoki chap tomonga ko'tarib o'tkazish lozim. Qo'lning o'zida qaytarishda oyoq ishlamaydi, shuning uchun ko'proq qaytarish kerak, usulni tez va yaxshiroq chiqishi qiyin bo'ladi.
"Qadamlash" usuliga uslubiy ko'rsatma. Qadamlash usuli raqibni ko'tarmasdan irg'itish orqali bajariladi.
"Aylantirish" usuliga uslubiy ko'rsatma. Usulni oson bajarish uchun kurashchi raqibni qaysi tomonga tashlamoqchi bo'lsa, raqib kurashchini qaramaqarshi tomonga etaklashi kerak. Siltashda ham, kiftlashda ham oyoq ishlatiladi, ya'ni odinga qadam tashlanadi. Aylantirish usulini siltash va kiftlash bilan bajarganda oyoqni turgan joyda qo'llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |