Siyosiy psixologiya - jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik xususiyatlar, holatlar, qonuniyatlar, ta’sirchanlik va ta’sir o‘tkazish jarayonlari kabi jabhalarni tekshiruvchi psixologiya sohasi.
Oila psixologiyasi - oilaning psixologiyasini o‘rganuvchi fanlararo tadqiqot qilishga yo‘nalgan psixologiya sohasi sanaladi. Oila psixologiyasi oilaning psixologik muammolarini o‘rganadi, u oilaga ta’sir qiluvchi omillarni, oiladagi rollar taqsimlanishi, er-xotin munosabati, shaxslararo munosabat, yosh xususiyatlari, jinsiy tafovutlarga asoslanib muloqotga kirishish kabilarni o‘rganadi. Oila psixologiyasi tomonidan to‘plangan materiallar oila mustahkamligini saqlash uchun maslahatlar berishda, har bir sotsiologik va psixologik dasturlar tuzishda qo‘llaniladi. Shuningdek, oila tiplari, tuzilishi, ierarxiyasi, ularga ta’sir qiluvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar ham mazkur sohaning tadqiqot predmetiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |