Kompyuterlashtirish psixologiyasi - kompyuterning ishlab chiqarishdagi roli, psixik aks ettirishga ta’siri, shaxs tuzilishining o‘zgarishini o‘rganuvchi psixologiya sohasi. Mazkur soha kompyuter va inson o‘rtasidagi dialogik munosabatni ham tadqiqot qiladi, natijada «texnika-inson-texnika» o‘zaro ta’siri mexanizmini tekshiradi va zarur jabhalar o‘zaro ta’sirini aniqlaydi. Kompyuterlashtirish inson psixologiyasida muayyan o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi, sermahsul texnika yaratish tizimini tezlashtirishga muhim psixologik asos yaratadi. Kompyuterlashtirishning bosh muammosi - uning insonga ta’sir o‘tkazish mexanizmlarini tadqiqot qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |