Mashqning vazifalari:
psixologiyadan va psixologikadan olingan bilimlarni mustahkamlash; tarbiyasi og’ir o’quvchilar bilan
ishlash usuli va metodlarini o’rganish; xulqdagi salbiy o’zgarishlarning ilmiy jihatdan baholashga o’rganish;
zamonaviy tarbiya metodlarini hayotga tatbiq qilishga o’rgatish.
Mashq o’tkazish davomida turli o’yinlardan foydalaniladi .O’tkaziladigan mashq-o’yinlar har bir talabaga
tushuntiriladi. Ular o’yin davomida yo’l qo’yilgan hatolarni yozib boradilar. Masalan, "o’quvchiga" "ota-onaga"
to’g’ri savol berildimi, to’g’ri diagnoz qo’yildimi, "o’quvchining" xulqini to’g’ri baholadilarmi, tavsiya qilingan
ishlar maqsadga muvofiqmi va xokazo.
O’yin davomida psixologika va psixologiya fanidan olingan bilimlarni keng qo’llashga erishish kerak.
SHaxs, temperament, harakter, o’smirlar psixologiyasiga bog’langan mavzularni amalda qo’llay olish lozim.
Guruh talabalarining qiziqishlarini, imkoniyatlarini hisobga olgan holda o’yin turli shakl va
variantlardao’tkazilishi mumkin.
Mashg’ulotning borishi
Berilgan nazariy ma’lumotlar bilan yaqindan tanishib chiqing. Zarur ishlanmalar (dars konspektlari,
uslubiy qo’llanmalar, kerakli adabiyotlar) bilan qay darajada ta’minlanganligini yana bir karra tekshirib ko’ring.
Mavjud qo’shimcha adabiyotlar, manbalarni yaqindan o’rganing. Manbadagi eng muhim jihatlarini ajratib,
belgilab oling. Bajariladigan ish tuzilishini aniqlang.
Trening mashqlarini o’tkazish.
Trening talaba tomonidan o’tkaziladi. Quyida treninglarning
ayrimlarining tavsifini keltiramiz:
1-mashq. «Skarabey» texnologiyasi.
«Skarabey» interfaol texnologiya bo’lib, u talaba (yoki o’quvchi)larda fikriy bog’liqlik, mantikiy fikrlash,
xotiralarining rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal kilishda o’z fikrini ochiq va erkin
ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya o’quvchilarga mustaqil ravishda o’z bilimlarining sifati
va saviyasini xolisona baholashga, o’rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni anikdashga
zamin yaratadi. U ayni paytda turli g’oyalarni ifodalash va ular orasidagi bog’liqliklarni aniqlashga ham xizmat
qiladi.
«Skarabey» texnologiyasi universal texnologiyalardan bo’lib, undan o’quv materiallarini talaba (yoki
o’quvchi)lar tomonidan egallashning turli bosqichlarida, ya’ni:
-boshida - o’quv faoliyatini ragbatlantirish sifatida («Akliy hujum») uslubi;
-mavzuni o’rganish jarayonida - uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini belgilash; mavzu mazmuni
ichidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash, mazmunni yanada chuqurroq o’rganish,
yangi jihatlarini ko’rsatishda;
-oxirida — olingan bilimlarni mustaxdsamlash va yakunlash maqsadida foydalanish mumkin.
«Skarabey» texnologiyasi talaba (yoki o’quvchi)lar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning
fikrlash, bilish xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chikilgan. Texnologiya talaba (yoki o’quvchi)lar
tajribasidan foydalanishni ko’zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy
tajriba o’tkazish imkoniyatlariga ega.
Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok kilishnk yengillashtiruvchi chizma shakllardan
foydalanishni ko’rsatish mumkin.
«Skarabey» texnologiyasidan yakka holda, kichik guruxdarda va jamog bo’lib yshlashlarida foydalanish
mumkin.
67
Do'stlaringiz bilan baham: |