"Siltash" usuliga uslubiy ko'rsatma. Siltash usulini bajarishda asosan qo'l kuchi ko'proq ishlatiladi. Shu bois qo'l muskullarini yaxshi chiniqtirish mashqalari bajarish kerak.
"Kiftlash" usuliga uslubiy ko'rsatmalar. Kiftlash raqib oyog'ini uzib bajariladigan usullarni bajarish chog'ida qo'llaniladi. Har bir kurashchi vaznga qarab gantel, har xil qo'l toshlari bilan mashqlari yordam beradi.
"Bosish" usuliga uslubiy ko'rsatma. Bosish usulining boshqa usullardan farqi raqibni ko'tarmaydi, balki bosib turadi. Qo'l va oyoq yordamida pastki tomonga yo'naltirilgan mashqlarni bajarish lozim. Mashg'ulot jarayonida raqib oyoqlarini oyoq bilan itarish va elka bilan bosishni takrorlash lozim. Raqib bu usulni bajarganda, o'zini himoya qilib bosishni ko'proq takrorlagani ma'qul bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |